Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI 
Reja: 
1.Kashtachilikda bezak buyumlarining turlari 
2.Kashta tikish texnologiyasi 
Tayanch tushunchalar
: rasm, loy, applikatsiya, tahlil, sintez, taqqoslash
estetik sezgi, badiiy ijod, ekskursiya, qog‘oz, mel, bo‘yoqlar, mazmunli-rolli, 
dramalashtirish, didaktik. 


138 
KAShTA TIKISh. KAShTAChILIK TARIXI VA TAYYoRLASh 
TEXNOLOGIYaSI 
Milliy kashtachilik (kashtado‘zlik) amaliy san’atning eng kadimiy turlaridan 
bo‘lib, u xalkning o‘z turmushini go‘zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. 
Kashtachilik san’ati nafakat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuxrat 
kozongan. O‘zbek xalk ustalari qo‘llari bilan tikilgan kirpech, so‘zana, zardevor, 
gulko‘rpa, choyshab kabilar Germaniya, Belgiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, 
Hindiston, Afg‘oniston kabi xorijiy davlatlar muzeylarida doimiy ekspozitsiyaga 
aylanib qolgan. 
Hozirgacha buyumlar o‘ziga xos go‘zallik, nafis bezaklarning rang-
barangligi bilan kishilarni hayratga solib kelmokda. Badiiy kashtachilik uzoq 
tarixga ega. O‘zbek kashtachiligi iqlim, tabiiy sharoit, muxit bilan bog‘liq holda 
barcha kasb-hunarlari bilan birgalikda rivoj topgan. Kashtachilik san’atining eng 
qadimiysi saqlanmagan. XIV – XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali 
kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini ko‘rish mumkin. Ispan elchisi 
Rui Gonzales de Klavixo Amir Temur saroyida o‘zbek milliy kashta bezaklarini 
ko‘rganini kundaligida yozib qoldirgan. 1467-yili Kamoliddin Behzod 
«Zafarnoma» ga ishlagan «Temur taxtda» miniatyurasida chodirga ishlagan 
kashtani ham aks ettirgan. XIX – asrning ikkinchi yarmida kashta tikish 
mashinasining ixtiro etilishi kashtachilik korxonalarining vujudga kelishiga asos 
soldi. Mashinada kashtalarning ko‘p ishlab chiqarilishi ularning badiiyligiga putur 
yetkazdi. Qo‘l kashtalari unutila boshlandi. Lekin ayrim xillarigina saqlanib qoldi. 
O‘zbek kashtachiligi qo‘shni xalklar kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivojlandi.
Kashtachilik san’atida har bir millatning o‘ziga hos eng ko‘p qo‘llaydigan 
naqshlari bo‘ladi. Chunonchi o‘zbek kashtalarida o‘simliksimon, geometrik hamda 
gul naqshlari ko‘p bo‘lsa, rus kashtachiligida geometrik, o‘simliksimon shakllar
gullar, qush va mevalar ko‘p tasvirlanadi. Qozoq va qirg‘iz kashtachiligida esa 
ko‘proq xayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi. 


139 
Qadimiy an’analarga ko‘ra, o‘zbek qizlari bo‘lajak kelinlik seplari har xil 
kashtachilik buyumlarini o‘zlari tayyorlashlari lozim edi. Kashtalar qanchalik 
nozik, chiroyli bo‘lsa, shunchalik qimmatga baholanar edi. Qizlarga 7-9 yoshidan 
boshlab kashta tikishga o‘rgatilardi. Ular uch-to‘rt yildan keyin mustaqil kashta 
tika boshlaydilar. Yetishib chiqqan kashtachilar o‘zining san’ati va tabiatiga ko‘ra 
go‘zallik haqidagi orzularini ifodalashga harakat qilganlar.
Kashtachilikning maxsus turlaridan biri – applikatsiyadir. Applikatsiya 
kashtado‘zlikning maxsus turi bo‘lib, u o‘ziga xos texnologiyaga ega. Asosiy 
matoga rangdor mato parchasini, charm va boshqalarni qadab, atrofi choklanadi, 
applikatsiyada ko‘pincha chizma choklardan foydalaniladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin