va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda
o'sishi yoki tovar hamda xizmatdagi sifat ko'rsatkichlarining
o'sishi ushbu tovar narxining oshishiga olib keladi.
Masalan, avtomobil dvigatelida
ot kuchining oshishi,
saloni, boshqaruv tizimi va tezligida boMgan o'zgarishlar uning
narxi oshishiga sabab boMadi. Chunki shu o'zgarishlar bilan
bir vaqtda, unga sarflangan xarajatlar ham oshgan boMadi.
Bunday ikki tomonlama o'zgarishlar
natijasida narxlarning
o'zgarishi hamma tovarlar va xizmatlarga xosdir. Narx tovar
va xizmatlardagi ikki xususiyatning puldagi ifodasi sifatida.
ularning o'zgarishi natijasida o'zgaradi.
Shuning uchun real hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi
ikki xil xususiyat o'zgarishlari ularning
hajmini hisoblashda
ikki xil narxda hisobga olinadi (
2
-chizma).
Dostları ilə paylaş: