Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari manbalari va ulushi dinamikasi (mln.so‘m)



Yüklə 281,88 Kb.
səhifə17/23
tarix02.01.2022
ölçüsü281,88 Kb.
#34928
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
buj

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari manbalari va ulushi dinamikasi (mln.so‘m)

Ko‘rsatkichlar

2008 yil

2009 yil

2010 yil

2011 yil

2012 yil

Summa

Ulushi

Summa

Ulushi

Summa

Ulushi

Summa

Ulushi

Summa

Ulushi

Daromadlar, maqsadli jamg‘armalarsiz – jami

8 761

100,0

10 834

100,0

13 116

100,0

16 178

100,0

20 614

100,0

YaIMga nisbatan, %




23,2




22,5




21,8




20,8







Bevosita soliqlar

2 316

26,4

2 840

26,2

3 421

26,1

4 238

26,2

5 196

25,2

Bilvosita soliqlar

4 123

47,1

5 433

50,1

6 974

53,2

8 657

53,5

11 188

54,3

Resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i

1 326

15,1

1 762

16,3

1 974

15,1

2 309

14,3

2 746

13,3

Davlat byudjeti xarajatlari davlatning bajaradigan qunksiyalariga bog‘liq. Davlatning asosiy funksiyalari: tartibga solish, qayta taqsimlash, ijtimoiy va nazorat funksiyalari.

Davlat byudjeti xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag‘ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:

1) byudjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;

2) joriy byudjet transfertlari shaklida;

3) kapital xarajatlar shaklida:

asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;

chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;

davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;

davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;

4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari shaklida;

5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari shaklida;

6) davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet ssudalari shaklida;

7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar shaklida;

8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.

Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subvensiya shaklida ko‘rsatiladigan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar va Davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar byudjetning joriy xarajatlari deyiladi.




Asosiy

budjet ko’rsatkichlari

2012- yil

(mlrd.so’m)

2013 -yil

(mlrd.so’m)

2014- yil

(mlrd.so’m)

Бюджет дармадларида

салмоғи, %да

Davlat budjeti daromadlari

20 614,1

25 104,9

30 160,8

100

Shu jumladan:

Bevosita soliqlar

5 196,4

6 583,1

7 790,4

25,8

Bilvosita soliqlar

11 187,8

13 039,4

15 618,2

51,8

Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i

2 746,4

3 755,5

4 521,4

15,0

Qo’shimcha foyda solig’i

250,0

294,5

388,4

1,3

Boshqa daromadlar

1 233,5

1 432,4

1 842,4

6,1

Budjet xarajatlari

21 571,7

26 312,4

31 582,3

Бюджет дефицити

ЯИМга нисбатан
1,0 фоиз

Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra, Davlat byudjetining xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo‘jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga bo‘linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo‘lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Byudjetning ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo‘lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllan-tirish bilan bog‘liq.

Davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

– ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;

– milliy xo‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;

– mudofaa xarajatlari;

– boshqaruv xarajatlari.

etilish tartibini belgilab beradi.

Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy prinsiplari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

– minimum xarajatlarda maksimum samarani olish;

– byudjet assignovaniyalaridan foydalanishning maqsadli

xarakterdaligi;

– ko‘zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan assignovaniyalarning foydalanilganligini inobatga olgan holda byudjet mablag‘larini taqdim etish;

Umumiy prinsiplar bilan birgalikda byudjetdan moliyalash-tirish amaliyotida xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

– faqat ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlariga byudjet assignovaniyalarini ajratish;

– byudjet assignovaniyalarining o‘lchamini aniqlashda “qoldiq” yondoshuvidan foydalanish;

– byudjetdan moliyalashtirishni rejalashtirilayotgan xarajatlarni kredit metodi orqali ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;

– korxonalarning moliyaviy holatini byudjetli tartibga solish prinsipi va boshqalar.



O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari yo‘nalishlari va dinamikasi


Ko‘rsatkichlar

2009 yil

2010 yil

2011 yil

Mlrd. so‘m.

%da

Mlrd. so‘m

%da

Mlrd.

so‘m


%da

Davlat byudjeti xarajatlari, mlrd.so‘m

10 761

100

13 733

100

16991

100

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvatlash xarajatlari – jami

5 901

54,8

8 113

59,1

10112

59,5

Maorif

3 326

30,9

4 635

33,8

5890

34,6

sog‘liqni saqlash

1 256

11,7

1 704

12,4

2217

13,0

madaniyat va sport

126

1,2

160

1,2

194

1,1

Fan

63

0,6

84

0,6

111

0,6

ijtimoiy ta’minot

46

0,4

59

0,4

74

0,4

oilalarga ijtimoiy nafaqalar

1 039

9,7

1 432

10,4

1582

9,3

Iqtisodiyotga xarajatlar

1 290

12,0

1 573

11,5

1952

11,5

Markazlashgan investisiyalarni moliyalashtirish

829

7,7

825

6,0

950

5,7

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari xarajatlari

273

2,5

352

2,6

472

2,7

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

84

0,8

119

0,9

152

0,9

Vazirlar Mahkamasining zahira jamg‘armasi

41

0,4

54

0,4

57

0,3

Boshqa xarajatlar

2 338

21,7

2 692

19,6

3290

19,3

YaIMga nisbatan, %

0,2%




0,3 %




0,4%



Davlat o‘z vazifalarini bajarishda davlat byudjeti xarajatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy daromadning bir qismi davlat byudjeti orqali qayta taqsimlanadi va qayta taqsimlash natijasida zarur bo‘lgan tarmoqlar moliyalashtiriladi.

Davlat byudjeti xarajatlari maqsadlari, vazifalari bo‘yicha, byudjetdan mablag‘ ajratish shakllari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjeti xarajatlarining asosiy qismini ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlari tashkil etadi va iqtisodiyot, investisiya xarajatlari ulushi kamayib boradi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti “ijtimoiy yo‘naltirilgan byudjet” hisoblanadi.

Oxirgi yillari olib borilayotgan islohotlar natijasida davlat byujetining samarasiz xarajatlaridan voz kechilmoqda. Masalan, iqtisodiyot, boshqaruv sohalari xarajatlarini imkon darajasida kamaytirishga erishildi.

O’zbekistоn Respublikasining «Byudjet tizimi to’g’risida»gi Qоnunga asоsan davlat byudjetining хarajatlariga quyidagilar kiradi:

1. Byudjet mablag’larini оluvchilar uchun jоriy хarajatlar;

2. Jоriy byudjet transfertlari;

3. Kapital хarajatlar. Ushbuga quyidagilar kiradi:

- davlat ehtiyojlari uchun хоrijda er va bоshqa mоl-mulkni sоtib оlish;

- davlat eхtiyojlari uchun erga va bоshqa nоmоddiy aktivlarga huquqlarni sоtib оlish;

- davlat zahiralarini tashkil etish.

4. Yuridik shaхslar uchun kapital maqsadidan хarajatlarni qоplashga Yo’naltirilgan byudjet transfertlari:

- rezident-yuridik shaхslar va хоrijiy davlatlarga byudjet ssudalari;

- byudjet dоtatsiyalari va davlat maqsadli jamg’armalariga byudjet ssudalari;

- amaldagi qоnunchilikda man etilmagan bоshqa хarajatlar.

Mamlakatda milliy darоmadning davlat byudjeti оrqali qayta taqsimlash jaraYoni bir vaqtning o’zida amalga оshadigan va uzluksiz faоliyat ko’rsatadigan ikki o’zarо uzviy bоg’liq jarayonlarga ega bo’lib, ular quyidagilardan ibоrat:

a) davlat byudjetining darоmadlarini tashkil etish;

b) davlat byudjetining хarajatlarini amalga оshirish.

Mamlakatda davlat byudjeti darоmadlarining tashkil tоpishi va byudjet mablag’larining sarflanishi jarayonlarida milliy iqtisоdiyotni davlat tоmоnidan tartibga sоlib turish va rag’batlantirish funktsiyasi amalga оshiriladi.

