Topshiriq - bolalarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini
shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul.
Tushuntirish - o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma,
taqqoslash asosida bayon qilish.
Tushuncha –
atrof-muhitdagi
hodisalar,
predmetlarning
muhim
xususiyatlarini, ular orasidagi aloqa va munosabatlarni bilish.
O‘zlashtirish – tushunish, o‘rganish orqali axborotning ma’no-mazmuni,
undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi to‘g‘risida bilim va
ko‘nikmalar hosil bo‘lishi.
Uzluksiz ta’lim – malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi
bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash
tizimining tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi;
O‘rganish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko‘rsatilgan tartibda
mustaqil bajarish ko‘nikmalarini egallash.
O‘rgatish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish
ko‘nikmalarining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishini turli vosita va usullarni
qo‘llab tushuntirish, ko‘rsatish va mashqlar orqali amalga oshirish jarayoni.
Faoliyat – 1) ongli maqsadga ko‘ra boshqariladigan kishining ichki (ruhiy),
tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitni kishilar tomonidan maqsadga muvofiq
qayta bunyod etish.
202
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil
etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi.
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va
dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.