II BOB. O‘zbek tilida bog‘lovchilar haqida umumiy ma’lumot.
2.1. O‘zbek tilida bog‘lovchilarning turlarga bo‘linishi
Bog‘lovchi gapning uyushiq bo‘laklarini va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so‘zlardir.13 Bog‘lovchilar vazifasiga ko‘ra teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi . Teng bog‘lovchilar- uyushiq bo'laklar va gaplarni oʻzaro bog'lab keluvchi bog'lovchilardir. Teng bog‘lovchilar o‘z o‘rnida 4turga bo‘linadi:
BIRIKTIRUV BO‘LOVCHILAR : va , hamda , bilan , ham . Biriktiruv bog‘lovchilari - uyushiq bo‘laklarni va uyushiq gaplarni o‘zaro biriktirib bog‘laydi.
1.Oʻzi balo tog‘ining va ofat bulog‘ining boshida o‘ltirarmish.
2. Kun - u tun , yoz ham qish .
3.Daftar ham qalam bo‘lsin yo‘ldoshing .
ZIDLOV BOG‘LOVCHILARI : ammo , lekin , biroq , balki. Zidlov bog‘lovchilari – o‘zaro zidlik munosabatida bo‘luvchi uyushiq bo‘laklar va gaplarni bir - biriga bog‘lab keluvchi bog‘lovchilardir.
1. Bu jarang - jurung ovozlar uning g‘ashini keltirmas , balki xayolini chalg‘itib unga orom bag‘ishlardi.
2. Bo‘rondan so‘ng Olimjonning brigadasidagi ishlar ozaymaydi,balki yana ko‘payadi.
3. Xalqni qo‘rqitgan emas , balki xalq dardiga sherik bo'lgan odam marddir.
4. Sobir nafaqat o‘qishda , balki sportda ham eng faol o‘quvchi.
5. Yorning o‘zi emas , balki guli keldi.
Esda saqlang : ammo , lekin , biroq , balki bog‘lovchilaridan oldin vergul qo‘yiladi.
AYIRUV BOG‘LOVCHILARI : yo… , yo… , yoxud… , yoxud… , goh ... goh , dam ... dam , bir ... bir , ba’zan .. ba’zan , xoh ... xoh. Ayiruv bog‘lovchilari –o‘zaro
13 Nargiza Erkaboyeva “O‘zbek tilidan ma’ruzalar to‘plami”Toshkent238b
23
bog‘lanayotgan bo‘lak yoki gaplardan birini boshqasidan ayirib ko‘rsatuvchi bog‘lovchilardir. 1.Bir kattaning , bir kichikning gapiga kir .
2. Ba'zan qor yog'adi , ba'zan quyosh bulutlar orasidan ko‘rinib qoladi.
3.Yo siz keling, yo men boray.
Ayiruv bog‘lovchilarida vergulning ishlatilishi quyidagicha:
1 ) takror qo‘llanuvchi ayiruv bog‘lovchisi oldidan yozuvda vergul qo‘yiladi : Yo siz keling, yo men boray ;
2 ) agar bog‘lovchi yakka holda ishlatilsa , vergul qo‘yilmaydi : Siz keling yo men boray;
3 ) ikki xil bog‘lovchi ishlatilsa ham , vergul qoʻyilmaydi : Yo siz keling yoki men boray.
Ayiruv bog‘lovchilari qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ularda ifodalangan voqea – hodisaning galma - gal ro‘y berishini yoki ulardan faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi .
INKOR BOG‘LOVCHISI : na ... na . Uyushiq boʻlak va gaplarni inkor ma’nosini yuklagan holda bog‘laydi . Inkor bog‘lovchisi uyushiq bo‘lak va gaplarga inkor ma’nosini yuklaydi . Bunda gapning kesimi tasdiq shaklida bo‘ladi .
Na qo‘shiq , na kulgi , na churq etgan ovoz eshitiladi .
2.Na kampirning , na Qoratoyning yupatishlari kor qildi .
3. Na eshikni , na derazani ochib bo’lardi .
Ushbu gaplarda inkor bog‘lovchisi 1 - gapda egalarni , 2 - gapda aniqlovchilarni, 3 - gapda to’ldiruvchilarni bog‘lagan .
ERGASHTIRUVCHI BOG‘LOVCHILAR - oʻzaro tobe munosabatda bo‘lgan gap bo‘lagi va gaplarni bog‘lash uchun ishlatadigan bog‘lovchilar.
24
ANIQLOV BOG‘LOVCHISI-gap bo‘laklarini va gaplarni tobelantirib bog‘laydi: ya’ni .
Aniqlov bogʻlovchisi izoh qism kiritadi . Yozuvda ya‘ni bog‘lovchisidan oldin doimo vergul qo‘yiladi . 14
U ilonni aldagani uchun , ya’ni unga dunyodagi eng tansiq taom ilonniki emas , qurbaqaning go‘shti ekanligini aytgani uchun ta’qibga uchragan emish.
Julqunboy ,ya’ni Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligining asoschisidir.
Til o‘z vazifasini bajarmasa,qo‘l ishga tushadi,ya’ni insoniy munosabat o‘rnini hayvoniy xatti-harakati oladi.
SABAB BOG‘LOVCHILARI gaplarni oʻzaro tobelantirib bog‘laydi , ular o‘rtasidagi sabab ma’nosini ifodalaydi : chunki , negaki .
Yozuvda bu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi . Sabab bogʻlovchilari ergash gapning boshida keladi . Ular qatnashgan ergash gap bosh gapdan keyin keladi .
Bu xabar unda hech qanday norozilik tug‘dirmadi , chunki ertaroq qaytishga juda ham orzumand emas edi .
Bugun uyga ertaroq keldim,chunki uyda xech kim qolmagandi.
MAQSAD BOG‘LOVCHISI-gaplarni o‘zaro tobelantirib bog‘laydi , ular o‘rtasidagi maqsad ma’nosini ifodalaydi : toki .
Yozuvda bu bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi.Maqsad bog‘lovchisiergash gapning boshida keladi . U qatnashgan ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
1.Bu masalani sinfda muhokama qilamiz , toki boshqa qaytarilmasin .
2.Men yugurib boraverdim,toki u meni ko‘rmaguncha.
QIYOSLASH - CHOGʻISHTIRUV BOG‘LOVCHISI-gaplarni oʻzaro tobelantirib bog‘laydi , ular o‘rtasidagi qiyoslash ma’nosini ifodalaydi : go‘yoki , go‘yo .
14 Nargiza Erkaboyeva “O‘zbek tilidan ma’ruzalar to‘plami”Toshkent242b
25
Yozuvda bu bog‘lovchilardan oldin vergul qoʻyiladi . Qiyoslash – chog‘ishtiruv bogʻlovchilari ergash gapning boshida keladi
Ular qatnashgan ergash gap bosh gapdan keyin keladi. 1.Uy jimjit , go'yo butun olam uyquga ketgan.
2.Ular shunchalik o‘xshash ediki, go‘yoki bir tomchi suvdek edi.
SHART BOG‘LOVCHILARI-gap bo‘laklari va gaplarni tobelantirib bog‘laydi , ular o‘rtasidagi shart ma'nosini ifodalaydi : agar , agarda , basharti , garchi , mabodo , garchi . Ular ergash gapning boshida keladi . Shart bog‘lovchilari qatnashgan ergash gap bosh gapdan oldin keladi .
Agar do‘stlikni ham bilmasa , asli kimga kerak , axir , inson degan nom !
Agar yo‘ldan ozib , bir xato qilsam , Kibr paydo qilsam , topilur da’vo .
Shart bog‘lovchilari shart , to‘siqsiz hol hamda ergash gaplarni hokim bo‘lak yoki bosh gaplarga bog‘lab , ular o‘rtasidagi shart va to‘siqsizlik munosabatini ifodalaydi.
26
Umumiy xulosalar.
-Xitoy tilida ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi va xol gapda uyushiq bo‘laklar bo‘lib kelganda bog‘lovchilar qo‘llaniladi. Bog‘lovchilar bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gaplarni bog‘lashda, shuningdek gapning ergashgan qismida
ishlatiladi.
- Bog‘lovchilar ko‘makchi so‘zlar bo‘lib, biriktiruvchi, zidlovchi, bo‘linuvchi, tenglashtiruvchi, biror maqsadli, sabab, to‘siq, munosabatda bo‘luvchi(aloqa),
shuningdek o‘xshashlik va bir xillik munosabatlarini bog‘lashda qo‘llaniladigan bog‘lovchilarga bo‘linadi.
- Gap tuzilishida bog‘lovchilarning ahamiyati katta, ayniqsa murakkab gaplarni tuzilishini bog‘lovchilarsiz tasavvur qilish qiyin. Gaplarni bir-birigabog‘lashda, ularni mazmunli, ma’noli tuzilishga ega bo‘lishida ham bog‘lovchilarning o‘rni beqiyos.
- Xitoy tilida bog‘lovchilar asosan 3ta katta guruhni tashkil qiladi. Ya’ni:
Ma’nosi bo‘yicha hosil bo‘luvchi bog‘lovchilar, tuzilishi bo‘yicha hosil bo‘luvchi bog‘lovchilar, qo‘llanilishi bo‘yicha hosil bo‘luvchi bog‘lovchilar.
- Ma’nosi bo‘yicha hosil qilinuvchi bog‘lovchilar 9ta turga bo‘linadi. Har bir tur o‘zining sintaksis xususiyatiga ega. Bularga biriktiruvchi bog‘lovchilar, zidlovchi bog‘lovchilar, bo‘linuvchi bog‘lovchilar, tenglashtiruvchi bog‘lovchilar,
biror maqsadli bog‘lovchilar, sabab bog‘lovchilari, shartli bog‘lovchilar, to‘siq bog‘lovchilari, solishtiruvchi bog‘lovchilar kiradi.
- Tuzilishi bo‘yicha hosil bo‘luvchi bog‘lovchilar 3ta turga bo‘linadi. Ya’ni:
oddiy bog‘lovchilar, murakkab (qo‘shma) bog‘lovchilar va bog‘lovchili birliklar.
- Xitoy tilida bog‘lovchilar qo‘llanilishi bo‘yicha 3ta turga bo‘linadi. Bular:
yakka bog‘lovchilar, takrorlanuvchi bog‘lovchilar va juft bog‘lovchilar.
- Xitoy tilida bog‘lovchilarning ahamiyati nafaqat gaplarning tuzilishida balki ularning to‘g‘ri, ma’noli, mazmunli tarzda tarjima qilinishida ham nihoyatda muhim ekanligini ko‘rsatadi.
27
Tabiiyki shu bilan birgalikda boshqa sinflardan ajralmagan,
aksincha ular bilan birgalikda o‘zaro harakat qiladi.
- Xitoy tilidagi bog‘lovchilarning shakllanishi ma’lum sintaktik sharoitlarda
sodir bo‘ladi. Bunda bevosita gaplarning strukturasiga bog‘liq holda o‘z shaklini
topadi. Ma’lum turdagi gaplar doirasida paydo bo‘ladi va bunda ma’lum turdagi
bog‘lovchilar shakllanadi.
- Bog‘lovchilar gapda mustahkam ma’noga ega bo‘lgan birlik emas balki
grammatik vositalardan biri, ya’ni ular gapda boshqa leksik-grammatik til
vositalari yordamida o‘zining ma’nosini amalga oshirish imkoniga ega.
- Bog‘lovchilar zamonaviy xitoy adabiy tilida relyativ ma’noga ega bo‘lib,
morfologik o‘zgarmaslik bilan harakterlanadi. Oddiy gap tarkibidagi uyushiq so‘z va so‘z birikmalari, yoki murakkab sintaktik birliklar qismlari o‘rtasidagi turli xil munosabat va aloqalarni belgilaydi va ifodalaydi.
-也yě, 亦yì,才cái,方 fāng, 始 shĭ, 就 jiù, 便 biàn, 即 jí kabi turdagi
so‘zlar o‘ziga xos xususiyalariga ko‘ra yuklamali bog‘lovchilar tarzida ifodalanadi.
Sodda gaplarda yuklamali bog‘lovchilar gapning uyushuq bo‘laklari sifatida
qo‘llaniladi. Bundan tashqari, ular murakkab sintaksik birlik tarkibida ham
foydalaniladi.
- Murakkab bo‘laklarni bog‘lash vositasi sifatida predlog va ko‘makchilar
ishlatiladi va bu so‘zlarni butunlay bog‘lovchilarga aylanib qolmagan lekin
bog‘lovchilar sifatida qo‘llaniladi.
Xitoy tilida bog‘lovchilarning grammatik xususiyatlarini yanada chuqurroq va
mukammalroq o‘rganib, bitiruv malakaviy ishimizda uning boshqa qirralarini
ochib berishga harakat qilamiz. Kelajakda Xitoy tilini mukammalroq o‘rganib,
ustozlarimiz singari o‘rganganlarimiz asosida o‘rgatishga va yaxshi tarjimonfilolog
bo‘lishga harakat qilamiz.
O‘zbek tili bogʻlovchilar haqida umumiy xulosalar : Teng bog‘lovchilar yakka va takror holda ishlatiladi . Biriktiruv , ayiruv , inkor bog‘lovchilari takror holda ham
28
ishlatiladi . Inkor bog‘lovchisi faqat takror holda ishlatiladi . Biriktiruv , zidlov , ayiruv bog‘lovchilari yakka holda ham ishlatiladi . Zidlov bog‘lovchisi faqat yakka holda ishlatiladi . Biriktiruv , ayiruv bog‘lovchilari yakka va takror holda ham ishlatiladi .Bog‘lovchilar bir guruhga mansub bo‘lsa ham , bir - biridan uslubiy xoslanishga egaligi bilan farqlanadi . Biriktiruv bog‘lovchisi sifatida oddiy soʻzlashuv uslubida ko‘proq bilan ( minan ) ko‘makchisi ishlatiladi . Va , ham , hamda yordamchilari esa yozma nutq uslublari uchun xoslangan . Zidlov bogʻlovchisi sifatida so‘zlashuv uslubi uchun ,ammo , lekin bog‘lovchilarining birikkan holida ammo - lekin ( ammolek ) shakli koʻproq ishlatiladi . Lekin bogʻlovchisining , lek , vale ( valekin ) shakllari ham badiiy uslubga xoslangan . Ayiruv bog‘lovchilaridan yoxud , yoki yozma nutq uslubi ( publitsistik , badiiy uslub ) dagina qo‘llaniladi . Aniqlov bog‘lovchilari fagat yozma nutq uslubida qo‘llaniladi . Sabab bog‘lovchilaridan chunki , shu sabab , shu tufayli ko‘proq yozma nutq uslubida qo‘llaniladi . Shart bog‘lovchilaridan garchi yozma nutq uslubi uchun xoslangan . Chog‘ishtiruv bogʻlovchilaridan xuddi uslubiy betaraf , go‘yo yozma nutq uchun xoslangan .
29
Dostları ilə paylaş: |