Kezi kelganda shuni aytish joizki, bolalar adabiyotining qon tomiri bo‘lgan hayotbaxsh didaktikaga yozuvchining o‘ziga xos munosabati mavjud. Jumladan, «Qizg‘anchiq», «Shoshqaloq», «Orif cholning o‘rigi», «Xatosini tushungan bola», «Nihollar nolasi» hikoyalarida kichkintoylar hayotidan olingan e’tiborli biron voqea tasviridan kelib chiqadigan tabiiy xulosa ko‘proq o‘sha voqea tufayli hikoya qahramoni tushgan holat tarzida havola qilinadi.

«Qizg‘anchiq» hikoyasi shu jihatdan ibratlidir. Asar qahramoni Shavkatjon biror narsani birovga bermaydi. O‘zi shu holatga tushganda o‘rtoqlari hech narsasini ayashmaydi. Xuddi shu munosabat uning qalbini larzaga keltiradi, hayot tarzini tubdan o‘zgartirib yuboradi.
Shavkatjon timsolidagi qizg‘anchiq bolaning qayta tarbiyalanishi hali oq bilan qorani ajrata olmaydigan kichik kitobxonlar uchun chinakam ibrat namunasidir. Yozuvchining bu xildagi qissa va romanlari g‘oyaviy-badiiy, tarbiyaviy vazifa qahramonlar boshdan kechirgan sarguzashtlar zimmasiga yuklanadi. Xarakterlar takomilining ko‘zgusi bo‘lgan har qanday sarguzasht esa kishini befarq qoldirmaydi. Zero, «Sariq devni minib» romanidagi Hoshimjon, «Besh bolali yigitcha» romanidagi Orifjon, «Shirin qovunlar mamlakati yoki sehrgarlar jangi» romanidagi Akrom qovunchi. «Qasoskorning oltin boshi» romanidagi Namoz botirlar taqdiri bilan bog‘liq sarguzashtlarni his-hayajonsiz o‘qib bo‘lmaydi.