138
9-BOB. AUDITORLIK XULOSASI VA HISOBOTINI TUZISh
9.1. Auditorlik xulosasini tuzish
Iqtisodiy sub’ektning buxgalteriya hisobi haqidagi auditorlik xulosasi
auditorlik tashkilotining bu hisobotning ishonchliligi to’g’risidagi fikrini ifodalaydi.
Auditorlik xulosasi yuridik maqomga ega bo’lgan hamma yuridik va jismoniy
shaxslar, davlat hokimiyat organlari, mahalliy hokimiyat organlari, sud organlarining
hujjatlaridir. Yillik hisobotni tekshirish natijalari bo’yicha auditorlik xulosasi
korxonaning yillik buxgalteriya hisobotining eng muhim unsurlaridan biridir.
«Moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi» nomli 700-son XASga
binoan, auditorlik xulosasi - moliyaviy hisobotning haqqoniyligi (to’g’riligi) va
buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlari bilan belgilangan talablarga
muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma
shaklda ifodalangan va
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq
bo’lgan hujjat.
Auditorlik xulosasi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
a) nom («Auditorlik xulosasi» yoki «Auditorlik tashkilotining xulosasi»: ikkala
nom teng huquqli);
b) adresatning nomi;
v) kirish qismi;
g) qayd etish qismi;
d) yakuniy qism;
e) auditorlik xulosasini berish sanasi;
j) auditorlik tashkiloti manzili;
z) auditorlar va auditorlik tashkiloti rahbarining imzosi.
Auditorlik xulosasi auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi shaklining bir xilligiga rioya qilishi
kerak.
Auditorlik xulosasi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yo’llanib,
buyurtmachining barcha zaruriy rekvizitlari ko’rsatilishi kerak.
139
Auditorlik xulosasining kirish qismi auditorlik tashkilotining quyidagi
rekvizitlarini o’z ichiga olishi kerak:
- auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlari;
- auditorlik faoliyatini amalga oshirish
huquqiga litsenziya raqami, berilgan
sana va litsenziya bergan organning nomi;
- auditorlik tashkiloti davlat ro’yxatiga olingani to’g’risidagi guvohnoma
raqami;
- auditorlik tashkiloti hisob-kitob varag’ining raqami;
- auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditor (auditorlar)ning,
shuningdek,
auditorlik tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi.
Kirish qismida sana va hisobot davri ko’rsatilgan holda tekshirilgan moliyaviy
hisobotlar ro’yxati keltirilishi kerak.
Kirish qismida quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
- xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladigan moliyaviy
hisobotni tayyorlash va uning haqqoniy bo’lishi uchun javobgar;
- auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasining xo’jalik yurituvchi sub’ektning
moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalariga muvofiq bo’lishi uchun javobgar.
Auditorlik xulosasining qayd etuvchi qismida auditorlik tekshiruvi moliyaviy
hisobot va boshqa moliyaviy axborot qonun hujjatlariga,
shuningdek moliyaviy-
xo’jalik faoliyatining haqiqiy holatiga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashga
asoslanishi ko’rsatilishi kerak.
Qayd etuvchi qismda auditorlik tekshiruvi fikrni ifodalash uchun etarlicha
asoslar berishi xususida auditorlik tashkilotining tasdig’i berilishi kerak.
Auditorlik xulosasining yakuniy qismida auditorlik
tashkilotining tekshirilgan
moliyaviy-hisobot xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy-xo’jalik faoliyatining
haqiqiy holati to’g’risida haqqoniy tasavvur berish-bermasligi va moliyaviy hisobot
qonun hujjatlariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi xususidagi fikri ravshan bayon
etilishi kerak.
Auditor auditorlik xulosasini auditorlik tekshiruvi
yakunlangan kun bilan
belgilashi kerak.
140
Auditor auditorlik xulosasini xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotga
imzo chekkan yoki uni tasdiqlagan sanadan oldin keluvchi kun bilan belgilashi kerak
emas.
Auditorlik xulosasining har bir beti auditor tomonidan imzolanishi kerak va u
auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Qiziquvchi tomonega
auditorlik xulosasining yakuniy qismini ko’rsatish kerak.
Auditorlik xulosalarining quyidagi turlari mavjud:
a) ijobiy auditorlik xulosasi;
b) salbiy auditorlik xulosasi.
Dostları ilə paylaş: