197
Applikatsiya -
Lotincha so‘zdan olingan bo‘lib «joylashtirish» degan
ma’noni anglatadi.
Didaktik o‘yin
– o‘rganilayotgan ob’ekt, hodisa va jarayonlarni
modellashtirish asosida bolaning bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini
rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi.
Jamoa
– (lotincha «jamoaus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma,
birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi ma’nolarni anglatadi) – bir necha a’zo
(kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida
tashkil topgan guruh.
Jamoa an’analari
– jamoa a’zolari tomonidan birdek qo‘llab-quvvatlanuvchi
barqarorlashgan odat.
Idrok –
aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni.
Izohlash
– tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli.
Iishlab chiqarish
– kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning
tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan
asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnikaviy
jihatdan ta’minlash jarayonining faol ishtirokchisi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli
– shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz
ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o‘zaro hamkorligi, ular
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida «yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks
ettiruvchi andoza, loyiha. Uning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: