Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mavzu: uslublar tasnifi


tekshiriladi, foydalaniladi, ta’riflanadi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix25.04.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#102397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
tekshiriladi, foydalaniladi, ta’riflanadi singari xoslangan fe‟llar mavjud. Fe‟lning 
majhul daraja shakli ham bu uslub uchun xos. Ammo hozirgi-kelasi zamon 
shaklidan tashqari xarakterli zamon ko‟rsatkichi yo‟q. Kishilik olmoshlari kam 
qo‟llaniladi. Bu gap faqat muallif va men ma‟nolarida qo‟llaniladigan hamda 
kamtarlik ma‟nosini ifodalaydigan biz olmoshiga tegishli emas. 
«Adabiy tilning konkret ko‟rinishlari bo‟lgan so‟zlashuv, badiiy, publisistik, 
rasmiy hujjat va ilmiy nutqlarning real mavjudligini tan olsak, u vaqtda har bir 
nutq turining o‟z modal ma‟no ifodalovchi so‟zlarini ham tan olishimizga to‟g‟ri 
keladi» degan mulohazani aytib, demak, xullas, darhaqiqat, haqiqatan, 
shubhasiz, albatta, darvoqe, masalan, jumladan, ayniqsa, xususan, aksincha, 
afsuski  singari modal so‟zlar va modal ma‟no anglatuvchi boshqa birliklarni tahlil 
qilgan. 
Shu tarzda ilmiy uslubning  ammo, lekin  kabi o‟z bog‟lovchilari, bilan, 
uchun, kabi, singari, haqida, to’g’risida, tufayli, sababli, doir, oid, binoan, 
tashqari, qaraganda, asosan, muvofiq, qadar  singari ko‟makchilari borligini ham 
qayd qilish to‟g‟ri bo‟ladi.7 
Ilmiy uslubda bayon etilayotgan matnning sintaktik qurilishi fikriy 
tugallikka, mantiqiy izchillikka xizmat qiladi hamda bayonning tabiatidan kelib 
chiqib, bir tarkibli gaplarning shaxssiz, shaxsi umumlashgan turlari faol. Undov, 
atov gaplar qo‟llanilmaydi, nutq monologik xarakterda bo‟ladi. Rasmiy 
uslubdagiga o‟xshab gap tuzilishining odatdagi tartibi qo‟llaniladi. Qo‟shma gap 
faol ishlatiladi. Darak gap asosiy mavqyeni egallaydi, so‟roq va buyruq gaplar 
deyarli qo‟llanilmaydi. 
Ommabop uslub Tashviqot-targ„ibot ishlarini olib borishda qo„llanadigan 
uslub, ya‟ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Soddalik, tushunarli 
7.
 
M u k a r r a m o v M. Hozirgi o‟zbek adabiy tilining ilmiy stili. 125-b 


bo„lish, ta‟sirchanlik, adabiy til me‟yorlariga rioya qilish bu uslubning asosiy 
belgilaridan hisoblanadi. Ommabop uslubning radio, televideniyeda ishlatiladigan 
ko„rinishi og„zaki ommabop uslub deyilsa, gazeta jurnallarda ishlatiladigan 
ko„rinishi yozma ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so„zlar 
ko„p qo„llanadi. Nutq ta‟sirchan bo„lishi uchun ta‟sirchan so„z va birikmalardan, 
maqol va hikmatli so„zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo„laklari 
odatdagi tartibda bo„ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe‟llar bilan 
ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so„roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, 
takroriy so„z va birikmalardan unumli foydalaniladi: 1. Azamat paxtakorlarimiz 
mo„l hosil yetishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti. 2. Partiya faollari 
o„zlarining navbatdagi majlisiga yig„ilishdi.
Til taraqqiyotida muhim omil sanaladigan publisistika o‟z navbatida 
tilning imkoniyatlaridan ham keng foydalanadi. 
Ommabop 
uslub 
imkoniyatlarining 
kengligini 
lingvistik 
va 
ekstralingvistik (paralingvistik) – tildan tashqaridagi omillarning mustahkam 
aloqadorligida kuzatamiz. Publisistik janrda yozilgan asarlarning mohiyatan 
hozirjavobligi, ularning axborot hamda targ‟ibot-tashviqot xarakterda bo‟lishi va 
ommani dunyo yoki mamlakatimiz miqyosida sodir bo‟layotgan voqea-
hodisalardan zudlik bilan xabardor qilish natijasida yuzaga keladigan novatorlik 
unda tabiiy ravishda yangi ijtimoiy-siyosiy terminologiyaning qo‟llanilishi va 
tilimizda me‟yorlashishiga sabab bo‟ladi. Boshqacha aytganda, ommabop uslub 
tilning yangi so‟z va iboralar hisobiga boyib borishiga ko‟maklashadi. 
Ommabop uslub ma‟lum ma‟noda oraliq uslub sanaladi. Bu uslubda 
shakllangan matnlar obrazliligi, ta‟sirchanligi, tasviriy vositalarning mahsuldor 
qo‟llanilishi bilan badiiy uslubga yaqinlashsa, dialektizmlar, istorizmlar, argo va 
jargonlar qo‟llanilmasligi bilan undan uzoqlashadi. Ifodaning aniqligi va 
publisistik 
janrlarga 
xoslangan 
hamda 
ijtimoiy-siyosiy 
terminologiyaning 
qo‟llanilishi bilan ilmiy uslubga o‟xshaydi. Ayni paytda, ifodadagi qisqalik, 


lo‟ndalik, ixchamlik, yorqinlik kabi xislatlar ham uni ilmiy uslub bilan yonma-yon 
qo‟yadi. 
Radio va televideniyedagi ayrim chiqishlar bu uslubdagi matnda so‟zlashuv 
uslubi elementlari ham ba‟zan aralashib ketishi mumkinligini ko‟rsatadi. 
Ma‟lumki, publisistika badiiy, siyosiy, ilmiy jabhalarni qamrab oluvchi yirik 
soha hisoblanib, ommaviy axborot vositalari sanaladigan radio va televideniyeda, 
gazeta va jurnallar sahifalarida aks etadigan yangilik, xabar, reportaj, tahlilnoma, 
bosh maqola, maqola, ocherk, feleton, pamflet, e‟lon, reklama singari qator 
janrlarni qamrab oladi. Ana shu qamrov doirasining kengligi o‟z navbatida til 
birliklarining har bir janrda alohida tarzda me‟yorlashuvini taqozo etadi. Bu 
o‟rinda esa me‟yorlashishning umumiy jihatlari xususida so‟z yuritish imkoniyati 
mavjud. 
Sifatdosh oborotlar, fe‟llarning shart mayli shakllarining almashinib 
ishlatilishi, ritorik so‟roq, ritorik murojaat, undov, bir bosh bo‟lakli gaplarning 
faolligi 
bu 
uslubga 
xos 
xususiyatlar 
sanaladi. 
Eng muhimi, 
ijtimoiy-
siyosiy atamalar 
ko‟p qo‟llaniladi. Hatto umumiste‟moldagi so‟zlar ham 
ommabop uslubda yozilgan matnda atamaga aylanishi mumkin: ovoz, ochiq 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin