Darhaqiqat, X.To‘xtaboyev sermazmun hayot va ijod maktabida saboq oldi. Yozuvchining ilk asarlari 50-yillarning boshida, ham talabalik davridayoq dunyo yuzini ko‘rgan bo‘lsa, 60-yillarda adabiy tanqidchilik e’tiborini o‘ziga tortdi, 70-yillarda uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlarida o‘rganila boshladi, juda ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Adabiy tanqidchilikda X.To‘xtaboyev ijodi shartli ravishda 3 guruhga bo‘lib o‘rganiladi.
Birinchi guruhga vaqtli matbuotda e’lon qilingan feletonlarining davomi o‘laroq yuzaga kelgan «Jonginam, shartingni ayt», «Maxsus topshiriq», «Bevaqt aytilgan azon», «Xarakteristika» tipidagi ilk hajviy asarlari kiradi.
Ikkinchi guruhga turli yillarda yozilgan «Aka-uka Omonboy bilan Davronboyning qishloqqa gaz olib kelganlari haqida jajji qissa», «Sir ochildi», «Jannati odamlar», «Mungli ko‘zlar», «Yillar va yo‘llar», «Kichkina rais» yanglig‘ sof realistik asarlari kiradi.
«Sariq devni minib», «Qasoskorning oltin boshi», «Shirin qovunlar mamlakatida yoki sehrgarlar jangi», «Besh bolali yigitcha» kabi yengil yumor bilan sug‘orilgan sarguzasht asarlari uchinchi guruhni tashkil etadi. Adabiyot tarixidan ma’lumki, har qanday buyuk yozuvchining barcha asarlarini bir xil mezon bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Bu gap bevosita X.To‘xtaboyev ijodiga ham tegishlidir.

Dastlab «Toshkent haqiqati», «O‘zbekiston ovozi», «Sovet O‘zbekistoni» gazetalarida feletonchi muxbir sifatida qalamini charxlagan adibning ilk asarlarida hajviy ruhning ustun bo‘lishi tabiiy edi. Binobarin, «Hadik», «Maxsus topshiriq», «Xarakteristika», «Tilxat», «Bevaqt aytilgan azon» singari kattalarga mo‘ljallangan hikoyalari va «Jonginam, shartingni ayt» qissasida tovlamachilik, xotinbozlik, poraxo‘rlik, e’tiqodsizlik kabi illatlar ayovsiz fosh etiladi. Shunisi e’tiborliki, mazkur asarlarning qahramonlari – oddiy qishloq kishilari, ziyolilarning yozuvchiga bolaligidan tanishligi ularning xarakter-xususiyatlarini ishonarli tarzda badiiy tasvirlashga yaqindan yordam bergan.
Qissachilikda egallangan muayyan tajriba kichik kitobxonlar uchun mo‘ljallangan «Sir ochildi», «Omonboy bilan Davronboy» kabi realistik uslubdagi asarlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Mazkur qissalar syujetidagi sxematizmning adabiy tanqidchilik tomonidan o‘z vaqtida qayd qilinishi yozuvchining ijodiga jiddiy turtki berdi. Adibning bolaligida bevosita o‘zi guvoh bo‘lgan voqealar ta’sirida yozilgan «Sariq devni minib», «Besh bolali yigitcha», tarixiy mavzudagi «Qasoskorning oltin boshi», ma’naviy-axloqiy muammoning badiiy ifodasi bo‘lgan «Mungli ko‘zlar» romanlari fikrimiz dalilidir.
Ma’lumki, «Sariq devni minib» romani X.To‘xtaboyev ijodidagina emas, o‘zbek bolalar adabiyotida ham alohida sahifani tashkil etadi. Asardagi sehrli qalpoqcha ramziy timsolini adibning jiddiy ijodiy topilmasi deyish mumkin. Sehrli qalpoqcha muallif badiiy niyatini ijro etishdagina qulaylik tug‘dirib qolmasdan, kitobxonning qiziqishini tutib turuvchi vosita vazifasini ham bajaradi.