Davlat byudjetining darоmadlari – bir tоmоnda vakоlatli davlat оrganlari va ikkinchi tоmоndan turli mulkchilik shaklida хo’jalik yurituvchi sub`ektlar hamda mamlakat ahоlisi o’rtasidagi iqtisоdiy munоsabatlarning yig’indisi hisоblanadi. Bir vaqtning o’zida davlat byudjetining darоmadlari – markaziy va mahalliy davlat bоshqaruv оrganlarining iхtiyoriga kelib tushadigan pul mablag’lari hisоblanadi. Davlat byudjeti darоmadlarining shakllanishi jarayonlarida mamlakatda yaratilgan milliy darоmadning ma`lum qismi majburiy tarzda davlat fоydasiga undiriladi, natijada davlat va ho’jalik yurituvchi sub`ektlar hamda mamlakat ahоlisi o’rtasida mоliyaviy munоsabatlar vujudga keladi.

Davlat byudjeti mamlakatda faоliyat yuritaYotgan turli mulkchilik shaklidagi хo’jalik yurituvchi sub`ektlarning fоydasini taqsimlashda faоl ishtirоk etadi. Shuni ta`kidlash lоzimki, хo’jalik sub`ektlarining fоydasidan davlat byudjetiga undirilish shakli, hajmi hamda kоrхоnalar faоliyatining natijalariga mоddiy manfaatlari o’rtasida ma`lum o’zarо bоg’liqlik mavjud. Fоydadan davlat byudjetiga undiriladigan shaklning rivоjlanganligi va hajmiga asоsan хo’jalik yurituvchi sub`ektlarning ishlab chiqarish zaхiralaridan оqilоna fоydalanishi, rentabellik darajasining оshishi hamda eng asоsiysi fоydaning ko’payishi amalga оshadi.

Davlat byudjeti хarajatlari – bir tоmоndan davlatning vakоlatli оrganlari va ikkinchi tоmоndan tashkilоtlar, muassasalar hamda mamlakat ahоlisi o’rtasidagi mamlakatdagi markazlashgan pul mablag’lari jamg’armalarining ishlatilishi jaraYonida vujudga keladigan iqtisоdiy munоsabatlarning yig’indisidir. Mamlakatning Markaziy hukumati davlat byudjeti оrqali unda mоliyaviy mablag’larini markazlashgan tarzda shakllantirish va u оrqali umumdavlat ehtiYojlari hisоblangan – milliy iqtisоdiYotning ustuvоr tarmоqlarini jadal sur`atlar bilan rivоjlantirish, malakali ishchi kuchlarini vujudga keltirish, ilm-fanni rivоjlantirish, ijtimоiy-madaniy chоra-tadbirlarni amalga оshirish hamda mamlakat mudоfaa qudratini saqlab turishni pul mablag’lari bilan etarli miqdоrda hamda belgilangan muddatlarda ta`minlab turadi.

Mamlakatda davlat byudjeti оrqali yaratilgan milliy darоmadning hududlar bo’yicha, shu jumladan jamiyatning mоddiy ishlab chiqarish va nоmоddiy ishlab chiqarish sоhalari bo’yicha qayta taqsimlanishi amalga оshiriladi. Buning natijasida davlat byudjeti hisоbidan saqlab turish va mudоfaa ehtiyojlarini pul mablag’lari bilan mоliyalashtirish maqsadida jamg’armalar tashkil etiladi. Davlat byudjeti оrqali mоddiy ishlab chiqarish tarmоqlari o’rtasida ularning оqilоna va samarali rivоjlanishi maqsadida byudjet mоliyalashtirishi yordamida mоliya mablag’larining qayta taqsimlanishi amalga оshiriladi.

Mamlakatda yaratilgan milliy darоmadni qayta taqsimlashda asоsiy qurоl hisоblangan davlat byudjeti yordamida Markaziy hukumat iqtisоdiyotning ustuvоr tarmоqlariga va iqtisоdiy hududlarga mоliyaviy mablag’larni yo’naltiradi, bundan tashqari davlat byudjeti Yordamida hududlararо va tarmоqlararо milliy darоmadning qayta taqsimlanishi amalga оshiriladi. Bu bilan esa, mamlakatning iqtisоdiy rivоjlantirishdagi manfaatlari va hududlarning tamоyillariga riоya etiladi.

Mamlakatda davlat byudjeti оrqali yangi teхnika va teхnоlоgiyalarni vujudga keltirish hamda fanni rivоjlantirish yo’nalishlarida faоliyat ko’rsataYotgan ilmiy-tadqiqоt muassasalarini mоliyalashtirish amalga оshiriladi. Mamlakatning Markaziy Hukumati davlat byudjeti оrqali ilm-fanning eng zamоnaviy va ustuvоr tarmоqlarini mоliyalashtirish hisоbiga milliy malakali ishlab chiqarish kuchlarini rivоjlantirishni ta`minlaydi. Ushbu hоlat esa davlat iqtisоdiy haYotini muqоbillashtirish, iqtisоdiYotning barcha tarmоqlari o’rtasida pul va mоddiy resurslarni оqilоna jоylashtirish, shu asоsda teхnik taraqqiyotni rivоjlantirishga hamda mamlakat iqtisоdiy qudratini оshirishga imkоniyat yaratadi.

Mamlakat hududlarida iqtisоdiy va madaniy qurilishda katta o’rinni byudjet mablag’lari оrqali tartibga sоlib turish asоsida juda keng ma`nоda mablag’larni hududlararо taqsimlash, mahalliy davlat bоshqaruv оrganlarining mоliyaviy asоsi hisоblangan mahalliy byudjetlarni kerakli darоmadlar manbai bilan ta`minlash amalga оshiriladi.

Rivоjlangan хоrijiy mamlakatlarda davlat byudjeti yordamida jalb etilgan mablag’ umumjamiyat iste`mоl jamg’armalarini (umumjamiyat iste`mоl jamg’armalari umumiy summasining 85 % gacha) tashkil etish va ularning sarflanishida birinchi navbatdagi ahamiyatga egadir.

Davlat byudjeti mamlakatda markazlashgan pul fоndlarini tashkil etish va uning sarflanishi ustidan nazоrat funktsiyasini bajaradi. Bu funktsiyani bajarishda davlat byudjetiga byujdet mablag’larining kelib tushishi hamda ularning maqsadli sarflanishi ustidan davlat vakоlatli оrganlarining imkоniyatlari va majburiyatlari asоsiy o’rinni egallaydi.

Хulоsa qilib aytganda, davlat byudjeti har bir mamlakatning asоsiy mоliya rejasi hisоblanadi va u markaziy hamda mahalliy davlat bоshqaruv оrganlariga bоshqaruv vakоlatlarini amalga оshirishlari uchun haqiqiy iqtisоdiy imkоniyat yaratib beradi. Davlat byudjeti o’zida davlat faоliyati uchun kerakli bo’lgan mоliya resurslarining hajmini ifоda etadi va shu оrqali mamlakatda оlib bоriladigan sоliq siYosatini belgilab beradi. Davlat byudjeti оrqali yalpi ichki mahsulоt va milliy darоmadning qayta taqsimlanishi, byudjet mablag’larining aniq maqsadlarga sarflanishi qayd etiladi va buning natijasida mamlakatdagi iqtisоdiy hamda ijtimоiy jaraYonlarning tartibga sоluvchisi sifatida maydоnga chiqadi.

Davlat byudjetining holati davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari mikdorining bir biriga solishtirish orqali aniqlanadi.

Byudjet taqchilligi - muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasi Byudjet profisiti - muayyan davrda byudjet daromadlarining byudjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi Davlat byudjeti takchilligi tushunchasi va byudjet taqchilligining shakllari Byudjet taqchilligining quyidagi shakllari mavjud:


  • Aktiv taqchillik;

  • Passiv taqchillik;

  • Doiraviy taqchillik;

  • Tarkibiy taqchillik.

Aktiv taqchillik - Itttisodiy faollik umumiy darajasining pasiyishi asosida yalpi talabning yetarlicha emasligi, iqtisodiyotning buhronga yuz tutish xavfi ta’sirida kupgina davlatlarda byudjet xarajatlarini kupaytirish va soliqlarni pasaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilmokda. Ularni kamaytirish, ayniqsa, urta va mayda kompaniyalarning kapital quyilmalarining kupayishi uchun ancha qulay sharoit yaratadi. Ammo, soliqlarning bunday kamayishi sharoitida davlat xarajatlari muqarrar ravishda Davlat byudjetidagi taqchilliknn kupaytiradi va inflyatsiya jaraenlarini tezlashtirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Xarajatlarning daromadlardan bunday oshib ketishi aktiv byudjet taqchilligi nomini oldi va odatda, bunday taqchillik YaIMning sur’atlarining usishi bilan birga kuzatiladi.

Passiv taqchillik- Ayni vaqtda, iktisodiy faollik darajasining susayishi natijasida davlat daromadlarining qisqarishi yuzaga keltirgan taqchillik passiv taqchillik nomini oldi. Bunday vaziyatda korxonalarning bankrot bulishi, iqtisodiy samaradorlikning pasayishi oqibatida kuzlangan daromadlarning olinmasligi, YaIM usish sur’atlarining salbiy tus olishi va bir qancha boshqa salbiy omillar natijasida Davlat byudjetiga tushishi lozim bulgan soliq hajmining qisqarishi yuz beradi va byudjetda kuzlangan daromadlar kelib tushmaydi.

Tarkibiy taqchillik - byudjetniig joriy xarajatlari bilan tula bandlik sharoitida (soliq tizimi uzgarmagan holda) byudjetga tushishi mumkin bulgan daromadlar o‘rtasidagi farkni bildiradi, ya’ni:

Ttar=X -Du *uf

bunda,


Ttar - tarkibiy taqchillik,

Du * uf — tula bandlik sharoitida (soliq tizimi uzgarmagan holdagi) tushishi mumkin bulgan daromadlar.

Doiraviy taqchillik -tarkibiy taqchililik bilan haqiqiy taqchillik o‘rtasidagi farqni bildiradi,

ya’ni:


Tdoir= Du * (uf - u)

Byudjet jarayoni - davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayon.

Byudjet jarayonining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:


  • muvozanatlangan bozorga kirib borish yo‘lida muhim taraqqiyotga erishish maqsadlarida iloji boricha ko‘proq moddiy va moliyaviy zaxiralarni izlab topish;

  • byudjet daromadlarini alohida soliqlar va boshqa to‘lovlar, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognozlari va maqsadli dasturlariga muvofiq holda umumiy hajmi bo‘yicha belgilash;

  • byudjet xarajatlarini mo‘ljallangan vazifalar bo‘yicha, shuningdek byudjetning umumiy hajmini nazarda tutilgan umumdavlat ahamiyatiga molik jami tadbirlarni uzluksiz moliyalashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan xolda belgilash;

  • byudjetni iqtisodiyotdagi inflyatsiya tendensiyalarini bartaraf etish va milliy pul tizimning barqarorligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan umumiy moliyaviy barqarorlashtirish dasturi bilan muvofiqlashtirish;

  • iqtisodiy maqbul manbalar hisobidan byudjet taqchilligini qisqartirish va tugatish;

  • turli darajadagi byudjetlarni balanslanishini ta’minlash maqsadlarida davlat daromadlari manbalarini shu byudjetlar o‘rtasida, shuningdek xo‘jalik sohalari va iqtisodiy mintaqalar o‘rtasida qayta taqsimlash yo‘li bilan byudjet boshqaruvini amalga oshirish;

  • barcha yillik miqyosli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning mutanosibligi va balanslanganligini ta’minlash maqsadlarida istiqbolga mo‘ljallangan byudjetni rejalashtirish prognozlash rolini oshirish;

  • yuridik shaxslar va ayrim fuqarolarning o‘z soliq majburiyatlarini bajarishlarida ularning moliyaviy faoliyatini va daromadlari ustidan nazoratni kuchaytirish;

  • elektron hisoblash texnikasidan keng foydalangan holda moliyaviy hisob-kitoblarni avtomatlashtirish tizimi orqali byudjetlarni tuzish va uning ijrosi jarayonlarini avtomatlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga:

tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalari loyihalarini tayyorlash uchun-Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga;

byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni olishga buyurtmalar tuzish uchun-respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘lari oluvchilarga byudjet so‘rovi yuboradi.

Moliya vazirligi -Davlat byudjeti loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etadi va uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etadi;



  • Davlat byudjetining ijrosini tashkil etadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining Davlat byudjetini ijro etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

  • davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;

  • Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdig‘iga kiritadi;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga o..;kuk,. Zdswrdfh745shiradi.

Ijroiya organlarining byudjet tizimini boshqarishdagi ishtiroki:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari:



  • tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni qabul qiladi, shuningdek ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;Q 1

  • qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar miqdorlarini belgilaydi, mahalliy soliqlar bo‘yicha imtiyozlar beradi;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar loyihalarini tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etadi hamda ularning ijrosi to‘g‘risida hisobotlar tuzadi;

  • byudjetga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi hamda byudjet mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etadi;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

  • Davlat byudjeti loyihasini tayyorlaydi;

  • Davlat byudjeti mablag‘larining tushumi va sarfi tartibini belgilaydi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • respublika byudjeti xarajatlarini amalga oshiradi;

  • byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;

  • byudjet mablag‘lari oluvchilarning Davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi byudjet loyihasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.

Hisob Palatasi byudjet loyihasini ko‘rib chiqadi va xulosa sini beradi hamda Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotga doir xulosa beradi.

G‘aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


  • Davlat byudjetining kassa ijrosi;

  • Davlat byudjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • Davlat byudjeti mablag‘larini boshqarish;

  • Davlat byudjetida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga binoan to‘lovlarni amalga oshirish;

  • byudjet tashkilotlarining tovarlar yetkazib berish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun tuzadigan shartnomalarini, shuningdek buyurtmachilarning Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzadigan shartnomalarini ro‘yxatga olish;

  • Davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish;

  • Davlat byudjeti ijrosining qanday borayotganligi to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasi davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish.

Byudjet nazorati - Moliyaviy-iqtisodiy nazoratning tarkibi qismi sifatida mamlakatning barcha darajadagi byudjetlarini qonuniy, maqsadli va samarali shakllantirish, taqsimlash va foydalanish, byudjet daromadlari tushumini ko‘paytirishning qo‘shimcha manbalarini aniqlash, byudjet-soliq intizomini yaxshilashni tekshirish bo‘yicha davlat organlari tomonidan olib boriladigan tadbirlar yig‘indisidir.

Byudjet intizomi - Byudjet tizimi va byudjet jarayonlarida vujudga keladigan, barcha bosqichlarda qonun, byudjet tizimining asosiy tamoyillari, byudjet tizimi to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar, yo‘riqnoma va tartiblar talablariga amal qilinishining byudjet nazorati orqali ifodalanishi

Byudjet nazoratining vazifalari:


  • Byudjet moddalarining hajmi, tarkibi, maqsadi bo‘yicha tuzilishi va ijrosining to‘g‘riligini ta’minlash;

  • Byudjetni shakllantirish va ijrosiga ta’sir etuvchi qonunlar hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini moliyaviy ekspertizalash;

  • Buxgalteriya hisobi va hisobotini to‘g‘ri yuritishni nazorat qilish;

  • Byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar mabag‘larini maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan nazorat qilish;

  • Byudjet va soliq intizomini yaxshilash va unga rioya qilishni nazorat qilish;

  • Byudjetlararo munosabatlar mexanizmini amalga oshirishni nazorat qilish;

  • Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘larining banklardagi va boshqa moliya-kredit muassasalaridagi harakatini qonuniyligini va o‘z vaqtidaligini nazorat qilish;

  • Soliq to‘lovchilarga soliq imtiyozlarini, hududlarga davlat dotatsiyalari, subvensiyalari va transfertlari va boshqalarni taqdim etishda moliyaviy qonunbuzorchiliklari aniqlash, aybdor shaxslarni jazolash bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilish;

  • Byudjet-soliq intizomini yaxshilash maqsadida profilaktika, ma’lumot-tushuntirish ishlarini olib borish.

Byudjet nazorati elementlari:

  • Nazorat sub’ekti (kim nazorat qiladi);

  • Nazorat ob’ekti (kim nazorat qilinadi);

  • Nazorat predmeti (nima nazorat qilinadi)

  • Nazorat prinsipi;

  • Nazorat (metodikasi) metodi;

  • Nazorat texnikasi va texnologiyasi;

  • Nazorat jarayoni;

  • Nazoratni yuritish uchun dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash;

  • Nazorat natijasi;

  • Nazorat natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish.

Byudjet nazorati sub’ektlari: Vakolatli (parlament) va ijro etuvchi organlar (moliya vazirligi, g‘aznachilik, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishning moliya organlari, byudjet mablag‘larini bosh taqsimlovchilar va boshqalar).

Bugungi kunda davom etayotgan va tobora jiddiylashib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi har bir mamlakat hukumati oldiga makroiqtisodiy barqarorlikni va izchil o’sish sur’atlarini ta’minlashga yo’naltirilgan iqtisodiy siyosatni yuritish vazifasini qo’ymoqda. Bunda samarali iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan fiskal siyosatni yuritish masalasi markaziy o’rinni egallamoqda. Shu bilan birga, umumiy iqtisodiy muvozanatni ta’minlashga yo’naltirilgan yaxlit davlat siyosati bilan bog’liq muammolar ham aynan davlatning fiskal siyosati instrumentlariga bog’liq bo’lmoqda.

Rivojlangan mamlakatlarda kuzatilayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozning tobora keskinlashib borayotganiga qaramasdan, mamlakatimizda kuzatilayotgan barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarining ta’minlanishida izchil olib borilayotgan budjet-soliq siyosatining ahamiyati g’oyat yuksakdir. Buni, o’z navbatida, keyingi yillarda kuzatilayotgan budjet profitsiti, rejalashtirilgan davlat budjeti daromad ko’rsatkichlarining orttirib bajarilayotgani, davlat budjeti ijrosining g’aznachilik tizimi yanada rivojlantirilishi natijasida budjet xarajatlarining manzilli va maqsadli sarflanayotgani bilan izohlash mumkin.

1991 yilga qadar O‘zbekiston SSRning Davlat byudjeti SSSR Davlat byudjetining tarkibiy qismi bo‘lib, unga O‘zbekiston SSR Respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston ASSR Davlat byudjeti va mahalliy byudjetlar kirar edi. Har bir oblast, rayon, shahar, poselka va qishloq Kengashlari o‘zlarining mahalliy byudjetlariga ega edilar. Respublikada 1347 ta byudjet mavjud edi. Shu bilan bir qatorda, O‘zbekistonning ijtimoiy sug‘urta byudjeti mavjud bo‘lib, u 1938 yildan beri faoliyat yuritayotgan SSSR ijtimoiy sug‘urta byudjetining tarkibiy qismi hisoblanar edi. Ushbu ijtimoiy sug‘urta byudjeti korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning mablag‘lari va respublika davlat byudjeti hisobiga shakllanar edi.



fiskal bosqich (1991-1995 yillar);


noinflyatsion – makroiqtisodiy holatni barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan bosqich (1996-2003 yillar);

davlat moliyasini boshqarishni isloh etish doirasida davlat byudjetining rivojlanish bosqichi (2004 yildan).

Manba. Chizma muallif tоmоnidan tayorlandi.


Yüklə 281,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin