Byudjet tashkilotlarining xarajatlarini guruhlashuvi11
Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin davlat byudjet tizimida juda katta islohotlar olib borildi. Xususan, davlat byudjeti mablag‘larining yo‘nalish mexanizmi ishlab chiqildi. Mustaqillikdan keyingi yillarda davlat byudjeti mablag‘lari yo‘nalish mexanizmining takomillashuv tendensiyalari iqtisodchilar tomonidan quyidagicha klassifikatsiya qilinadi:
Fiskal bosqich (1991-1995 yillar). Bu davrda Davlat byudjeti mablag‘larining yo‘naltirilish tarkibida quyidagi o‘zgarishlar yuz berdi:
1) mustaqillikni e’lon qilgan davlatning funksiya va vazifalari kengayishidan va bozor islohotlarining chuqurlashuvidan kelib chiqadigan byudjet xarajatlarining yangi qismlari. Bu xarajatlar mudofaa, tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoliyat va boshqalar bilan bog‘liqdir.
2) Davlat byudjetining ijtimoiy-madaniy tadbirlarga, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoyaga xarajatlari o‘sib borib, davlat byudjeti xarajatlarining 50%dan oshib ketdi. O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish modeli qabul qilinganligi Ushbu xarajatlar ulushining kattaligini asoslaydi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti quyidagi prinsiplarga asoslanadi: iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi; davlat bosh islohotchi ekanligi; qonunning ustuvorligi; kuchli ijtimoiy siyosat olib borilishi; islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.
3) Iqtisodiyotga qilinayotgan xarajatlar qisqarib bordi, xususan, bu hol yangi mulk shakllarining paydo bo‘lishi, ko‘p ukladli iqtisodiyotning rivojlanishi va davlat korxonalari ulushining qisqarishi evaziga yuz berdi.
4) O‘tish davrida davlat byudjeti xarajatlari siyosati takomillashib bordi. Xususan, moliya resurslarini ma’muriy-hududiy tarmoq taqsimoti usulidan xalqaro tamoyil va me’yorlarga asoslangan byudjet boshqaruviga o‘tildi.
Dostları ilə paylaş: |