Bolalarni jumboqlar olamiga sayohat qildirishda har bir yozuvchi o‘ziga xos ijodiy yo‘lni tanlaydi. Yozuvchining ijodiy individualligi bilan bog‘liq bu tushunchani ijodiy uslub iborasi bilan ifodalash o‘rinliroq bo‘ladi. Binobarin, H.Nazir, H.Po‘latov, F.Musajonov, E.Raimov, S.Barnoyevlar ijodida realistik uslub ustuvorlik qilsa, fantastik uslub X.To‘xtaboyev, S.Anorboyev, H.Shayxov, A.Obidjon kabi yozuvchilar ijodining ziynati sanaladi. Ularning ichida o‘zbek bolalar nasrining taniqli ustasi Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari alohida ajralib turadi.

Xudoyberdi To‘xtaboyevning nomi qaynoq va cheksiz ijodiy mashaqqatlar mahsuli bo‘lgan qissa va romanlari orqali dunyoning olis-olis burchaklarigacha yetib borgan. Jahonning juda ko‘p tillariga tarjima qilingan birgina «Sariq devni minib» romani o‘zbek bolalar adabiyotining ufqini sezilarli darajada kengaytirdi.
«1970 yili Moskvada «Sehrli qalpoqcha» asarim bosilib chiqdi, – deb yozadi Xudoyberdi To‘xtaboyev. – 1971 yili Italiyaning Rim shahrida Janni Rodari «Butun dunyo bolalar yozuvchilarining forumini» o‘tkazgan. Shu forumga Moskavada «Detskaya literatura» nashriyotining bo‘lim mudiri ko‘rgazmaga qo‘yish uchun boshqa kitoblar qatorida mening kitobimni ham olib borgan.

Forum ochilayotgan kuni Janni Rodari «Unita» gazetasida bolalarga bag‘ishlangan sahifa berib, sahifada quyidagi so‘zlarni yozgan. «Menga tanishish va tarjimaga tavsiya etish uchun taqdim etilgan yozuvchilar orasida Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sehrli qalpoqcha» nomli asari yumorga boy bo‘lganligi va fantaziyasi benihoya keng bo‘lganligi sababli ma’qul bo‘ldi. Ushbu yumor va fantaziyadan italyan bolalari ham bahra olsin, deb men ushbu asardan bir bob tarjima qilib berdim».
1972 yili «Sehrli qalpoqcha» asarimni nemislar chop etdi. Uni o‘zbekshunos, tilshunos olima Dolerasi Shuls tarjima qilgan. X.To‘xtaboyevning yozuvchi sifatida ijodiy kamoloti haqida so‘z ketganda uning muvaffaqiyatini ta’minlagan adib o‘sgan muhitdan izlash to‘g‘riroq bo‘ladi. Taqdir bo‘lajak ijodkorni bolaligidan boshlab og‘ir sinovlarga ro‘para qiladi.
«Mening bolalik va o‘smirlik davrim, – deb yozadi adib, – urush davriga to‘g‘ri kelgan. Ota-onasiz yetim qolgan hamqishloqlarimning o‘kinch va armonlarini eshitganman. O‘g‘lidan qora xat kelgan onalarning ko‘ksini yulib dodlaganlarini ko‘rganman, akasini intizor kutayotgan singillarning, eridan barvaqt judo bo‘lgan yosh-yosh juvonlarning pinhoniy ko‘z yoshlarini ko‘rganman. O‘gay otam – usta Abduqodir rabochiy bataloniga ketgach, biz oilada sakkiz bola qoldik. Men ular bilan rosa bolalar uyidan bolalar uyiga o‘tib «sayr» qilganman. Hatto Toshkentdan Qo‘qongacha piyoda ketgan paytlarim bo‘lgan».