145
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va
moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibini jiddiy buzishlar bayoni.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarini
amalga oshirish paytida qonunlarga rioya etishini tekshirish natijalari to’g’risidagi
axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
Xo’jalik
yurituvchi
sub’ekt
amalga
oshirgan
moliyaviy-xo’jalik
operatsiyalarining qonunchilikka muvofiqligini baholash;
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga
oshirgan moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarning qonunchilikka jiddiy nomuvofiqliklari
bayoni.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblashi va to’lashning to’g’riligini
tekshirish natijalari to’g’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlar to’g’riligining bahosi;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lashning belgilangan
tartibini buzish faktlari, soliq solinadigan bazani belgilash paytidagi chetga chiqishlar
bayoni.
Aktivlar butligini tekshirish natijalari aktivlarni inventarlashga asoslanishi va
o’z ichiga ularning haqiqatda mavjudligi va butligi to’g’risidagi ma’lumotlarni olishi
kerak.
Auditorlik xisobotining yakuniy qismi. Auditorlik hisobotining yakuniy qismi
auditorlik tashkilotining aniqlangan chetga chiqishlar va huquq buzilishlarini bartaraf
etishga doir tavsiyalarini, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-
xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirishga doir takliflari va maslahatlarini o’zi
ichiga olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: