Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 379
w www.oriens.uz July 2021 Tahdid – aniq reallikka aylanib borayotgan, lekin to’liq shakllanib ulgurmagan
xavfsizlik obyektlari va subyektlariga moddiy va ma’naviy ko’rinishda zarar
yetkazishi mumkin bo’lgan shart-sharoitlardir.
“Tahdid deganda, inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashni chigallashtiruvchi
hamda tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun yo’naltirilgan ijtimoiy strukturani,
davlatning siyosiy asosini zaiflashtiruvchi, qolaversa, yеmirishga qaratilgan mahalliy,
hududiy, mintaqaviy ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish mumkin”
4
. Bu fikrda
tahdid muammoli bir vaziyat ya’ni aniq hozirda muqarrar mavjud bo’lgan holat
sifatida tavsiflannoqda.
“Tahdid – xavfning aniq va bevosita shakli. Tahdid – xavfning eng oliy darajasi
bo’lib, unda nafaqat yaqqol niyat, balki xavfsizlik obyektiga bevosita ziyon yetkazish
qobiliyati va tayyorlik namoyon bo’ladi. Tahdid doimo aniq xarakter va mazmunga
ega”
5
. Bundan ko’rinadiki, tahdid ma’lum bir xususiyatga ega va aniq ko’rinib turgan
xavfning majmuyidir, u xavfsizlik obyektiga bevosita muomalaga kirishish orqali
uning mavjud bo’lishiga zarar yetkazadi. Shuning uchun ham aksariyat holatlarda
uning mazmuni aniq huquqiy tavsifga ega bo’lib, tegishli normativ-huquqiy aktlarda
qayd etiladi, misol uchun, Jinoyat kodeksi moddalarida (agressiya, terrorizm,
kontrabanda va sh.k.).
Xavf yoki tahdid - subyektning mavjudligi va faoliyati uchun yuzaga kelgan
shart-sharoitlarni anglab yetishi bilan bog’liq hisdir. Hissiyotlar har doim ham
xavfsizlik subyekti tomonidan obyektiv ya’ni, ishonchli va to’g’ri natijali anglab
yetilmasligi mumkin. Shu sababli agar xavf va tahdidga jamiyatda mavjud bo’lgan
ziddiyatlarning mahsuli sifatida qaralsa, xavfsizlikka rahna soluvchi tahdidlar bilan
kurashda ularni keltirib chiqaruvchi sabablarning aniqlanishi muhimligi oldingi
o’ringa chiqadi. Ularni aniqlab olmasdan va bartaraf etmasdan turib, xavfsizlikni
samarali ta’minlash mumkin emas. Ziddiyatlar muqim holatda emas, balki ular turli
ichki va tashqi omillar ta’sirida o’z mohiyati va yo’nalishlarini o’zgartirib turadi.
Bunga misol esa AQSH va SSSR o’rtasidagi o’tgan asrdagi “Sovuq urush” yoki
“Qurollanish poygasi”dir. Chunki, Sobiq Sovet davlati parchalangandan keyin
siyosiy-harbiy sohada bo’shlig’ yuzaga keldi.
Xavfsizlik atamasi dastavval harbiy fenomen sifatida yuzaga kelgan.
“Xavfsizlikning an’anaviy konsepsiyasiga nisbatan tadqiqotchilar orasida «strategik
tadqiqotlar» («strategic studies») yoki «xavfsizlikning an’anaviy tadqiqotlari»
4
Toshbekova M. X. “Problem of Solving Ideological Threats in the Context Globalization” 5 th International emi
entrepreneurship social sciences congress june 29-30. 2020/ Gostivar-N-Macedonia. 2020 www.emissc.org 226-234-
бетлар 6 (8), 2020, e-ISSN 2658-5561
5
Bobokulov I. I., Umarov X. P. Xavfsizlik asoslari. O’quv qo’llanmasi. – T.: JIDU, 2010. – B.32.