59
Tekshiruv natijasining muvaffaqiyatli bo’lmasligi. Agar ikkala tomon ham
tekshiruv muvaffaqiyatsiz chiqishida sababchi bo’lmasa,
u holda buyurtmachi
auditorning xarajatlarini qoplashi lozim.
Shartnomani
bajarishda
bir
tomonning
bosh
tortishi
paytida
tomonlarning majburiyati. Agar buyurtma buyurtmachi tomonidan bajarilmasa, u
holda auditor xizmatiga to’liq haq to’lanadi, agarda auditor tomonidan buyurtma
bajarilmasa, buyurtmachi faqat auditorning haqiqiy xarajatlarini qoplaydi.
Auditorlik shartnomasida quyidagilar muhim hisoblanadi:
1.
Shartnoma bo’yicha ish bajarilishining o’z vaqtidaligi.
Shartnomada
odatda ish bajarishning boshlang’ich va oxirgi muddatlari ko’rsatiladi. Tomonlarning
kelishuviga binoan ish bajarishning alohida bosqichlari muddatlari ham ko’rsatilishi
mumkin. Shartnomani bajarishning boshlang’ich va oxirgi muddatlariga javobgarlik
auditorlik firmasi tomonida bo’ladi. Agarda mijozning hisobotlari tayyor bo’lmasa va
boshqa hollar yuz bersa, shartnomada «suzib yuruvchi» muddatlar ko’zda tutiladi.
2.
Hujjatlarning saqlanuvchanligi. Hujjatlarning saqlanishiga odatda mijoz
javobgar bo’ladi. Agar tekshirish auditorlik firmasining yordamchi manzilgohlaridan
o’tsa, u holda auditorlik firmasi hujjatlarning saqlanishiga javobgar bo’ladi.
Auditorlik tekshiruvida foydalanilgan hujjatlarning mijozga
qaytarilishiga auditor
javobgar bo’ladi.
3.
Shartnomani bajarish vaqtida buyurtmachining huquqlari. Auditorlik
tekshiruvi davomida mijoz korxonaning bosh buxgalteri va rahbari auditorning ishiga
aralashmasligi kerak. Agar auditor tekshiruvga o’z vaqtida kelmasa va tekshiruv
muddatini uzaytirsa, u holda mijoz shartnomani bajarishni rad qilishi mumkin.
4.
Buyurtmachining hamkorligi. Mijoz korxonaning ma’muriyati auditorga
tekshirish o’tkazishning o’z vaqtidaligi va to’liqligini ta’minlashda
sharoit yaratib
berishi zarur. Auditor inventarizatsiya o’tkazishda, hujjatlarni yig’ish va to’plashda
va boshqa hollarda mijoz tashkilotdan yordam so’rashi mumkin.
5.
Tomonlar ma’lumotlarining maxfiyligi. Bunday axborotdan foydalanish
tartibi va shartlari shartnomada belgilangan bo’ladi.
60
6.
Tekshiruv sifati past bo’lganda auditorning majburiyati. Agarda auditor
tomonidan kamchilikka yo’l qo’yilsa, u holda mijoz
auditorning xizmat haqini
pasaytirishi mumkin. Agarda auditor sifatsiz tekshiruv o’tkazsa va mijozga, davlatga
zarar etkazsa, u holda sud yoki arbitraj orqali:
-
xarajatlarni to’liq qoplashi;
-
qayta tekshiruvni auditorlik firmasi hisobidan amalga oshirish;
-
jarima solish kabi hukmlar chiqariladi.
7.
Auditor tomonidan bajarilgan ishning buyurtmachi tomonidan qabul
qilinishi. Buyurtmachi auditor bilan birgalikda bajarilgan ish natijasini muhokama
qilish va qabul qilishga majbur. Agar tekshiruv natijasiga ko’ra
kamchiliklar
aniqlangan bo’lsa, u holda mijoz ularni qisqa muddat ichida to’g’rilashi lozim.
8.
Ishning sifati. Auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati shartnomaga
muvofiq bo’lishi lozim. Bunda auditor ma’suliyatni o’z zimmasiga oladi.
9.
Ish sifati past bo’lganda uni to’g’rilash muddatlari. Agarda ish sifati past
bo’lsa, uni to’g’rilash muddatlari ish natijasi topshirilgan kundan boshlab 2 yil ichida
qilinadi. Agar yuqori organlar tomonidan talab qilinsa, to’g’rilash muddati 1
yildan
iborat bo’ladi.
10.
Ish natijalarini qo’llashning shartlari va chegaralari. Shartnomada
boshqacha tartib ko’zda tutilmagan bo’lmasa, u holda buyurtmachi va buyurtmani
bajaruvchi ish natijalaridan o’z maqsadlari uchun foydalanishlari mumkin.
Intellektual ijod natijalari bo’yicha haq. Tomonlardan
biri intellektual
ma’lumotlarni saqlashi lozim. Ko’p hollarda ushbu ma’suliyat mijozga tushadi.
Dostları ilə paylaş: