70
Qoida va jarayonlar barcha darajalardagi xizmat ko’rsatuvchilar o’z
mustaqilliklarini saqlab qolishlariga asosli ishonchni ta’minlashi lozim.
Ushbu
talabning bajarilishi uchun auditorlik tashkilotlari bir yilda bir marotaba o’z mijozlari
ro’yxatini tarqatishi va o’z xizmatchilaridan mustaqillik to’g’risidagi arizani
imzolashlarini talab qilish mumkin.
D) Xizmatchilarga topshiriqlar.
Qoida va jarayonlar ish maxsus tayyorgarlik va tajribaga ega shaxslar
tomonidan bajarilishiga asosli ishonchni ta’minlab berishi kerak.
Mazkur talabning
bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti ishni o’z xizmatchilari uchun zarur
topshiriqlarning oldindan aniqlab olishi mumkin bo’lgan holda rejalashtirib olishi
kerak bo’ladi.
E) Maslahatlar.
Qoida va jarayonlar auditorlik tashkilotining
xizmatchilari texnikaga oid
masalalar bo’yicha yaxshi xabardor bo’lgan va obro’li shaxslardan yordam olishga
intilishlari mumkinligiga asosli ishonchni ta’minlab borishi lozim. Ushbu talabning
bajarilishi yo’lida
auditorlik tashkilotlar audit, buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobotlarni yuritish,
soliqqa tortish, maslaxat hizmatlari kabi soxalar bo’yicha
auditorlik tashkilotini ekspertlar sifatida ma’lum bir shaxslarni tayinlashi mumkin.
J) Kuzatuv.
Qoida va jarayonlar auditorlik tashkilotlarning joriy faoliyati unda belgilangan
sifat andozalariga javob berishligiga asoslangan ishonchni ta’minlab berishi lozim.
Auditorlak tashkilotni kuzatuv jarayonlarini belgilanish uchun javobgarligi aniq
majburiyatlarning shartnoma asosida rejalashtirilish va bajarilishi uchun auditni
o’tkazayotgan xizmatchilarning javobgarligidan farq qiladi.
Ushbu kuzatish
talablarning qondirilishi uchun auditorlik tashkiloti barcha ish xujjatlarini
xisobotlarini talab qilishi va ularni tegishli nazorat qiluvchi va texnik xodimlarga
tekshirish uchun taqdim etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: