Xulosa foydalanilgan adabiyotlar


natija. Vatarning o‘rtasidan o‘tuvchi diametr shu vatarga perpendi- kulardir. natija



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə10/12
tarix27.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#199049
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
aylana dars

natija. Vatarning o‘rtasidan o‘tuvchi diametr shu vatarga perpendi- kulardir.

  • natija. Vatarning o‘rta perpendikulari aylananing diametri bo‘ladi.

    Bu natijalarni isbot qilish o‘zingizga havola qilinadi.

    1. masala. Diametr eng katta vatar ekanini isbotlang.

    Yechish. O markazli va R radiusli aylana hamda diametrdan farqli ixtiyoriy AB vatar berilgan bo‘lsin (2- rasm). OA va OB kesmalarni o‘tkazamiz. AOB uchburchakda AB tomon qolgan ikki tomon yig‘indisidan kichik, ya’ni AB < OA + OB = R + R = 2R. Demak, AB vatar diametrdan kichik bo‘ladi.

    1. masala. A nuqta R radiusli aylanadan tashqarida va bu aylananing O markazidan d masofada joylashgan. A nuqtadan shu aylanadagi nuqtagacha bo‘lgan eng qisqa masofa qanchaga teng?


    Yechish. B – aylananing OA kesma bilan kesishgan nuqtasi bo‘lsin (3- rasm). AB masofa A nuqtadan aylanadagi nuqtalargacha mumkin bo‘lgan masofalar ichida eng kichigi ekanini ko‘rsatamiz. Haqiqatan ham, ayla- nanaing istalgan C nuqtasi uchun AB + BO < AC + CO tengsizlik bajariladi. BO = CO = R ni e’tiborga olib, oxirgi tengsizlikdan AB < AC tengsizlikni hosil qilamiz. AO = d va BO = R ni hisobga olsak, izlanayotgan eng qisqa masofa AB kesmaning uzunligiga, ya’ni d R ga teng ekani kelib chiqadi.
    4-§. “Aylana. Markaziy burchak” mavzusida bir soatlik noan`anaviy dars ishlanmasi
    Darsning texnologik xaritasi



    Mavzu

    AYLANA. MARKAZIY BURCHAK

    Darsning maqsadlari
    Ta’limiy

    Tarbiyaviy


    Rivojlantiruvchi

    Aylana, aylananing radiusi, diametri, vatari, aylana yoyi, markaziy burchak haqida bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish
    O`quvchilarga axloqiy sifatlarni shakllantirish, o`zaro hurmat, hamkorlik, faollik,ishchanlik, tartiblilik, madaniyatlilikka o`rgatish, mavzu orqali o`quvchilarni yetuk inson qilib tarbiyalash
    O`quvchilarning geometriyaga oid qiziqishlarini rivojlantirish, ularning mustaqil va erkin fikrlash malakasini, tafakkur, xotira, idrok, tasavvur mashqini rivojlantirish

    Dars turi
    Dars usuli
    Darsning jihozi
    Darsni metodik baholash

    Yangi bilim beruvchi.
    Interfaol metodlar
    Darslik, tarqatma materiallar, ko’rgazma, doska, videoproyektor
    Reyting tizimida

    Dars jarayoni va texnologiyasi

    Ishning nomi

    Bajarilayotgan ishlar mazmuni

    Metodi

    Vaqt
    (daqiqa)

    1-bosqich.
    Tashkiliy qism

    Salomlashish. Davomatni aniqlash. O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.

    Savol-javob

    3

    2-bosqich.
    Uyga vazifalar ko’rib chiqish

    Mavzuga oid savollar beriladi.

    Savol-javob, suhbat

    6

    3-bosqich.
    Yangi mavzuni o’zlashtirish

    Mavzu haqida tushuncha beriladi.
    Masalalar yechtiriladi.

    Klaster, tushuntirish

    15

    4-bosqich.
    Egallangan bilimlarni mustahkamlash

    O’quvchilarga boshqotirmalar yechtiriladi.

    Didaktik o’yinlar

    15

    5-bosqich.
    Darsga yakun yasash, uyga vazifa berish

    Yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Boshqotirmalar yechtiriladi. O’tilgan mavzu mustahkamlanadi. Uyga vazifa tushuntiriladi.

    Boshqotir-malar

    4

    6-bosqich.
    Bilimlarni nazorat qilish va baholash

    Darsga faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi.

    Savol-javob

    2


    Yüklə 1,45 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin