fazilat madhi keng o‘rin olgan. Bunday asarlarda ayniqsa
tasvir san’atlaridan mubolag‘adan qayta-qayta foydalanila-
di. Eng muhimi tinglovchi yoki kitobxon mubolag‘alarning
birontasiga shubha bilan qaramaydi.
Masalan, «Mohistara»
ertagida yugurayotgan kiyik oyog‘i ostidan duru gavharlar
sochiladi. «Ota vasiyati» ertagida tutatqi tutatilgani zahoti
kenja o‘g‘il qarshisida anjomlangan ot paydo bo‘ladi.
Ammo bunday mo‘jizalarning sodir bo‘lishi hech kimda
shubha uyg‘otmaydi.
Sehrli ertaklarda tilsimli narsa — predmetlar haqida ham
fikr yuritilgan.
Masalan, daryoga aylangan oyna, changal-
zorga aylangan taroq kabi tasvirlarga keng o‘rin beriladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, sehrli ertaklar halqning
nisbatan qadimgi ijod mahsulidir. Ularda inson xayoli
naqadar cheksiz ekani namoyon bo‘ladi. Shuningdek,
ajdodlarimiz turmush qiyinchiliklaridan tashvishga tushgan
paytlarida bu asarlar ularga umid bag‘ishlagan. Ularda kela-
jakka ishonch ruhini uyg‘otgan. Mazkur ertaklarni so‘z
san’atining mukammal namunalari sifatida baholash uchun
ham asos yetarlidir.
Dostları ilə paylaş: