1. Unda inson kechinmalari, quvonch va iztiroblari,
qalb so‘zlari aks etadi.
2. Qo‘shiq shaklan she’riy tarzda bo‘ladi. O‘zbek
xalq qo‘shiqlari asosan barmoq vaznida, ba’zan aruzda
yaratiladi.
3. Ko‘pincha xalq qo‘shiqlari to‘rt misradan iborat
bo‘lib, tugal ruhiy holatni ifodalash xususiyatiga ega
bo‘ladi. Shuningdek, bir necha bandlardan iborat biron
mavzuga bag‘ishlangan qo‘shiqlar ham bo‘lishi mumkin.
Ayni choqda 6,8 misrali namunalar ham uchraydi. Ular
(a-b-a-b) yoki (a-a, b-b, v-v, g-g); to‘rt misralilar esa
(a-a-a-b); (a-b-a-b), (a-a-a-a); (a-a-b-b) va boshqacha
ko‘rinishda qofiyalanadi.
4. Qo‘shiqning kuyi bo‘ladi va ana shu kuy jo‘rligida
ijro etiladi.
Qo‘shiqlarimiz tarixiga bir nazar
Xalq qo‘shiqlari uzoq tarixga ega. Chunonchi turkiy
xalqlar og‘zaki ijodida, hatto eramizdan avval ham qo‘shiq
janriga mansub asarlar borligi ma’lum. Nisbatan keyingi
namunalar esa Mahmud Kosh
g‘ariyning «Devonu lug‘otit
turk» asaridan ham o‘rin olgan. Mahmud Koshg‘ariy yozib
olgan qo‘shiqlar asosan mehnat (ov) qo‘shiqlari, qahra-
monlik, mavsum-marosim va lirik asarlardan iborat.
Masalan,
Yigitlarig ishlatu,
Yig‘ach yamish irg‘atu,
Qulan, kiyik avlatu,
Bazram qilib avnalim.
M a z m u n i :
Yigitlarni ishlataylik,
Daraxt(lar)dan meva(lar)ni qoqtiraylik,
Qulon, kiyik ovlataylik,
(So‘ng) bayram qilib quvnaylik.
73
Bu qo‘shiqda ajdodlarimizning mehnat jarayoniga
bo‘lgan munosbati aks etgan. Bir ko‘rinishda qo‘shiqchi ro‘y
berayotgan voqealarni bayon qilayotganga, daraxtlardagi
mevalarni qoqib yig‘ish, qulon, kiyikni ovlash harakatini
tasvirlayotganga o‘xshaydi. Ammo e’tibor bilan she’r matni
mazmunini his qilsak, unda ro‘y berishi lozim hodisaga
munosabat yetakchi ekanini sezamiz. Jum
ladan, qo‘shiq
matnida jamoa bo‘lib mehnat qilishga, har bir ishni ko‘tarin-
ki ruhda bajarishga, mehnat samarasidan bahramand
bo‘lishga chaqiriq aniq bilinib turibdi. Shuning uchun ham
to‘rtlikni lirika namunasi sifatida baholashimiz, mazmunan
esa mehnat qo‘shiqlari qatoriga qo‘shishimiz mumkin.
Keyingi to‘rtlikka murojaat qilaylik:
Takra olib akuralim,
Atgin tushib yukaralim,
Arslanlayu kukaralim,
Kuchi anin kavulsin.
M a z m u n i :
(Dushman) atrofini o‘rab, qamal qilamiz,
Otdan tushib yuguramiz,
Arslondek na’ra tortamiz,
Uning kuchini quritamiz.
To‘rtlikda qadimgi turkiy xalqlar vakillarining dushman
ustidan g‘alaba qozonish rejasi aks etgan. Bizningcha, bor-
yo‘g‘i shu to‘rt misrada uchta harbiy usul ifodalangan.
Birinchidan, dushman qo‘shinini qamal holida tor-mor qi -
lish, ikkinchidan, otdan tushib ovoz chiqarmay hujumni
uyushtirish va, uchinchidan, raqibni ruhiyatiga ta’sir qilgan
holda na’ra tortib talvasaga solish. Ammo bu reja ham
voqeaning oddiy bayoni tarzida emas, emotsional ko‘tarin-
ki-ruhiy vaziyatda ifodalangan. Shu bilan birga misralarda-
gi mazmun endi oddiy-kundalik mehnatni emas, jang
sharoitini anglatmoqda.
Endi quyidagi to‘rtlikka e’tibor bering:
Yoy qish bilan qarishti,
Ardam yosin qurishti,
Chirik tutub ko‘rishti,
O‘qtag‘ali o‘trushur.
M a z m u n i :
Yoz qish bilan qarama-qarshi bo‘lishdi,
(ularning har biri) maqtanish yoyini qurishti,
74
Qo‘shin tuzib (bir-birini) ta’qib qilishti,
(Yoy) otish uchun (bir-biriga) yaqinlashdi.
Yuqoridagi misolda Mahmud Koshg‘ariy har yili tabiat-
da bo‘lib o‘tadigan manzara haqidagi qo‘shiq namunasini
keltiradi. Yil fasllaridagi o‘zgarishlar hozirgi paytlardagidek
odamlarni loqayd qoldirmagan. Yoz o‘z fazilatlarini, qish
esa o‘z ijobiy tomonlarini birma-bir sanab o‘tishga tayyor.
Agar yozning otgan o‘qida aholining issiq kunlarda
yayrashi, ekin ishlari bilan shug‘ullanishi, rizq-ro‘z jamlash
faoliyatlari qayd etilsa, qish o‘z navbatida o‘zi hukmron
bo‘lgan davrda qirg‘in-barot urushlarning to‘xtashini
ta’kidlab o‘q otadi. Har ikki faslning ijobiy va salbiy tomon-
lari tilga olinadi.
Muhimi, shundaki, «Devonu lug‘otit turk»da mavsumiy
qo‘shiqlar bilan bir qatorda marosim bilan bog‘liq lirik par-
chalar ham o‘rin olgan. Xususan, olim aza marosimida
aytiladigan qo‘shiqlardan namunalar keltiradi:
Ulishib eran bo‘rlayu,
Yirtin yaqa urlayu,
Siqrib uni yurlayu,
Sig‘tab ko‘zi o‘rtilur.
M a z m u n i :
Mardlar yig‘lab, bo‘ridek uvlashdilar,
Yoqalarini yirtib baqirishdilar,
Faryod chekdilar,
Qattiq yig‘idan ko‘zlari xiralashib, (go‘yo) parda bosdi
.
Keltirilgan qo‘shiqda Sug‘d elining botir farzandi Alp
Ertunga (Afrosiyob) o‘limidan keyingi voqealar haqidagi
his-tuyg‘ular o‘z ifodasini topgan. Agar bu jasur va mard
o‘g‘lonning eramizdan avval yashab o‘tgan Iskandar
Makedonskiyga qarshi kurashib yurtini himoya qilganini
nazarda tutsak, mazkur qo‘shiqlarning tarixi taxminan ikki
ming yildan ziyod ekani, ayni choqda marosim qo‘ shiqlari
ham boshqa mazmundagi qo‘shiqlar singari uzoq o‘tmishga
egaligi ma’lum bo‘ladi. Xalq marosimlari qatoridan to‘ylar
ham hamisha yetak chi o‘rin egallagan edi. El-yurt bor ekan,
jamoa bo‘lib yashash bor ekan, to‘y qilish odati ham bo‘ladi.
Xalq bu marosimni o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rgan.
Chunki to‘y har bir insonning hayotida juda muhim
hisoblangan tarixiy lavhalardan, kelgusi umidlardan tashkil
75
topadi. Tabiiyki, shuning uchun ham to‘y marosimi o‘yin-
kulgilar, raqslar, teatrlashtirilgan sahnalardan iboratdir.
Ular ning asosini o‘lan aytishlar, yor-yorlar tashkil etadi.
Mumtoz adabiyotimiz vakillarining badiiy ijodiga nazar
tashlasak, ba’zan o‘sha asarlardan namunalar uchraganiga
guvoh bo‘lamiz. Masalan, Alisher Navoiy «Xam
sa»ning
beshinchi dostoni «Saddi Iskandariy»da Iskandarning uyla -
nish to‘yida o‘lan aytish va yor-yor kuylash bilan tomoshalar
ko‘rsatilganini ta’kidlaydi:
Mug‘anniy tuzub chinga vaznida chang,
Navo chekki, hay-hay o‘lang, jon o‘lang!
Desang senki: jon qardoshim yor-yor!
Men aytayki, munglug‘ boshim yor-yor!
Albatta, biz o‘tmishda o‘lan aytishlar, yor-yorlar qaysi
kuyda ijro etilganini, qay yo‘sinda amalga oshirilganini bil-
maymiz. Ammo Alisher Navoiy keltirgan shugina misoldan
hozirgi o‘lanlar va yor-yorlar ham juda uzoq tarixga ega
san’at namunalari ekanini tasavvur qilishimiz mumkin.
Albatta, qadimgi xalq qo‘shiqlarining ham eng go‘zal
namunalari ishq-muhabbat mavzusi aks etgan lirik
qo‘shiqlardan iborat. Chunki ularda yetakchi maqsad inson
tabiatidagi abadiy fazilat hisoblanmish muhabbat tuyg‘usini
ifodalash bilan uyg‘unlashgandir. Insoniyat tarixida ajdod-
dan keyin avlod dunyoga keladi. Zamonlar o‘tadi. Hayot
rivoj topadi. Ota o‘rnida farzand turmush chambaragini
aylantiradi. Ammo har bir avlod vakili muhabbat tuyg‘usini
o‘zicha boshidan kechiradi. Bu tuyg‘u inson ruhiyatiga
ta’sir ko‘rsatish jihatdan zamon o‘zgarishi qoidalariga
bo‘ysunmaydi. Ehtimol, shuning uchun Mahmud Kosh
-
g‘ariy bundan ming yil oldin yozib olgan ishqiy mavzudagi
lirik qo‘shiq kuni kecha qaysidir tumanda yosh yigit kuyla-
gandek tasavvur uyg‘otadi:
Bulnar meni ulas ko‘z
Qara mengiz, qizil yuz,
Andin tomar tukaltuz,
Bulnap yana o‘l qochar.
M a z m u n i :
Bu mas ko‘zli (sevgilim)
Qora xoli va qizil yuzi bilan (meni asir qildi).
Yonoqlaridan shirinlik tomib, meni asir qildi-yu,
Lekin keyinidan (tutqich bermay), mendan qochib ketadi.
76
Xalq qo‘shiqlarining lirik turlari zamon o‘tishi bilan
boshqa mavzudagilardan kam o‘zgarishlarga duch keladi.
Alisher Navoiy «Saddi Iskandariy» dostonida keltirgan
quyidagi parchaga e’tibor qiling:
Mengizlari gul-gul, mijjalari xor,
Qaboqlari keng-keng, og‘izlari tor.
Bizningcha, buyuk shoirimiz bu parchani bevosita xalq
og‘zaki ijodiga mansub qo‘shiqdan olgan yoki juda bo‘lma-
ganda o‘sha qo‘shiqqa mos holda ijod qilgan.
Shunday qilib, qadimgi qo‘shiqlar mazmun jihatdan
turli mavzularni o‘zida aks ettiradi. Bu namunalar til jihat-
dan bugungi kundagilardan farq qilishiga qaramay, shaklan
hozirgi qo‘shiqlarga o‘xshashdir. Ularning hammasini inson
ichki kechinmalarini ifodalash xususiyati birlashtirib turadi.
Chunki bu lirik asarlarda bevosita hayotda ro‘y berayotgan
hodisa emas, balki ana shu hodisaga his-tuyg‘ular orqali
munosabat bildirish yetakchidir. To‘la ishonch bilan aytish
mumkinki, o‘zbek xalq qo‘shiqlarining bugungi kunda el
orasida ijro etilayotgan namunalari asosini qadimgi zamon-
larda omma orasida yashagan qo‘
shiqlar tashkil etadi. Va
nihoyat, qo‘shiq xalqimizning quvonchli va tashvishli kun-
larida, mehnat qilish jarayonida unga hamisha hamroh
bo‘lgan. Binobarin, xalq qo‘shiqlarini millatimiz tarixining
go‘zal kuzatuvchilari deyishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |