Sonli qator yaqinlashuvining zaruriy sharti. Endi berilgan sonli qatorning yaqinlashuvi va uzoqlashuvini aniqlashga imkon beradigan shartlarni ko‘rishga o‘tamiz.
4-TEOREMA: Agar (1) sonli qator yaqinlashuvchi bo‘lsa, unda uning umumiy hadi un uchun
(10)
tenglik o‘rinli bo‘ladi.
Isbot: (1) sonli qatorning yig‘indisi S bo‘lsin. Bu holda un=Sn – Sn–1 ekanligidan foydalanib, (10) tenglikni quyidagicha hosil qilamiz:
.
Shunday qilib, sonli qator yaqinlashuvchi bo‘lishi uchun uning umumiy hadi albatta (10) shartni qanoatlantirishi lozim, ya’ni (10) qator yaqinlashuvining zaruriy shartini ifodalaydi. Bu shart bajarilmasa, sonli qator albatta uzoqlashuvchi bo‘ladi. Masalan, yuqorida ko‘rilgan qatorlarda un=1+0.5n , vn=1–0.5n va
bo‘lgani uchun bu qatorlar uzoqlashuvchi ekanligiga yana bir marta ishonch hosil qilamiz.
Ammo (10) shart sonli qator yaqinlashuvchi bo‘lishi uchun yetarli emas. Masalan, garmonik qator deb ataluvchi ushbu
(11)
sonli qatorning umumiy hadi un=1/n bo‘lib, (10) shartni qanoatlantiradi. Ammo garmonik qator uzoqlashuvchi bo‘ladi. Buni teskarisini faraz qilish orqali isbotlaymiz. (11) sonli qator yaqinlashuvchi va uning yig‘indisi Sdeb olamiz va Sn hamda S2n xususiy yig‘indilarni qaraymiz. Unda bir tomondan sonli qator yig‘indisi ta’rifi va farazimizga asosan
(12)
tenglik o‘rinli bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa
va, limit xossasiga asosan,
(13)
tengsizlik o‘rinli bo‘ladi. (12) va (13) bir-biriga qarama-qarshi tasdiqlarni ifodalaydi. Demak, (11) garmonik qator yaqinlashuvchi degan farazimiz noto‘g‘ri va bu qator uzoqlashuvchi ekan.
Shunday qilib, berilgan sonli qator yaqinlashuvchi bo‘lishining yetarli shartini topish masalasi paydo bo‘ldi. Bu masala bilan keyingi paragraflarda shug‘ullanamiz.
XULOSA Sonli ketma-ketlik hadlarini birin-ketin qo‘shib borishdan hosil bo‘ladigan yig‘indilarning limiti sonli qator bo‘ladi. Bu limit chekli sondan iborat bo‘lsa qator yaqinlashuvchi va limit qiymati uning yig‘indisi deyiladi. Aks holda bu qator uzoqlashuvchi deyiladi. Sonli qatorlarning chekli sondagi hadlarini tashlab yuborilganda uning yaqinlashuvchi yoki uzoqlashuvchi ekanligi o‘zgarmay qoladi. Yaqinlashuvchi sonli qatorlarni o‘zgarmas songa ko‘paytirish yoki qo‘shish natijasida yana yaqinlashuvchi qator hosil bo‘ladi. Sonli qator yaqinlashuvining zaruriy sharti–uning umumiy hadining limiti nol bo‘lishidan iboratdir. Ammo garmonik qator misolida bu shart qator yaqinlashuvi uchun yetarli emasligi ko‘rinadi.
Tayanch iboralar
* Sonli qator * Sonli qator hadlari * n-xususiy yig‘indi * Yaqinlashuvchi (uzoqlashuvchi) sonli qator * Sonli qator yig‘indisi * Qator yaqinlashuvining zaruriy sharti * Garmonik qator
Sonli qatorning n-xususiy yig‘indisi qanday aniqlanadi?
Qachon sonli qator yaqinlashuvchi deyiladi?
Yaqinlashuvchi sonli qator yig‘indisi qanday aniqlanadi?
Qachon sonli qator uzoqlashuvchi deyiladi?
Sonli qatorlarning algebraik yig‘indisi qanday aniqlanadi?
Yaqinlashuvchi sonli qatorlarning algebraik yig‘indisi haqida nima deyish mumkin?
Sonli qator yaqinlashuvining zaruriy sharti nimadan iborat?
Garmonik qator qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Garmonik qator qanday xususiyatga ega?
Testlardan namunalar
Ushbu ifodalardan qaysi biri sonli qator bo‘ladi?
A) u1∙ u2∙ u3∙ ∙ ∙ ∙ ∙ un∙ ∙ ∙ ∙ ; B) u1 : u2 : u3 : ∙ ∙ ∙ : un: ∙ ∙ ∙ ;
C) u1+ u2+ u3+ ∙ ∙ ∙ + un+ ∙ ∙ ∙ ; D) u1+ u2+ u3+ ∙ ∙ ∙ + un ;
E) keltirilgan barcha ifodalar sonli qator bo‘ladi.
Quyidagilardan qaysi biri sonli qator uchun xususiy yig‘indi bo‘ladi?
A) u1; B) u1 + u2 ; C) u1 + u2 + u3 + u3 ; D) u1 + u2 + u3 + ∙ ∙ ∙ + un;
E) keltirilgan barcha ifodalar sonli qator uchun xususiy yig‘indi bo‘ladi.