Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   363
Diagnostika.  Qorin  aortasi  okklyuziyalari  klinikasi  etarlicha  ravshan  va 

ko’pchilik  hollarda  diagnoz  qo’yish  qiyinchilik  tug’dirmaydi.  Endi  diagnoz 

qo’yish  masalasi  dastlabki  qorin  aortasi  obturatsiyasi  darajasini  aniqlash, 

oyoqlarda  qon  aylanishi  kompensatsiyasi  darajasini,  periferik  o’zan  holatini 

bilish  mutaxassislarning  xozirgi  kundagi  vazifasi  hisoblanadi.  Kasallik 

diagnostikasida buyrak arteriyalari va qorin aortasi vistseral tarmoqlari holatini, 

shu magistral arteriyalardan qon bilan ta’minlanadigan organlarning zararlanish 

darajasini  aniqlash  muxim  va  nixoyat,  o’zil-kesil  diagnoz  qo’yishga  imkon 

beradigan  tekshirishlar  yig’indisiga  miya  va  toj  tomirlar  qon  oqimi  holatini 

o’rganish ham kirishi kerak.  

Tekshirish  bosqichlarini  shartli  ravishda  ambulator,  dastlabki  va  klinik 

bosqichlarga bo’lish mumkin: 

I. Tekshirishning ambulator bosqichi maxsus jixozlar talab etmaydi va xar 

kanday tibbiy muassasada o’tkazilishi mumkin. Anamnez yig’ish – mas’uliyatli 

davr  va  quyidagilarni  o’z  ichiga  olishi  kerak:  bemorning  yoshi,  kasallikning 

birinchi  simptomlaridan  boshlab  boshlangan  davri,  ishemiya  zonasining 

dinamikada ko’payishi, uning yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga tarqalishi 

kabilar. 




 

158 


Bel va chov soxalaridagi ishemiyani aniqlashga, fiziologik yo’nalishlarning 

buzilishi, axlat xarakteriga alohida ahamiyat berilishi lozim. O’zgarib turadigan 

cho’loqlik  intensivligi  va  xarakteri,  oyoqda  og’riq  sindromi  borligi,  trofik 

buzilishlar  rivojlanganligini  aniqlash  zarur.  Jinsiy  funktsiyaning  buzilish 

darajasi, davolashning nechog’lik naf berayotganligini albatta bilish kerak. 

Bemorni  ko’zdan  kechirishda  teri  rangining  o’zgarganligiga,  oyoqlar, 

chanoq  kamari  va  jinsiy  organlarda  atrofiya  borligiga,  trofik  buzilishlarga 

ahamiyat  berish  zarur.  Oyoqlar  magistral  arteriyalari,  jinsiy  olat  orqa 

arteriyasining  albatta  paypaslashdan  tashqari,  paypaslash  mumkin  bo’lgan 

hamma  arterial  tomirlar  paypaslab  chiqiladi.  Hamma  arteriyalar  auskultatsiya 

qilinishi  lozim.  Oyoqlarda  va  qo’llarda  arterial  bosimni  o’lchash  muxim 

ahamiyatga  ega.  Qorin  aortasi  okklyuzion  zararlangan  bemorlarning  85  foizida 

oyoqlar  ishemiyasi  uchun  xos  muskul  atrofiyasi  simptomi  aniqlanadi.  Ayni 

vaqtda  mushak  tonusi,  mushak  kuchi  va  ish  kobiliyatining  pasayishi  qayd 

qilinadi.  Birmuncha  distal  okklyuzion  zararlanishlardan  farqli  ravishda  bu 

simptom  ko’pincha  ikki  tomonlama  va  boldir  muskullari  bilan  birga  son  va 

chanoq kamari muskulllarini ham qamrab oladi. 

II.  Terminal  aorta  va  yonbosh  arteriyalarning  okklyuzion  zararlanishlari 

bo’lgan bemorlarni tekshirishning dastlabki klinik bosqichi muayyan izchillikda 

o’tkazilishi  va  oyoqlar  ishemiyasini  hamda  boshqa  xayotiy  muxim  organlar 

(miokard,  miya,  vistseral  organlar,  buyraklar)  funktsiyasini  o’rganishga 

qaratilmog’i lozim. Shuning uchun tekshirishning bu bosqichi ikkita yo’nalishga 

bo’linadi.  Birinchi  yo’nalishning  vazifasi  –  oyoqlar  magistral  va  kollateral  qon 

oqimi  holatini,  tomirlarning  stenozlovchi  zararlanishi  qaerda  joylashgani  va 

holatini,  oyoqlar  regional  gipoksiyasi  darajasini,  shuningdek  qonning 

koagulyatsiya  va  reologik  xossalarini  aniqlashdan  iborat.  Bemorlarni 

tekshirishni bajarish uchun quyidagi diagnostik testlar: arterial osteografiya, teri 

termometriyasi,  kapillyaroskopiya,  hajmli  sfigmografiya,  reovazografiya, 

oyoqlar  termografiyasi,  ularni  skanerlash,  vena  ichi  radioizotop  angiografiyasi, 

terida va mushaklarda qon oqimini o’rganish, polyariografiya o’tkaziladi. 




 

159 


Ikkinchi  yo’nalishning  vazifasi  –  magistral  qon  oqimi  holati  va  boshqa 

organlarning  funktsional  holatini  aniqlash  lozim,  buning  uchun  bemorlarda 

umumiy klinik va qonni bioximiyaviy tekshirishlar, EKG, FKG, EEG, buyraklar 

va me’da-ichak yo’li organlarini tekshirish shart. 

Oyoqlarda to’qima (teri va muskul) qon oqimini mikdoriy aniqlash xozirgi 

vaqtda  xujayra  membranalari  orqali  bemalol  o’tadigan  radioaktiv  izotoplar 

yordamida  o’tkaziladi.  Bu  metodikalarning  qimmatli  tomoni  shundaki, 

to’qimalar  birligi  orqali  oqadigan  qon  miqdori  qon  aylanishining  buzilish 

darajasini  va  kasallikning  klinik  manzarasini  belgilaydigan  asosiy  omillardan 

biri  hisoblanadi.  Mikrotsirkulyatsiyani  izotoplar  yordamida  o’rganish  metodi 

atravmatik,  ko’p  axborot  beradi,  sezuvchanligi  bilan  ajralib  turadi, 

o’rganilayotgan ob’ektdagi effektiv qon oqimi to’g’risida tushuncha beradi. 

Bemorlarni 

oldindan 

klinik 

tekshirish 

oyoqlarning 

qon 


bilan 

ta’minlanishining  buzilish  darajasini  aniqlash  va  magistral  qon  oqimi 

tiklangandan  keyin  trofik  buzilishlarning  qayta  tiklanishiga  imkon  beradi. 

Tekshiruvning  xuddi  shu  bosqichida  xayotiy  muxim  organlarning  ishlashi, 

koronar  va  braxiotsefal  arteriyalar  xavzasida  qon  oqimini  kompensatsiya  qilish 

darajasi  to’g’risida  etarli  axborot  olish  mumkin.  Bularning  jami  operatsiyaga 

umumiy ko’rsatmalarni belgilash va operatsiyadan keyingi davrni prognoz qilish 

imkoniyatini beradi. 

Biroq topik diagnozni uzil-kesil aniqlash, rekonstruktiv operatsiya usuli va 

hajmini  tanlash  uchun  yakunlovchi  tekshiruv  –  kontrast  angiografiya  qilish 

zarur.  Rentgen  kontrast tekshirishdan  maqsad  okklyuziya  va  stenozning  qaerda 

joylashgani  va  darajasini  bilish,  patologik  jarayon  soxasida  tomirlar  devori 

holatini  aniqlash,  kollateral  o’zan  holatini  topish  va  obstruktsiyadan  distalroq 

masofada  magistral  arteriyalarni  to’ldirish  hisoblanadi.  Ikkita  satxni:  qorin 

stvolidan boshlab hamma asosiy tarmoqlari va son hamda taqim osti arteriyalari, 

shuningdek  boldir  tomirlari  bilan  tugallanadigan  qorin  aortasini  qayd  qiladigan 

seriyali angiografiya birmuncha afzal sanaladi. 



 

160 


Translyumbal  aortografiya  tanlash  metodi  hisoblanadi  (36-rasm).  Qorin 

aortasi  okklyuziyasiga  shubxa  qilinganda  dastlabki  tekshirish  metodlariga 

asoslanib,  aorta  XII  ko’krak  umurtkasi  satxida  yuqori  translyumbal  punktsiya 

qilinishi  kerak.  Aorta-yonbosh  zonasidagi  okklyuziyali  jarayonda  II  bel 

umurtqasi  tanasining  yuqori  cheti  satxida  past  translyumbal  punktsiya  qilinishi 

mumkin.  Angiografik  manzara  aorta  va  uning  tarmoqlari  zararlanishining 

bevosita  va  bilvosita  belgilaridan  tarkib  topadi.  Aorta  bo’shlig’ining  to’liq 

okklyuziyasi  uchun  u  yoki  bu  satxda  aorta  kontrast  tasvirining  uzilishi 

xarakterli.  Uzilish  chizig’i  notekis,  gorizontal  yo’nalishga  ega.  Okklyuziya 

soxasi  ustida  ba’zan  aorta  kontrastlanish  darajasining  bir  oz  kuchsizlanishi 

ma’lum bo’ladi, bu trombotik massalarning aortaning oldingi-orqa yarim doirasi 

bo’yicha  okklyuziya  bo’lgan  joydan  yuqorida  tarqalganligiga  bilvosita  ishora 

bo’lishi  mumkin.  Bu  fenomenni  yon  tomonlama  aortogrammada  bevosita 

angiografik  belgilar  bilan  tasdiqlash  mumkin.  Okklyuziya  distal  chegarasining 

darajasi angiogrammalar seriyasida ko’rinadi. 

 

 



 

36-rasm. Qorin aortasi okklyuziyasi. 

 

Qorin  aortasining  buyrak  arteriyalari  va  vistseral  tarmoqlar  zararlanganiga 



shubxa  qilingan  yuqori  okklyuziyalarida  ikkita  proektsiyada  seriyali 

angiogramma  qilinadi  –  bir  sekund  tezlikda  ikkita  kadr  beradigan  12-14 




 

161 


rentgenogramma.  Bu  kontrast  moddaning  buyrak  arteriyalari  va  vistseral 

tarmoqlar  bo’ylab  tarqalishini  vizualizatsiya  qilish,  shuningdek  kollateral  qon 

aylanishini aniq bajarilishi uchun zarur. 

Qorin  aortasi  angiografik  okklyuziyalarning  quyidagi  ta’rifi  bor:  Qorin 

aortasining past okklyuziyasi – kontrast tasvirning pastki ichak tutqich arteriyasi 

og’zi satxida yoki undan pastda uning antegrad to’ldirilishi bilan uzilishi. 

Qorin  aortasining  o’rta  okklyuziyasi  –  kontrast  tasvirning  pastki  ichak 

tutqich arteriyasi satxida yoki undan yuqorida uning retrograd to’ldirilishi bilan 

uzilishi. 

Qorin  aortasining  yuqori  okklyuziyasida  asosiy  jarayonga  qo’shilmagan 

buyrak arteriyalari satxida kontrast tasvirning o’zilishi ular kontrast modda bilan 

to’lganda buyrak arteriyalari satxida qayd qilinadi. 

Buyrak arteriyalarining qo’shilib ketgan zararlanishida okklyuziya darajasi 

odatda  notekis,  buyrak  arteriyalari  og’zini  qamrab  olgan  bo’ladi.  Qorin 

aortasining  jarayonga  buyrak  arteriyalari  va  vistseral  tarmoqlar  qo’shilgan 

yuqori  okklyuziyasi  boshqa  rentgenologik  ta’rifga  ega.  Kontrast  tasvirning 

uzilish  sathi  buyrak  arteriyalari  og’zi  sathida  aniqlanadi,  uning  chetlari 

suprorenal  segmentga  tarqalishga  moyilligi  borligidan  bilinmaydi.  Bu  segment 

aksariyat  kuchsiz  kontrastlangan,  bu  trombning  buyrak  arteriyalari  og’zidan 

yuqoriga  tarqalganligidan  darak  beradi.  Agar  oldingi-orqa  proektsiyada  buyrak 

arteriyalari  etarli  darajada  ko’rinsa,  vistseral  tarmoqlarni  bu  proektsiyada 

hamisha  ham  aniqlab  bo’lmaydi.  Yuqorida  ko’rsatilganidek,  bu  qorin  stvoli 

og’zi va yuqori ichak tutqich arteriyasining qatlamlanishi bilan bog’liq. 

Ateroskleroz  va  nospetsifik  aorto-arteriitda  qorin  aortasi  okklyuziyasining 

angiografik  semiotikasi,  xar  xil  manzaraga  ega.  Ateroskleroz  uchun  kontrast 

tasvir  o’zilishning  notekis  tasbexsimon  chetlari  bo’lgan  zararlanishning 

diffuzligi  xarakterli.  Nospetsifik  aorto-arteriitda  zararlanish  hajmi  katta.  Tomir 

konturlarining chetlari sillik, aniq. 

Qorin aortasi va tarmoqlarining bevosita va bilvosita belgilari farq qilinadi. 

Bevosita belgilarga aorta va tarmoqlari konturining kontrast tasvir yo’qligi bilan 




 

162 


uzilishi  kiradi.  Tomirning  retrograd  to’lishi,  kontrast  tasvirning  kuchsizligi, 

asimmetrik  to’lgan  o’zanida  kontrastning  tutilib  qolish  bilvosita  belgilardan 

hisoblanadi.  Angiografiya  ma’lumotlarini  o’rganish  zararlanish  hajminigina 

emas, balki kollateral qon oqimi yo’llari hisobiga qon aylanishini kompensatsiya 

qilish  yo’llarini  ham  aniqlash  imkonini  beradi.  Chunonchi,  masalan,  qorin 

aortasining  o’rta  okklyuziyalarida  kollateral  qon  aylanishi  ikkita  sistema 

hisobiga amalga oshiriladi. 

Birinchisi  –  qorin  aortasi  past  okklyuziyasidagi  kabi  lyumbal  arteriyalar 

sistemasi:  

Ikkinchisi  –  yuqori  va  pastki  ichak  tutqich  arteriyalarida  shakllanadigan 

qovurg’alararo  anastomoz  (Riolan  ravog’i).  Qorin  aortasining  yuqori 

okklyuziyalarida  kollateral  qon  aylanishi  asosan  ichak  tutqicharo  anastomoz 

sistemasi orqali amalga oshiriladi (Riolan ravog’i). 

III.  Tekshirishlarning  intraoperatsion  bosqichi  quyidagilarni  o’z  ichiga 

oladi: 

1. Qorin aortasi va tarmoqlarini reviziya (taftish) qilish. 

2.  Aortada  va  uning  tarmoqlarida  arterial  bosimni  aniqlash  –  elektr 

manometriya. 

3. Elektr magnit floumetriya. 

Operatsiya  vaqtida  aorta-yonbosh  segmenti  okklyuzion  zararlanish 

darajasini  va  qancha  masofadaligini  baholash  g’oyatta  muxim.  O’z-o’zidan 

ma’lumki,  oddiy  reviziya,  paypaslab  ko’rish  ularning  zararlanish  darajasi 

to’g’risida  taxminiy  tushuncha  beradi,  xolos.  Oyoq  arteriyalari  bo’ylab  qon 

oqimi  buzilishining  darajasi  to’g’risida  aorta  bilan  okklyuziya  bo’lgan  joydan 

distal  masofadagi  magistral  arteriya  o’rtasidagi  bosim  gradientini  o’lchash  – 

elektr manometriya muayyan tasavvur beradi. 

Qon  oqimini  tekshirishning  birmuncha  ishonchli  metodi  elektr  magnit 

floumetriya bo’lib, gemodinamik buzilishlarning og’ir-engilligi to’g’risida uzil-

kesil  tushuncha  bera  oladi.  Tekshirishning  intraoperatsion  bosqichi  diagnozni 

to’kis-tugal aniqlash va optimal operatsiya rejasini tanlashga yordam qiladi. 




 

163 


Qorin  aortasi  surunkali  okklyuziyalarining  Sh.I.  Karimov  bo’yicha 

klassifikatsiyasi: 

I. Okklyuziya darajasi: 

1) qorin aortasining past okklyuziyasi: 

- pastki ichak tutqich arteriyasi zararlanmasligi bilan; 

- pastki ichak tutqich arteriyasi zararlanishi bilan; 

2)  qorin  aortasining  o’rta  okklyuziyasi  pastki  ichak  tutqich  arteriyasi 

okklyuziyasi bilan; 

3) Qorin aortasining yuqori okklyuziyasi: 

- buyrak arteriyasi zararlanmasligi bilan; 

- buyrak arteriyalari zararlanishi va vazorenal gipertenziya sindromi bilan; 

-  buyrak  arteriyalari  va  vistseral  tarmoklarning  zararlanishi,  vazorenal 

gipertenziya va abdominal ishemiya bilan. 

II. Periferik o’zan xolati: 

- distal blok yo’q; 

- distal blok bor. 

III. Oyoqlar ishemiyasi darajasi:  

I bosqichi – kompensatsiya; 

II bosqichi – o’tib ketadigan buzilishlar; 

III bosqichi – barqaror tomir etishmovchiligi; 

IV bosqichi – gangrenalar (37-rasm). 

IV. Boshqa tomir havzalarining birgalikda zararlanishlari: 

- braxiotsefal tomirlarning miya tomirlari etishmovchiligi bilan zararlanishi; 

-  toj  arteriyalarning  yurak  surunkali  ishemik  kasalligi  bilan  birga 

zararlanishi. 

 



 

164 


 

 

37-rasm. O’ng oyoq gangrenasi. 



 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin