Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 378
w www.oriens.uz July 2021 muhitini yanada mustahkamlash bizning eng muhim va ustuvor vazifamiz bo’lib
qoladi”
1
— deya ta’kidlaydi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev.
O’z navbatida, uning amaliy tomoni mazkur holatning nazariy jihatlarini
belgilab beradi. Xavfsizlik nazariyasida tadqiq etilayotgan kategoriya asosiy
tushuncha sifatida xizmat qiladi. U tadqiqot predmeti – ijtimoiy munosabatlar va
huquqiy ta’sirning obyekti – xavfsizlik sohasini mohiyatini tushunish va talqin
etishda boshlang’ich nuqta hisoblanadi. Xavfsizlik tushunchasining falsafiy-ijtimoiy
va siyosiy-huquqiy mazmunini har tomonlama, chuqur tahlil etish xavf va tahdid,
obyekt va subyekt, xavfsizlik sohasi va tizimi kabi tushunchalar tabiatini anglashda
asos bo’lib xizmat qiladi.
MUHOKAMA NATIJALAR “Xavfsizlik” atamasi so’zning o’z o’zidan anglashilganda “biror bir xavfning
mavjud emasligi”, “xavfdan himoyalanganlik” yoki “tinch holat” ma’nosi aks etadi.
“Xavfsizlik – muhim qadriyatlarning tahdidlardan himoyalanganlik holatidir”
2
–
deb, ta’rif beradi V. N. Panin. Haqiqatdan ham, har qanday subyekt yoki obyekt
doimiy mavjud bo’lishi uchun birlamchi muhim qadriyat bu – xavfsizlik va
tinchlikdir.
Xavfsizlik tushunchasini yanada kengroq taxlil etadigan bo’lsak, uning
mazmunini va mohiyatini shakllantiradigan so’zlarni ko’rib chiqish lozim. Xavfsizlik
so’zining umumiy ma’nosida xavf, tahdid tushunchalari birinchi o’ringa chiqadi.
“Xavf — inson, ijtimoiy guruh, jamiyat, davlat va jahon hamjamiyatiga ziyon
yetkazishi, moddiy va ma’naviy qadriyatlarning buzilishi yoki inqirozining yuzaga
kelishiga, taraqqiyot yo’lining berkilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan ehtimoliy
(yoki real) voqea, hodisa yoki jarayon. Xavf – bu biror-bir zarar yetkazish, ya’ni
xavfsizlik obyektining strukturasi yoki boshqa xususiyatlarini o’zgartirish orqali
uning bardoshlilik va raqobatbardoshlilik salohiyatini tushirish ehtimolidir”
3
.
Yuqoridagi tushunchada xavf ma’lum bir subyektlar va tuzilmalarning moddiy
va ma’naviy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi, bu subyekt va tuzilmalar
xavsizlikning subyektiv kategoriyalarini tashkil etadi. Xavfsizlik asosida bu
subyektlarning hayotiy muhim manfaatlari yotadi.
1
Mirziyoyev Sh. M. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”. “O’zbekiston”.
NMIU, -2017. –B.19.
2
Панин В. Н. Международная и региональная безопасность: некоторые теоретико-методологические аспекты
исследования. –B.1.
3
Bobokulov I. I. Xavfsizlik. Lug’at. - T.: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2011. – B.53 .