154
Pedagogik vazifalar:
•
t
alabalarning predmetli applikatsiyalar va geometrik figuralar
haqidagi
bilimlarini aniqlash;
•
g
eometrik figuralardan predmetli applikatsiya yasash haqida
tushunchalar berish;
•
g
eometrik figuralardan predmetli applikatsiya yasash texno lo gi-
yasini tushuntirish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, “Aqliy hujum”, amaliy ish, ko‘r gaz -
malilik.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar,
slaydlar, ko‘rgazmalar,
ap pli katsiyadan namunalar, rangli qog‘ozlar to‘plami, chizg‘ich, qay-
chi, qalam, yelim.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” meto di asosida
savol lar beriladi.
1. Geometrik shaklli applikatsiya nima?
2. Geometrik figuralardan predmetli applikatsiya yasash talab lari?
3. Applikatsiyalarning asosiy materiallari nima?
4. Ge
ometrik figuralardan predmetli applikatsiya nima?
5. Applikatsiyalar yasash bo‘yicha ish joyini to‘g‘ri tashkil etish
nimalardan iborat?
Geometrik figuralardan predmetli applikatsiyalar
Bolalar predmetlarni fazoviy idrok etishini rivojlantirish kerak.
Atrofimizni o‘rab turgan narsalar: uy, archa, daraxt, mashina, idish-
tovoq,
jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu darajada geometrik
shakllar bilan ifodalash mumkin.
O‘qituvchi istalgan predmetni tanlashi mumkin. Uni bolalar bilan
birgalikda ko‘rib, uning ayrim detallari qaysi geometrik shakllarga
o‘x shashligi, ularni qanday o‘lchamlarda, qaysilarini kattaroq,
qaysi-
la rini kichikroq olish, qanday izchillikda joylash tirish kerakligini
aniq laydilar.
Rangli qog‘ozlardan olingan doiralar va ularning qismlari bilan
applikatsiya bo‘yicha juda ko‘p geometrik ishlarni bajarish mumkin.
Doiralarning har birini shunday
joylashtirish kerakki, natijada talab
qilinadigan shakl paydo bo‘lsin.
155
Bu ishlar o‘quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy
didni o‘stirishga yordam beradi. Bolalarda qo‘yilgan maqsadga eri-
shish yo‘lida qat’iyatlilik, tartiblilik tarbiyalanadi. Uyushqoqlik bi-
lan ishlash ko‘rsatmalariga rioya qilish, tashabbuskorlik ko‘rsatish
ko‘nikmalari shakllanadi. O‘quvchilar tayyorlagan applikatsiyalar ona
tili va matematika darslari
uchun ajoyib didaktik material, o‘quvchilar
nutqini o‘stirish vositasi bo‘lishi, ularning predmetlari shakli, rangi,
fazoda joylashishi haqidagi tushunchalarini boyitishga xizmat qilishi
mumkin.
Predmetli applikatsiyalar tasvirlash texnologiyasi turli forma larini
qirqish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallarga yelimlash
yoki mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e’tibor uning umumiy
ko‘rinishiga qaratilishi kerak. Yaxshi o‘ylangan kompozitsiya, ya’ni
tasvirlash lozim bo‘lgan narsalarni joylashtirish applikat
siyalar
muvaffaqiyatining garovidir.
Applikatsiya bilan shug‘ullanish o‘quvchilarni garmonik rivojlanti-
rishda katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishda katta
yordam beradi, tasavvurni boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faol-
lashtiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash va rangni sezishni o‘sti radi.
Dostları ilə paylaş: