Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi


Ta’lim – tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə58/150
tarix10.09.2023
ölçüsü5,55 Mb.
#142395
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   150
MAJMUA PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASI

Ta’lim – tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari.

Davrlashtirish aniq mamlakat, hudud yoki butun insoniyat uchun xarakterli bo‘lgan ta’lim tizimini asosiy mazmun-mohiyatini aniqlaydi. Zamonaviy pedagogika tarixi fanida ta’lim tizimini davrlashtirish muammosiga turlicha yondashuvlar mavjud. Ushbu muammoning murakkabligi shundaki, butun tarixiy jarayonlarni asosli bo‘linishini yagona mezonlarini, asoslarini belgilanma- ganidadir. Har qanday davrlashtirish shartli xususiyatga ega. U yoki bu davlatning ta’lim tizimini davrlashtirish masalalari jamiyatning rivojlanishi bilin uzviy bog‘liq.


Pedagogika tarixida davrlashtirish muammosi metodologik xarakter kasb etadi. XX asrning 50-yillarida ta’lim tarixini davrlashtirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan davrlashtirishning mezonlari, tamoyillariga oid turlicha qarashlar ilgari surilganligini kuzatishimiz mumkin. Biroq ta’lim tizimini davrlashtirishda mutaxassislar tomonidan yagona yondoshuvga kelinmagan.Sobiq sho‘ro tuzimi davrida pedagogika tarixiri ijtimoiy tuzumlar bo‘yicha davrlashtirish muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida taniqli olimlar O.Hasanboyeva, J.Hasanboyev, X.Xomidovlar pedagogika tarixini davrlashtirishga quyidagicha yondashganlar.

  1. Qadimgi davrdan VII asrgacha bo‘lgan tarixiy davrda ta’lim-tarbiya va pedagogik g‘oyalar taraqqiyoti davri.

  2. VII-VIII asrlarda Movarounnahrda madaniyat va pedagogik fikrlar rivojlanishi davri.

  3. Sharq uyg‘onish bosqichida fan va madaniyat hamda ta’lim-tarbiyaning taraqqiyoti davri.

  4. Madaniyat va ta’lim-tarbiyaning Temuriylar hukmronligi davridagi taraqqiyoti.

  5. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida ta’lim - tarbiyaning rivojlanishi davri.

  6. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi, istiqlol va istiqbol yo‘llari davri.

M.Salayeva o‘z tadqiqotlarida pedagogika tarixini davrlashtirishda quyidagi yondashuvni taklif qilgan:

  1. Eng qadimgi davrdan VII asrgacha bo‘lgan davr.

  2. VII-XIV asrgacha bo‘lgan davr.

  3. XIV-XVI asrlarda ta’lim-tarbiya va pedpgogik fikrlar taraqqiyoti davri.

  4. XVII-XVIII asrlarda va XIX asrning 1-yarmida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti davri.

  5. XIX asrning 2-yarmi Markaziy Osiyoda ta’lim-tarobiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti davri.

  6. Sobiq sho‘rolar hukumati davrida ta’lim-tarobiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti davri.

  7. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ta’lim-tarbiya rivojlanishi davri.




Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin