Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

Kompozitsiya
- Tevarak-atrofda predmetlarni joylashishi.
Ko‘nikma
– olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va shartlarga 
binoan bajariladigan harakatlar yig‘indisi. 


198 
Ko‘rgazmali metodlar
– predmet, hodisa yoki jarayonlar mohiyatini tabiiy 
holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko‘rsatishda qo‘llaniluvchi usullar. 
Qiziqish
– shaxs harakatiga sabab bo‘ladigan faoliyat yo‘nalishining ongli 
shakli, insonning u yoki bu narsaga, ishga diqqat-e’tibor qaratishi, ixlos qo‘yishi, 
agar u bajaradigan ish bo‘lsa bajarishga astoydil kirishishi. 
Loyihalashtirish (rejalashtirish
) – bolalarning o‘quv faoliyatini boshqarish 
dasturini yaratish. 
Madaniyat
(«kultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish 
ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli 
qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy 
va ma’naviy boyliklar tizimi. 
Mazmun
(ta’lim (bilim olish) mazmuni)
 
– ta’lim jarayonida bola tomonidan 
o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka, fikrlash hamda 
faoliyat usullari tizimi. 
Maktabgacha ta’lim
– bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib 
shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni 
muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha 
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga 
oshiriluvchi ta’lim bosqichi.
Maqsad
– faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash. 
Maqtov
– foydali ish qilgan shaxsni, jamoani og‘zaki taqdirlash. 
Malaka
– 
ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.
 
Mahorat
– shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror sohadagi 
moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy 
ko‘nikmalarning yuqori darajasi, kasbiy mohirlik. Biror faoliyat sohasidagi yuqori 


199 
darajada egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarni amaliyotda yuqori sifat va 
samaradorlik bilan qo‘llash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin