167
Urug‘dan applikatsiya yasash texnologiyasi
•
i
sh mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi,
keyin fon va shakl
tanlanadi;
•
applikatsiyaga mo‘ljallangan tasvir uchun urug‘lar tanlanadi;
•
tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor
tanlangan mavzuning maz-
muniga, kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tan lash ga
qaratiladi;
•
tasvirlash lozim bo‘lgan predmetlarning holati aniqlanadi;
•
urug‘larni yelimlashda
PVA yelimidan foydalaniladi;
168
•
tasvirlanadigan urug‘ ranglari va hodisalarning uyg‘unligiga eri-
shiladi;
•
tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham urug‘dan
tayyorlanadi,
ularni chizmaslik kerak;
•
urug‘lar qog‘oz sathiga joylashtiriladi va o‘ylangan tasvir hosil
qilinadi;
•
agarda bu tasvir ma’qul bo‘lmasa urug‘lar boshqacha joy lash
-
tiriladi;
•
tasvirni kerakli qismi yelimlanadi va urug‘lar
yopishtiriladi;
•
urug‘larni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning
o‘rnini qalam bilan belgilab qo‘yiladi;
•
urug‘larni yelimlab bo‘lgandan so‘ng quritish uchun qo‘yiladi.
Quritishda yelvizak bo‘lmasligi kerak.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Urug‘larni to‘plang va ishga tayyorlang .
2. Urug‘lardan ayiqcha shaklini mozaika usulida yasang.
Mavzu: Xona o‘simliklarini parvarish qilish
.
Gullarni ko‘chat qilib ko‘kartirish texnologiyasi
Reja:
1. Xona o‘simliklari haqida ma’lumot berish.
2. Xona o‘simliklarini parvarish qilish haqida ma’lumot berish.
3. Urug‘lardan ko‘kartirish texnologiyasini tushuntirish.
Amaliy mashg‘ulotining maqsadi: Xona o‘simliklari haqida ma’lu-
mot lar berish. O‘simliklarni parvarishlash texnologiyasini o‘r ga tish.
Urug‘dan ko‘kartirish texnologiyasini o‘rgatish.