71
bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti eng kichik hajmlardagi malaka talablarini
belgilab berishlari mumkin. (misol uchun buxalteriya yozuvlarining olib borilishini
kollejning, uerda buxgalteriya hisobi bo’yicha tahsil olgan va bilim jihatdan o’rtacha
yoki yaxshi bo’lgan bitiruvchisi bajarishi mumkin).
I) Kasbiy darajaning oshirilishi.
Qoida va jarayonlar auditorlik tashkiloti xizmatchilarining ular tomonidan o’z
vazifalarining bajarilishi uchun zarur bilimlarga ega ekanliklari to’g’risida asosli
ishonchni ta’minlab berishi kerak. Ushbu talabning bajarilishi uchun auditorlik
tashkiloti o’z malakasini oshirish istagidagi xizmatchilariga kasbga oid o’qishni
davom ettirishlari uchun shart-sharoitlarini yaratib berishi va yordam ko’rsatishi
mumkin.
Y) Xizmatda ko’tarilish.
Qoida va jarayonlar xizmatda ko’tarilayotgan xizmatchilarning yangi
lavozimni egallashlari mumkin ekanligiga asosli ishonchni ta’minlashi kerak. Ushbu
talabning bajarilishi uchun xizmatchilarni ular tomonidan xar bir majburiyatlaridan
baholash va ularning ko’tarilishiga oid, kamida bir yilda bir marotaba maslahat berib
borishi zarur.
K) Mijozlar maqbulliligi va ular bilan munosabatlarning davomiyligi.
Qoida va jarayonlar auditorlik tashkiloti rahbariyati insofsizlik dardiga
yo’liqqan xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan bog’lanib qolmasligiga asosli ishonchni
ta’minlab berishi kerak. Ushbu talabni bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti bo’lajak
yangi mijoz bilan xamkorlik qilib kelayotgan taftishchidan, bank xodimlaridan,
yuristlar va boshqa shaxslardan ma’lumotlar olishi kerak bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: