Xulosa va takliflar


Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə12/13
tarix21.06.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#133837
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Iqtisodiy o’sish va milliy boylik

Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:
1. Moddiy buyumlashgan boylik.
2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.
Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarish-ning, unumli mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish-da yaratilgan mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg’arish oqibatida vujudga keladi va o’sib boradi.
Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig’indisi sifatida tasavvur qilish noto’g’ri bo’lur edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o’rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg’arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o’sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning hajmini birinchi bor Angliyada 1664 yilda U. Petti hisoblagan. Bu kursatkich Fransiyada 1789 yilda, AQSHda 1805 yilda va Rossiyada 1864 yilda hisoblangan. O‘zbekiston Respulikasi milliy boyligining hajmi 1991 yil 1 sentyabrdan hisoblana boshlandi. Umuman, Evropada qo‘llanadigan MXT konsepsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi milliy boyligi quyidagilardan tashkil topadi14.
1) Tabiiy resurslar.
2) Inson mehnati tufayli yig‘ilgan moddiy boyliklari.
3)Moliyaviy resurslar.

Xulosa va takliflar
Xulosa qilib aytganda, O’sish iqtisodiy maqsadni belgilab beradi. Umumiy mahsulotni aholiga nisbatan kengayishi ish-haqilarni o’sishiga olib keladi va shuning bilan birgalida aholining turmush darajasini ko’tarilishiga sababchi bo’ladi. Yuqori o’sish bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot kishilar ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga va ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolarni hal etishga imkoniyat yaratadi. O’z navbatida, ish haqilarni oshishi kishilarga ko’proq dam olish, shaxsiy kompyuterlarni sotib olish va oily ta’limda tahsil olish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi. Tobora yuksalib borayotgan iqtisodiyot aholini kam ta’minlangan qatlamini ahvolini yaxshilash, san’atni rivojlantirish va atrof-muhitni himoya qilish kabi muammolarni hal etishda yordam beradi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko’p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari

  1. O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi 2002-yil 5-apreldagi Qonuni

  2. O’zbekiston Respublikasining “Valutani tartibga solish to’g’risida”gi Qonuni

  3. O’zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi 2008-yil 22-iyuldagi Qonuni

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari

    1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ- 475-sonli “Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori

    2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618- sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi qarori

    3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-iyuldagi PQ-670- sonli “Banklaming kapitallashuvinin yanada oshirish va iqtisodiyotni modemizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori

    4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726- sonli “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo’sh pul mablag’larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori

    5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 26-noyabrdagi PQ- 1438-sonli “2012-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi qarori


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin