Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


-rasm O ‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘larining yo‘nalish tarkibi12



Yüklə 281,88 Kb.
səhifə19/23
tarix02.01.2022
ölçüsü281,88 Kb.
#34928
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
buj

7-rasm

O ‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘larining yo‘nalish tarkibi12

Manba:Т.С.Маликов, Н.Х.Ҳайдаров. Молия: умумдавлат молияси. Тошкент.: ”IQTISOD-MOLIYA”. 2009.


Ushbu bosqichda byudjet siyosatining muhim vazifasi bozor, davlat tomonidan boshqarilmaydigan erkin narxlarga o‘tilishi, ijtimoiy zarur mahsulotlarga narxlar oshirib yuborilishining ijtimoiy asoratlari oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlardir. O‘zbekistonda bu chora-tadbirlar respublika byudjeti mablag‘lari, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi, Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi va korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobiga aholiga kompensatsion to‘lovlardan13 iborat bo‘lib, aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoya qilish va mamlakatda ijtimoiy barqarorlikni saqlashga imkon beradi.

Shunday qilib, islohotlarning birinchi bosqichida (1991-1994 yillar) byudjet xarajatlari ustuvor darajada ijtimoiy xarajatlardan iborat bo‘lib, ular qatoriga aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oziq-ovqat kompleksi tarmoqlarini rivojlantirish, xalq iste’moli buyumlari va iste’mol xizmatlari ishlab chiqaruvchilarga narx xarajatlarini qoplash, qazib olish tarmog‘i korxonalariga moliyaviy ko‘mak berish kiradi. Islohotlarning birinchi 4 yilida YAIMda davlat xarajatlarining ulushi 52,7 foizdan 33,3 foizgacha pasaygan.

O‘tish davrida moliyaviy resurslarning cheklanganligi ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning adresliligini ta’minlashni taqozo etdi. Masalan, 1994 yilda O‘zbekiston hukumati kam daromadli oilalarga ijtimoiy yordam berishning yangi sxemasini joriy etdi – mahallalar (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari) yordamida. 1997 yildan mahalla orqali bolalar nafaqalari ham tarqatila boshlandi. Nafaqalarning adresliligi aholining

(xususan, kam daromadli oilalarning) turmush darajasini tartibga solishning samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirildi.

1992-1995 yillarda davlat byudjetining xarajatlar tarkibi o‘zgarib bordi. Ijtimoiy maqsadlarga, shu jumladan, sog‘liqni saqlashga xarajatlar YAIMdagi 4,8 foizdan 3,7 foizgacha qisqardi, ta’limga xarajatlar 10,2 foizdan 7,4 foizgacha pasaydi, ijtimoiy ta’minotga 7,7 foizdan 2,5 foizgacha (taxminan 2,5 baravar) qisqardi.

Davlat investitsiyalarining YAIMdagi ulushi 1993 yilgi 2,2 foizdan 1996 yilda 7,1 foizgacha o‘sdi.

Mudofaaga xarajatlar 1992-1993 yillarda oshdi (1992 yilda YAIMning 2,6 foizdan 1993 yilda 3,2 foizgacha), bu hol yangi tashkil etilgan suveren davlatning yangi funksiyalari (davlat chegaralarini qo‘riqlash va milliy xavfsizlikni ta’minlash) paydo bo‘lishi bilan tushuntirish mumkin. 1994- 1995 yillarda ushbu xarajatlar sezilarli darajada qisqardi va 0,5 foizni tashkil etdi. 1993 yildan boshlab hozirgi kunga qadar O‘zbekistonning mudofaaga xarajatlari byudjetning “boshqa xarajatlar” tarkibiga kiritilgan, shu sababli xarajatlarning bu qismi keyinchalik tahlil etilmagan.

Noinflyatsion – makroiqtisodiy holatni barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan bosqich (1996-2003 yillar). Davlat byudjeti tarkibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar byudjet rivojining ushbu bosqichida xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini kuchaytirish, xarajatlarni rejalashtirishning dasturiy-maqsadli usuliga o‘tish uchun zamin hozirlash, mahalliy byudjetlarning rolini kuchaytirish va davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishning noinflyatsion mexanizmini ta’minlash imkonini berdi.

1-jadval

Xususan, byudjet xarajatlaridagi katta ulush ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoyalashga to‘g‘ri keladi va u o‘sib borish tendensiyasiga ega (2004 yilda – 47,6%, 2010 yilda – 59,1%). Bu O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish modeli – ijtimoiy yo‘naltirilgan model ekanligi bilan izohlanadi va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining chuqurlashib borayotgan sharoitda uning ta’sirini yumshatish va bartaraf etish maqsadida mamlakat hukumati byudjetning ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan xarajatlarni oshiradi.




Yüklə 281,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin