XX asr boshlaridagi tarixiy sharoit, xalqning erkinlikka bo‘lgan intilishi «Qasoskorning oltin boshi» romanida Namoz botir sarguzashtlari qatiga singdirilgan bo‘lsa, ikkinchi jahon urushining xalq hayotida qoldirgan asorati, tahlika va parokandalik «Besh bolali yigitcha» romani qahramonlari Orifjon va uning ukalari sarguzashtlarining hayotiy quvvatiga jon bag‘ishlaydi.

Ko‘rinadiki, X.To‘xtaboyev ijodiy yutug‘ini badiiy syujet yaratish borasidagi izlanishlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bunga qo‘shimcha tarzda yozuvchi asarlarining badiiy tili va kulgi yaratish mahoratini ham tilga olish mumkin. Yozuvchining asarlaridan asarlarga ko‘chib yuruvchi nim tabassum, hozirjavoblik, zukkolik kitobxon qalbiga ham ko‘chadi. Bu hamma yozuvchilar orzu qiladigan, ammo ko‘pchilikka nasib qilavermaydigan badiiy barkamollik nishonasidir.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi X.To‘xtaboyevni asarlarining tarqalishi jug‘rofiyasiga ko‘ra jahongashta adib deyish mumkin. O‘z asarlari bilan necha avlod bolalarining mehrini qozongan yozuvchi hozir ayni ijodiy kuch-quvvatga to‘lgan yoshda. Adib qalamiga mansub har bir hikoya, qissa va romanlar bolalikning beg‘ubor olami, xalq tarixi, taqdiri bilan bog‘liq muhim muammolarning badiiy ifodasi sifatida kichik kitobxonlar tarbiyasiga xizmat qilmoqda. Ularda yaratilgan o‘nlab kurashchan qahramonlar bolalarning sevimli maslakdoshi va maslahatgo‘yiga aylangan.

Adabiyotlar:
1. I. Karimov – «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» Toshkent 2008
2. Mamasoli Jumaboyev – «Bolalar adabiyoti» Toshkent O‘qituvchi 1994
3. Mamasoli Jumaboyev – «O‘zbek va chet el bolalar adabiyoti» Darslik Toshkent 2002