hayot va tabiat voqealariga bo‘lgan munosabati aks etgani-
ni alohida ta’kidlaydilar. Haqiqatan ham, agar o‘zbek
maqollari namunalariga murojaat qilsak, bu fikr juda to‘g‘ri
ekaniga ishonchimiz komil bo‘ladi. «Tulki o‘z uyasiga
qarab hursa, qo‘tir bo‘ladi» maqolida ajdodlarimizning o‘z
vataniga bo‘lgan hurmati, vatanni talash emas, himoya qi -
lish kerakligi haqidagi fikri aks etgan. «Kim tutunni
qo‘zg‘otsa, o‘ziga tutaydi» maqolida esa har bir ishni hamji-
hatlik bilan amalga oshirish kerakligi ta’kidlanadi. «Baxt
belgisi ilmdir» misolida xalqimizning minglab yillar davo
-
mida ilmga bo‘lgan munosabati o‘z ifodasini topgan.
«Shoshqaloq pashsha, sutga tushadi»da har bir ishni mulo-
haza bilan o‘ylab bajarish nazarda tutiladi. «Til bilan
bog‘langan, tish bilan ochilmas» maqolida bir tomondan
vafodorlikka chaqirish mazmuni aks etgan bo‘lsa, ikkinchi
tomondan odamlar, oilalar, mamlakatlar o‘rtasidagi nizolar
muzokara yuritish yo‘li bilan hal etilishi kerakligi uqtiriladi.
Bu maqollarning har birida hayot-mamot masalalari,
insonning tabiati, bag‘ri keng odamgina el orasida hurmat-
ga sazovor bo‘lishi qayta-qayta ta’kidlanadi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, maqolning el orasida keng
tarqalishi ularda haqiqat ifodasi bilan aloqadordir. Agar
maishiy hayotda biron narsa predmetning ishlatilishi
to‘xtatilsa, ma’lum muddatdan so‘ng ana shu narsa nomi
ishtirokidagi maqol sekin-asta iste’moldan chiqadi.
Jumladan, «Choriq», «Xoqon» kabi so‘zlar tilimizda kam
ishlatilgani sababli bularning ishtirokidagi maqollar ham
yo‘qolib ketgan. Yoki O‘zbekistonning deyarli hamma
viloyatlarida «Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang
yuz hayda» maqoli keng tarqalgandir. Ammo Xorazm
hududlarida yashaydigan yurtdoshlarimiz bu maqolni o‘z
ma’nosida ishlatmaydilar. Chunki Xorazmda yer osti
suvlari yer qatlamiga juda yaqin joylashganligi tufayli bu
viloyatda dehqonchilik tajribasida kuzda ekin maydonlari
haydalmaydi.
Ma’lum bo‘ladiki, xalqimiz tomonidan qo‘llanadigan
har bir maqol hayot tajribasidan o‘tgan, zamonlar sinoviga
bardosh bergan so‘z san’ati namunasidir.
Dostları ilə paylaş: