8.2. Auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyin, biroq moliyaviy hisobot
e’lon qilinadigan sanaga qadar yuz bergan hodisalar
Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyin, biroq auditorlik xulosasi
imzolangunga qadar yoxud auditorlik xulosasi imzolangandan keyin, biroq
tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti e’lon qilinadigan
sanagacha yuz bergan hodisa va dalillar, shuningdek moliyaviy hisobot e’lon
qilingandan so’ng yuz bergan hodisalar uning mazmuni va to’g’riligiga ta’sir
ko’rsatgan taqdirda auditorlik tashkilotining harakatlarini aniqlash muhim
hisoblanadi.
«Kelgusi davr moliyaviy ma’lumotlarini o’rganish» nomli 560-son XASda
quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
a) moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar (keyingi hodisalar)
- hisobot davri tugagan paytdan boshlab auditorlik xulosasi imzolanadigan sanaga
qadar yuz bergan, shuningdek auditorlik xulosasi imzolangandan keyin aniqlangan,
tekshirilayotgan hisobot davriga taalluqli bo’lgan va moliyaviy hisobotga tuzatishlar
kiritishni yoki unda axborotni oshkor etishni talab etadigan hodisalar;
b) moliyaviy hisobot tuziladigan sana - hisobot davridagi oxirgi kalendar kuni;
v) auditorlik xulosasi imzolanadigan sana - auditorlik xulosasida uni imzolash
chog’ida qo’yilgan sana, undan keyin, odatda, auditorlik tekshiruvi bilan bog’liq
axboriy materiallarga oid barcha tekshiruvlar to’xtatiladi, bu muddat tugagach,
auditorlik xulosasiga birorta ham tuzatish kiritilmaydi.
Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini moliyaviy hisobot tuziladigan sanadan
ilgari imzolay olmaydi;
g) moliyaviy hisobot taqdim etiladigan sana - xo’jalik yurituvchi sub’ektning
moliyaviy hisobotini amalda undan foydalanuvchilarga beriladigan yoki bu hisobot
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda e’lon qilinadigan sana.
Auditorlik xulosasini imzolash chog’ida auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi
imzolanadigan sanaga qadar moliyaviy hisobotda aks ettirilishi lozim bo’lgan,
moliyaviy hisobotga tuzatish yoki qo’shimchalar kiritishni talab etadigan barcha
122
hodisalar u tomonidan lozim ravishda aniqlangani, baholangani va tekshirilganiga
amin bo’lishi kerak.
Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi imzolanadigan sanaga yaqin qolganda
moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishni yoki unda axborotni oshkor etishni talab
etadigan hodisalarni aniqlash uchun mo’ljallangan taomillarni bajaradi. Bunday
taomillar, odatda, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a) xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati tomonidan belgilangan, keyingi
hodisalarni aniqlash imkoniyatini yaratuvchi taomillar sharhi;
b) hisobot davri tugaganidan keyin o’tkaziladigan aktsiyadorlar yig’ilishi,
direktorlar kengashi majlislari va ijroiya organining bayonnomalari bilan tanishib
chiqish hamda bayonnomalari hali tayyorlanmagan yig’ilishlarda muhokama qilingan
masalalarni oydinlashtirish;
v) pul mablag’lari smetalari, harakat prognozlari va rahbariyatning boshqa
tegishli hisobotlari bilan tanishib chiqish;
g) tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt yuridik xizmatining sud
muhokamalariga (agar ular o’rinli bo’lsa) taalluqli bo’lgan faoliyati bilan tanishib
chiqish;
d) tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga moliyaviy
hisobotga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan keyingi hodisalarga taalluqli savollar.
Bunday savollar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
dastlabki
yoki
tugallanmagan
ma’lumotlar asosida hisobga olingan
moddalarning joriy holati;
yangi majburiyatlar qabul qilinganmi, yangi zayomlar olingan yoki ajratilganmi,
kafillik shartnomalari tuzilganmi;
aktivlarni sotish amalga oshirilganmi yoki rejalashtirilmoqdami;
yangi aktsiyalar yoki qarz majburiyatlari chiqarilganmi, sub’ektni qo’shib
yuborish yoki tugatish to’g’risidagi bitimlar tuzilganmi yoki rejalashtirilmoqdami;
aktivlarni davlat daromadiga qaratish yoki ularning, masalan, yong’in yoki
toshqin natijasida nobud bo’lishi holatlari yuz berganmi;
123
mavjud xatarlar yoki shartli hodisalar bilan bog’liq qandaydir o’zgarishlar yuz
berganmi;
onda-sonda qo’llaniladigan qandaydir buxgalteriya tuzatishlari kiritilganmi yoki
ko’rib chiqilyaptimi;
moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun foydalaniladigan hisob siyosatining
o’rinliligiga shubha tug’diradigan biror-bir hodisalar yuz berganmi yoki yuz berishi
mumkinmi.
Agar bo’linmani boshqa auditor auditorlik tekshiruvidan o’tkazayotgan bo’lsa,
asosiy auditor boshqa auditor tomonidan bajariladigan keyingi hodisalarga taalluqli
bo’lgan taomillarni baholashi, shuningdek boshqa auditorni rejalashtirilayotgan
auditorlik xulosasini imzolash sanasi haqida xabardor qilishi lozim.
Agar auditor moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatuvchi hodisalar to’g’risida xabar
topsa, u mazkur hodisalarning moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirilishini tekshirishi
lozim.
Auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik xulosalari
imzolangan sanadan keyin yuz bergan hodisalar uchun javobgar bo’lmaydi. Bunda
xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyin,
biroq moliyaviy hisobot e’lon qilinadigan sanaga qadar yuz bergan moliyaviy
hisobotga ta’sir ko’rsatuvchi hodisalar haqida auditorlik tashkilotiga xabar berilishi
uchun javobgar bo’ladi.
Agar auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyingi
davrda, biroq moliyaviy hisobot e’lon qilinadigan sanaga qadar yuz bergan hodisalar
haqida xabar topsa, u moliyaviy hisobot va auditorlik xulosasiga tuzatish kiritish
kerakligini aniqlashi, yuzaga kelgan muammolarni xo’jalik yurituvchi sub’ekt
rahbariyati bilan muhokama qilishi hamda bunday hodisalar moliyaviy hisobotga
jiddiy ta’sir ko’rsatadigan holatlarda mazkur hisobotga tegishli o’zgartirishlar
kiritishni talab qilishi lozim.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati moliyaviy hisobotga o’zgartirish
kiritgan bo’lsa, ilgari tayyorlangan auditorlik xulosasiga havolani o’z ichiga olgan
124
yangi auditorlik xulosasini tayyorlash lozim. Bunda yangi xulosaga o’zgartirilgan
moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan oldingi sana qo’yilmasligi kerak.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati auditorlik tashkiloti talab qilayotgan
va jiddiy tusdagi tuzatishlar kiritilishini zarur deb topmasa, auditorlik tashkiloti
xo’jalik yurituvchi sub’ektni mazkur dalil haqida yozma ravishda xabardor qilishi,
o’zgartirishlar kiritilmagan taqdirdagi oqibatlar uchun javobgarlikni xo’jalik
yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yuklashi hamda salbiy auditorlik xulosasi tuzishi
kerak.
Agar auditorlik xulosasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt (buyurtmachi)ga berilgan
bo’lsa, auditorlik tashkiloti buyurtmachini va (yoki) xo’jalik yurituvchi sub’ekt
rahbariyatini sub’ekt moliyaviy hisobotni va unga doir auditorlik xulosasini uchinchi
shaxslarga taqdim etmasligi haqida yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Agar moliyaviy hisobot uchinchi shaxslarga berilgan bo’lsa, auditor mazkur
uchinchi shaxslar auditorlik xulosasiga tayanmasligi uchun chora ko’rishi kerak.
Moliyaviy hisobot e’lon qilinganidan keyin auditorlik tashkiloti mazkur
moliyaviy hisobotga tegishli so’rovlar yo’nalishiga taalluqli hech qanday
majburiyatga ega bo’lmaydi.
Agar moliyaviy hisobot e’lon qilinganidan keyin auditorlik tashkiloti
tekshirilayotgan hisobot davriga tegishli bo’lgan hamda moliyaviy hisobotga
tuzatishlar kiritishni va unda axborotlarni oshkor qilishni talab etadigan hodisalar
haqida xabar topsa, auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni qayta ko’rib chiqish
zarurligi masalasini ko’rib chiqishi, uni xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan
muhokama qilishi va mazkur holatlarda maqsadga muvofiq bo’lgan chora-tadbirlar
ko’rishi lozim.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati moliyaviy hisobotni qayta ko’rib
chiqayotgan bo’lsa, auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan
birgalikda ilgari taqdim etilgan moliyaviy hisobot bilan auditorlik xulosasini olgan
barcha kishilarni yuzaga kelgan vaziyat haqida xabardor qilishga doir tadbirlarni
bajarishi hamda qayta ko’rib chiqilgan moliyaviy hisobot bo’yicha yangi auditorlik
xulosasini taqdim etishi kerak.
125
Bunda yangi auditorlik xulosasi ilgari tayyorlangan auditorlik xulosasiga
havolani o’z ichiga olishi va qayta ko’rib chiqilgan moliyaviy hisobot tuzilgan
sanadan oldingi sana qo’yilmasligi lozim.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ilgari taqdim etilgan moliyaviy
hisobot va auditorlik xulosasini olgan barcha kishilarni yuzaga kelgan vaziyat haqida
xabardor qilish uchun zarur chora-tadbirlarni ko’rmayotgan va moliyaviy hisobotni
qayta ko’rib chiqmayotgan bo’lsa, auditor uni qayta ko’rib chiqishni zarur deb
hisoblagan holda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatini uchinchi shaxslar
auditorlik xulosasiga tayanmasliklari uchun auditor chora-tadbirlar ko’rishi
to’g’risida xabardor qilishi lozim.
Kelgusi davr uchun moliyaviy hisobotni e’lon qilish sanasi yaqinlashayotgan
bo’lsa, yangi hisobotda tegishli axborot oshkor qilinishi sharti bilan, moliyaviy
hisobotni qayta ko’rib chiqish va yangi auditorlik xulosasi berishga zarurat
tug’ilmasligi mumkin.
Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyin yuz bergan hodisa va dalillarga doir
auditorlik tashkilotining barcha harakat va qarorlari majburiy tartibda auditorning ish
hujjatlarida aks ettirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |