Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mavzu: uslublar tasnifi


ma’lum bo’ladiki, ta’kidlash lozimki, ta’kidlash o’rinliki, darhaqiqat, binobarin



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix25.04.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#102397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
ma’lum bo’ladiki, ta’kidlash lozimki, ta’kidlash o’rinliki, darhaqiqat, binobarin, 
shunday ekan, birinchidan, ikkinchidan, ko’rinadiki, ta’kidlash joizki, xulosa 
qilib aytganda, xulosa qilganimizda, birgina misol, faqat bugina emas singari 
ko‟plab bog‟lovchi vazifasini bajaradigan so‟z va birikmalar qo‟llaniladi. 
4. Qisqalik. Bu xususiyat aynan ilmiy bayonga xos xususiyatdir. Shuning 
uchun unda tilning tasviriy imkoniyatlaridan deyarli foydalanilmaydi. Gaplar darak 
mazmunida bo‟lib, asosan sodda yoyiq holda bo‟ladi. Agar fikr qo‟shma gaplar 
yordamida ifodalansa, bog‟lovchilarning faol ishlatilishi kuzatiladi: “G‟alla 
ekinlari urug‟lari saqlashga ancha chidamli hisoblanadi. Qishloq xo‟jaligini sifatli 
5. Dehqonchilik, 134 


urug‟ bilan ta‟minlashda uni saqlash muhim tadbirdir. Ekiladigan g‟alla urug‟lari 
uchun davlat standarti belgilangan”6 
Ilmiy uslub fonetik jihatdan boshqa uslublardan farqlanib turuvchi yorqin 
belgilarga ega emas. Leksikasida esa farq qiluvchi jihat sohaviy atamalarning 
ko‟pligi hisoblanadi. Bu uslubda ham, xuddi rasmiy uslubda bo‟lgani kabi, 
so‟zlarni ko‟chma ma‟nolarda qo‟llash, tasviriy vositalardan unumli foydalanish 
xos xususiyat sanalmaydi. Subyektiv emosionallik, obrazlilik, og‟zaki nutq 
elementlari, umuman g‟ayri adabiy unsurlar kam ishlatiladi. Mumkin qadar bayon 
bir xil me‟yorda ifoda etiladi. Shu bilan birga, ayrim holatlarda fikr yuritilayotgan 
manba, mavzu bilan uyg‟un ravishda ba‟zan bu uslubda ham obrazli ifodalardan 
foydalanish istisno emas. Masalan: Differensial tenglamalarning xususiy hosilalari 
fizikaga cho’ri bo’lib ishga 
kirdi, 
keyin 
u cho’ridan bekaga aylanib ketdi (R.Bekjonov). 
Muallif individualligining kam sezilarli bo‟lishi ham ilmiy uslubning o‟ziga 
xos xususiyatlaridan biridir. 
Ilmiy uslubning morfologik xususiyatlari to‟g‟risida M.Mukarramovning 
«Hozirgi o‟zbek adabiy tilining ilmiy stili» monografiyasida quyidagi fikrlar bayon 
qilingan: 
Ilmiy uslubda faqat adabiy tilda me‟yor sifatida e‟tirof etilgan grammatik 
ko‟rsatkichlardan foydalaniladi. So‟z turkumlaridan ot faol, ko‟pincha takror 
qo‟llanadi. Subyektiv baho shakllari xos emas. –lar  ko‟plikdan boshqa semantik-
uslubiy ma‟nolarni ifodalamasa-da, atama hosil qilishda ishtirok etadi. Umumiy 
egalik ustun turadi, I-II shaxs qo‟shimchalari ishlatilmaydi, III shaxs shakli faol. 
Undov va taqlid so‟zlar ham bu uslubga xos emas. Yuklamalarning esa imkoniyati 
chegaralangan. 
6 Qishloq xo‟jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi, 120 


Ilmiy nutq uchun deyiladi, aytiladi, yoritiladi, bayon qilinadi, aniqlanadi, 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin