X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Mustaqil ish topshiriqlari
1. Chiqindi materiallarini to‘plang.
2. Chiqindi materiallaridan qalamdon tayyorlang.
Mavzu: Chiqindi
materillaridan choynak
tagligini yasash texnologiyasi
Reja:
1. Chiqindi materiallari va ulardan bajarilgan ishlar haqida ma’lu -
mot berish.
2. Chiqindi materiallaridan choynak tagligini tikish texno logiyasi. 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
Talabalarga chiqindi materiallari 
va uning turlari haqida ma’lumot berish. Chiqindi materiallaridan 
choy nak tagligini tikish texnologiyasini o‘rgatish.


152
O‘qituvchining vazifalari:
• 
chiqindi materiallari va ulardan unumli foydalanishga o‘rgatish;
• 
chiqindi materiallaridan bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berish;
• 
chiqindi materiallaridan choynak tagligini tikish texnologiyasi 
bilan tanishtirish;
• 
amaliy ish natijalarini ko‘rish, xato va kamchiliklarni ko‘rsatish, 
baholash.
Ta’lim usullari: “Ko‘rsatib ber, tushuntirib ber”, Aqliy hujum”, 
ama liy ish.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, ko‘rgazmalar, 
bak lajka qopqoqlari, qaychi, ip, igna, mato bo‘laklari.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida 
savollar beriladi.
1.Tejamkorlikni o‘rganish o‘quvchilarga nima beradi?
3. Chiqindi materiallaridan foydalanishni ahamiyati qanday?
4. Chiqindi materiallariga qanday asboblar bilan ishlov berish 
mum kin?
Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish
O‘quvchining chap tomoniga qaychi, chizg‘ich, qalam, o‘lchov 
metri joylashtiriladi. O‘quvchining o‘ng tomoniga turli chiqindi idish-
lar, mato bo‘laklari va har xil bezak materiallari joylashtiriladi. O‘quv-
chining oldi tomoniga plastmassa yelim, chiqindilar uchun quti cha, 
igna, ip va sochiqcha joylashtiriladi.
Suv idishlari qopqog‘idan choynak tagligi tayyorlash quyidagicha 
bosqichlardan iborat: 
1. Bir qancha metall yoki plastmassa qopqoqlarini keraksiz 
narsalardan tozalab olinadi.
2. Har bir qopqoqni keraksiz mato bo‘laklari bilan o‘rab, tikib 
chiqiladi:
3. Mato bo‘laklari tikilgan qopqoqlarni bir-biriga yopishtirish 
uchun ko‘rinmas choklar yordamida bir-biriga biriktirib tikib chi-
qi ladi:


153
4. Qopqoqlarni bir-biriga biriktirishimizda choynak tagligi ning 
shakliga e’tibor berishimiz kerak. Taglikning shakli tur li ko‘ri nish-
larda bo‘lishi mumkin (yumaloq, to‘rtburchak, uchbur chak, besh 
bur chak, romb va boshka shakllarda)

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin