X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


Urug‘lar va ularni ishlatish haqida ma’lumotlar



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Urug‘lar va ularni ishlatish haqida ma’lumotlar
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug‘lari yordamida 
xilma-xil applikatsiya ishlarini bajarish mumkin. Ayni bir ishda xilma-
xil meva urug‘laridan foydalanish mumkin.
Meva va poliz ekinlarining urug‘lari tabiatda keng tarqalgan, 
to‘plash va saqlash oson bo‘lgan material hisoblanadi.
• 
Urug‘lar meva va poliz ekinlaridan ajaratib olinadi;
• 
ortiqcha narsalardan tozalab yuvib quritiladi;


166
• 
quritishda urug‘larning shakli buzilmasligi uchun qog‘oz orasiga 
solib quritiladi;
• 
urug‘lar qurigandan so‘ng akvarel bo‘yoqlaridan foydalanib rang 
berish mumkin.
Bolalar turli urug‘lardan applikatsiyalar qilishni yaxshi ko‘rishadi. 
Ishtiyoq bilan bolalar turli ranglarda bo‘lgan urug‘larni terib chi roy li 
naqshlar hosil qilishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlar qo‘l barmoq lari-
ning mayda mushaklarini rivojlanishiga yordam beradi. Bolalar turli 
urug‘ larni, applikatsiyalar tayyorlashni yaxshi ko‘rishadi. Bunday 
mash g‘ulotlarda yelimni urug‘ga emas, urug‘ yopishtiriladigan joyga 
su ri ladi va ustidan urug‘lar qo‘yiladi va sochiq bilan bostiriladi.
Guruhlarga amaliy ish topshiriqlari
1. Urug‘lardan mevalar shaklini yasang.
2. Urug‘lardan hayvonlar shaklini yasang.
3. Urug‘lardan qushlar shaklini yasang.
4. Urug‘lardan gullar shaklini yasang.
5. Urug‘lardan ertak qahramonlari shaklini yasang.
Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish
Stol ustiga klyonka yoki dasturxon solinadi. O‘quvchining o‘ng 
tomonida yelim uchun cho‘tka, qalam, chizg‘ich joylashtiriladi, 
o‘quvchining chap tomonida applikatsiya uchun qog‘oz yoki karton, 
urug‘lar joylashtiriladi, o‘quvchining old tomoniga yelim uchun 
quticha, yelim va sochiq joylashtiriladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin