farq lagan holda tasavvur qilish mumkin. Gap shundaki,
maqollarda hayotda ro‘y bergan bir voqeaga umumlashtiril-
gan holda hukm chiqariladi. Bu hukm tasdiq yoki inkor
ma’nosini bildiradi. Ayni paytda, xalq maqollari mazmunan
tugal fikrga ega bo‘ladi va ular alohida qo‘llanilsa ham
ma’no anglataveradi. Matallar esa so‘zlovchi nutqi tarkibi -
ning biron muhim qismi sifatida ishlatiladi. Matallarni alo-
hida qo‘llash mumkin bo‘lmaydi, chunki ular mazmunan
tugal fikr anglatmaydi.
Masalan: «Falonchi ilon inidan
chiqadigan qilib gapirdi» jumlasini olaylik. Agar «ilon inidan
chiqadigan» matali bu jumladan olib tashlansa, uning
o‘rniga yaxshi so‘zini qo‘yish mumkin. Natijada, «Falonchi
ilon inidan chiqadigan qilib gapirdi» jumlasi «falonchi yaxshi
gapirdi»ga teng bo‘ladi. Ammo «ilon inidan chiqadigan» so‘z
birikmasi alohida qo‘llanganda mustaqil ma’no anglatmay-
di. Shu bilan birga «yaxshi so‘z bilan ilon inidan, yomon
so‘z bilan qilich qinidan chiqar» maqolini ham esga olish
mumkin. Mazkur misoldagi «ilon inidan» so‘zlariga diqqat
qilaylik, chunki bu so‘zlar mustaqil qo‘llanganda bo‘lak fikr
anglatuvchi maqolning tarkibiy qismidir. Ma’lum bo‘ladiki,
maqol va matal aslini olganda xalq hayotida tutgan o‘rni,
maishiy vaziyatlarni ifodalash darajasi bilan bir-biriga yaqin
turar ekan. Faqat ularning biri tarixan maqol bo‘lib shakl-
lanishga ulgurgan, ikkinchisi esa matal sifatida yashayver-
gan. Demak, maqol va matallar bir-biriga shakl va mazmun
jihatdan yaqin turadi, ammo maqollar nisbatan mustaqil
janr bo‘lsa, matalda bu mustaqillik ko‘zga tashlanmaydi.
Dostları ilə paylaş: