tu rg an b arch a narx turlari narx tizim ini tashkil etadi. N arx lar
tizimida ularning ayrim turlarining
iqtisodiy mazmunini
qisqacha
q arab
chiqamiz.
Ulguiji narxlar. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta
partiyadagi tovarlar bir yoMa ko‘tarasiga sotilganda ulgurji
narxlardan foydalaniladi. Ulgurji narxlar
ishlab chiqaruvchilar
va ta ’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda
ularning ma’lum miqdorda foyda ko'rishini ta ’minlashi zarur.
Ulgurji
narxlar tovar biijalari va savdo uylarida ham
qoMlaniladi.
Shartnoma narxlar. Bu sotuvchi
va xaridorning roziligi
bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada
qayd
qilingan
narxlardir.
Shartnoma
narxlar
odatda,
shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o ‘zgarmaydi.
Mazkur
narxlar ham milliy, ham xalqaro bozorda qo‘llaniladi.
U xalqaro bozorda qoMlanilganda tovar (xizmat)larning jahon
narxlariga yaqin turadi.
Chakana narxlar. Bu narxlarda tovarlar bevosita iste'-
molchilarga sotiladi. Chakana narxga tovarning ulgurji narxi,
chakana
savdo
tashkilotlarining
xarajatlari
va
ularning
oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga boMgan talab
va taklifni bogMovchi rolni o‘ynaydi
hamda ularning nisbatiga
qarab yuqori yoki past boMishi mumkin.
Davlatning narxlarni tartibga solishlik faoliyati chega-
ralangan
(limitlangan)
va
dotatsiyali
narxlarni
vujudga
keltiradi.
Chegaralangan narxlarda davlat
narxlarning yuqori
va quyi chegarasini belgilaydi, ular shu doirada o ‘zgarishi
mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflyatsiyani
jilovlaydi, narxlarni nazorat qiladi.
Dotatsiyalangan narx — bu
davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlardir.
Bunday narxlardan
kam daromadli oilalar, beva-bechoralar,
ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur ne’matlar bilan eng kam
darajada ta ’minlab turishda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: