2.2 Mustaqillik yillarida MDH mamlakatlari byudjet siyosatining
taqqoslama tavsifi
MDH mamlakatlari byudjet tizimining o’ziga xos xususiyatlari milliy iqtisodiyotda davlat sektori ishtirokining turlicha ekanligidan dalolat beradi. MDH mamlakatlarining ko’pchiligida YaIM bo’yicha davlat boshqaruvi sektori daromadlari 30% ni tashkil etadi, lekin Armanistonda bu ko’rsatkich biroz pastroq, Rossiya, Belarus, Ukraina, Moldova va O’zbekistonda esa yuqoriroq. MDH mamlakatlari orasida nisbatan yuqori rivojlangan mamlakatlarda “davlat ko’lami” ning yuqori bo’lishi Vagner qonuniga ( Bu qonun davlat xarajatlari ulushining mamlakat iqtisodiy rivojlanishi darajasiga ijobiy ta”sir ko’rsatishi bilan xarakterlanadi) mos keladi. Umuman olganda, MDH mamlakatlarining byudjet tizimi quyidagi prinsiplarga mos keladi: Birinchidan, birinchi va uchinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda iqtisodiyotda davlat ulushi yuqoriroq, bu yuqori ijtimoiy majburiyatlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Ikkinchidan, uglevodorod eksport qiluvchi mamlakatlar uchun aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM va byudjet daromadlari o’rtasidagi bog’liqlik boshqa guruh mamlakatlariga nisbatan pastroq va bu o’z navbatida daromadlarning yuqoriligi bilan izohlanadi.
MDH mamlakatlarida o’rtacha soliq yuki ko’rsatkichi 2011- yilda 21,5% ni tashkil etdi. Xarid qobiliyati bo’yicha aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM o’rtacha bo’lgan mamlakatlarda soliq yuki katta ahamiyatga ega. Shu bilan birgalikda mazkur ko’rsatkichning notekis taqsimlanganligi mamlakatlarni ikki guruhga ajratishga imkon beradi. Birinchi guruhga YaIM da soliq daromadlari 20% dan kamni tashkil etuvchi mamlakatlar, ikkinchi guruhga esa YaIM dagi daromadlari ulushi 25% dan ko’p bo’lgan mamlakatlar kiradi. Regionlar bo’yicha soliq tizimi katta farqqa ega emas, faqat umumiy soliq daromadlarida boshqa soliqlarning ulushi boshqa mamlakatlarda yuqori. Bu ko’plab mayda soliq va yig’imlarni o’z ichiga oluvchi murakkablashgan soliq tizimining natijasidir. Soliq-byudjet sohasida oxirgi o’n yillikda o’tkazilgan islohotlar mamlakatlar soliq tizimining bioroz bo’lsada soddalashuviga olib keldi, lekin tizimning murakkabligi byudjet-soliq siyosatining samaradorligini ifodalaydi, ma’muriy xarajatlarning oshishiga olib keladi.
2008-2009- yillardagi inqiroz MDH mamlakatlarida davlat boshqaruv sektori daromadlarining qisqarishiga olib keldi. 2009- yilda MDH mamlakatlarining ko’pchiligi byudjet daromadlari hajmining qisqarishi muammosiga duch keldi. YaIM da daromadlarning ahamiyatli darajada qisqarishi Belorussiyada 5% va Rossiyada 4% yuz berdi, Moldova esa inqirozga boshqa davlatlardan oldinroq, ya’ni 2007- yilda duch kelgan edi, Ozarbayjonda esa YaIM bo’yicha daromadlar hajmining qisqarishi faqat 2010- yilda yuz berdi. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar inqiroz davrida daromadlar hajmining qisqarishini bartaraf etish maqsadida zahira fondlari mablag’laridan faol foydalanishdi. Armanistonda daromadlar YaIM hajmiga proporsional ravishda qisqardi. 2012-yilga kelib MDH mamlakatlarining ko’pchiligi (Moldovadan tashqari) daromadlar hajmini barqarorlashtirishga erishdi. 2011-yilda oldingi yilgs qaraganda daromadlarning foizlarda o’sishi kuzatildi.
MDH mamlakatlarining ko’pchiligi budjet xarajatlari hajmini ko’paytirib, kontrsiklik byudjet siyosatining tanazzulga yuz tutishiga sababchi bo’ldi. Rossiya, Qozog’iston, Ozarbayjon va Turkmanistonda xarajatlar hajmining o’sishi maxsus fondlarda (bu fondlarga uglevodorod eksportidan tushgan daromadlar kirgan) o’sish davrida jamg’arilgan mablag’lar hisobiga to’ldirilgan. Masalan, Qozog’istonda YaIM ga nisbatan xarajatlarning o’sishi sezilarli darajada bo’lmagan, lekin ijtimoiy himoyaga ajratilgan xarajatlar oshgan. Diversifikatsiyalashgan iqtisodiyotga ega mamlakatlar va iqtisodiyoti nisbatan katta bo’lmagan mamlakatlarda xarajatlar o’sishi moliyalashtirish hajmining o’sishi hisobiga amalga oshirilgan. Masalan, Belorussiyada inqirozgacha bo’lgan davrda davlat sektorining ko’lami maksimal darajada bo’lgan edi, 2009-yilda byudjetni moliyalashtirish siyosati olib borildi. 2010-yilda esa xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan siyosat YaIM ning o’sishiga olib kelgan bo’lsa ham, to’lov balansining inqirozga yuz tutishiga sabab bo’ldi. Valyutani devalvatsiya qilish hisobiga amalga oshirilgan navbatdagi chora-tadbirlari esa nominal o’sishda xarajat majburiyatlarining qisqarishiga olib keldi.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, MDH mamlakatlarida xarajatlar hajmining o’sishiga iqtisodiy omillar bilan bir qatorda, siyosiy omillar ham ta’sir ko’rsatadi.
Rossiya Federatsiyasi byujet tizimining asosiy xarakteristikasi va ko’rsatkichlari quyidagi jadvalda rossiya federatsiyasing 2013 yilgi va 2014-2015 yiliga bashoratini ko’rishimiz mumkin.unga kora daromadlar qismi 2012 yilga yim nisbatan 36,6-36,2%% к 2014 yilgamo’ljal;langan bashoratga ko’ra xarajatlar qismi YIM nisbatan 37,9% dan35,9% kamaygan.(2.2.1- jadval ).
Dostları ilə paylaş: |