XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 53 -
Ko'mir yoqish natijasida esa zavodlar mamlakat energetikasining to'rtdan bir
qismini ta'minlaydi. Atom generatorlari esa umumiy energiya resurslarning o'ndan
bir qismini o'z ichiga oladi va qayta tiklanadigan energiya manbalari 13 foizini
tashkil qiladi.
Minerallar
Amerika Qo'shma Shtatlari dunyoning eng yaxshi qayta ishlanadigan katta
miqdorda tabiiy zaxiraga ega bo‘lgan neft qazib oluvchisidan biri hisoblanadi.
Mamlakat 1990-yillardan boshlab slanetsiz gazni gorizontal burg'ilash
va gidravlik
boyitish orqali yuqori samaradorlikka erishib kelmoqda (Ohangda, Pensilvaniya va
G'arbiy Virjiniya).
AQSh
jahondagi yetakchi ko'mir eksport qiluvchilardan biri
hisoblanadi. Ko'mir konlari asosan Appalachian tog'larida va Vayomingda
joylashgan. G'arbiy Virjiniya va Kentukkida bitumli ko'mirning deyarli yarmi ishlab
chiqariladi. Pensilvaniya esa mamlakatning yagona antrasitini qazib oladi. Illinoys,
Indiana va Ogayo shtatlari ko'mir qazib oladigan
eng asosiy hududlaridan
hisoblanadi.
Temir rudasi asosan Minnesota va Michigan shtatlarida qazib olinadi.
Qo'shma Shtatlarda mis, magniy, qo'rg'oshin va ruxning muhim zahiralari mavjud.
Mis qazib olish Arizona, Yuta, Montana, Nevada va Nyu-Meksikadagi tog'li
shtatlardan olinadi. Ruxning asosiy zahitalari Tennessee, Missuri, Idahoda qazib
olinadi. Qurg'oqlarni qazib olish bo‘yicha Missuri shtati yetakchilik qiladi.
AQSh
da
qazib olanadigan boshqa metallar oltin, kumush, molibden, marganets, volfram,
boksit, uran, vanadiy va nikel hiosblanadi. Neft (Meksika qo‘ltig‘i sohilidagi Galf,
Kaliforniya, Alyaska), tabiiy gaz va oltingugurt (Galf), ko‘mir (Appalachi va
Markaziy havzalar), temir ruda (Yuqori ko‘l atrofi), fosforit (Florida), uran, rangli
metallar, kaliy tuzlari qazib olinadi. Qora metallurgiyaning asosiy markazlari -
Chikago, Pittsburg, Detroyt, Klivlend, Buffalo, Baltimor,
Filadelfiya hududlari
hisoblanadi.
Fosfatlar, kaliy, oltingugurt, tosh va gillardan iborat muhim metall bo'lmagan
minerallar mamlakat sanoating yetakchiaektorlarini rivojlantirishga o‘z hissasini
qo‘shadi, ayniqsa aerokosmonavtika (NASA) loyihalari hisoblanadi.