Bitiruv malakaviy ishi mavzusining tadqiq etilganlik darajasi. Janubiy- Sharqiy Osiyo mamlakatlari rivojlanishi bosqichlari va omillarini tadqiq etishga Respublikamizda A. Vaxabov, E. Maxmudov, R. Shodiyev, G. Nazarova, A. Soliyev, R. Maxammadaliyev, O.Abdullayev, X. Abdunazarovlarning ishlari katta ahamiyatga ega.
Mazkur mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi borasida shuningdek A. Kireev, V. Kudrov, E. Avdokushin, B. Smitienko, V. Abramov, E. Kochetov, E. Kobelev, G. Lokshin, N. Maletin, A. Acharya, A. Collins, Yo. Lee, R. Severino, J. Hakey kabi bir qator xorijlik tadqiqotchilarni ham alohida ta’kidlab o’tish mumkin.
Bitiruvmalakaviyishiningmaqsadivavazifasi. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining rivojlanish
1 Каримов И.А. 2014 йил юқори ўсиш суръатлари билан ривожланиш, барча мавжуд имкониятларни сафарбар этиш, ўзини оқлаган ислоҳотлар стратегиясини изчил давоам этиириш йили бўлади. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2013 йилда ижтимоий –иқтисодий ривожланиш якунлари ва 2014йилг мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси. Халқ сўзи, 18 январь 2014 йил.
tendensiyalarini o’rganish va uning ahamiyatli jihatlarini yoritib berish hamda va ulardan samarali foydalanish amaliyotini o‘rganish va ushbu tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Malakaviy ishning maqsadidan kelib chiqib, unda quyidagi vazifalarni bajarish belgilab olindi:
- Jahon xo’jaligining rivojlanish bosqichlari va tendensiyalarini tahlil
etish:
Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasi haqida umumiy tushunchalarni berish;
Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasida “Yangi industrial mamlakatlar”ning
paydo bo‘lish shart-sharoitlari va ularning iqtisodiy rivojlanish bosqichlarini yoritish;
Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasi mamlakatlari iqtisodiy birlashmasi- ASEANda integrasion jarayonlarining mintaqa iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyati va tashkilot faoliyatining zamonaviy xususiyatlarini tahlil etish;
Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish tajribasidan O’zbekistonda foydalanish imkoniyatlarini va tavsiyalarini ishlab chiqish.