Xususiyatlari


-§. Raqobatning turli ko‘rinishlari sharoitida narxning



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix05.05.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#107728
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
narx

3-§. Raqobatning turli ko‘rinishlari sharoitida narxning 
shakllanish xususiyatlari
Narxning shakllanishiga bozorning holati bevosita ta ’sir 
ko‘rsatadi, chunki narxning shakllanishida bozordagi talab va 
taklif nisbati asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra, 
talab va taklif miqdoriga ta ’sir ko‘rsata olish imkoniyati tufayli 
bozordagi raqobatning turli ko'rinishlari farqlanadi. M ukam- 
mal raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi (yoki sotuvchi) 
hamda iste’molchi (yoki xaridor)larning soni juda ko‘p boMib, 
ularning ishlab chiqarish hajmini o ‘zgartirish orqali narx 
shakllanishiga ta ’siri umuman sezilmaydi. 
Nomukammal 
raqobat sharoitida esa, ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) yoki 
iste’molchilar (xaridorlar)dan birining soni cheklangan boMishi
291
www.ziyouz.com kutubxonasi


ularning bozordagi ishlab chiqarish hajmiga va pirovardida bo- 
zordagi 
narxning shakllanishiga 
sun’iy 
ta ’sir 
ko'rsatish 
imkonini beradi. Bunday raqobat turli darajalaridagi narxlarn- 
ing shakllanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.
Shu sababli, biz quyida mukammal raqobat, sof mo- 
nopoliya, oligopoliya va monopsoniya sharoitida narxlarning 
shakllanish xususiyatlarini ko'rib chiqamiz.
Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin 
raqobat kurashi sharoitida narxning tashkil topish xususiyat­
larini tadqiq etgan dastlabki iqtisodchilardan biri A.Marshall 
hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi jarayoniga 
qadar ikki xil, ya’ni sotuvchi va xaridor narxlari mavjud 
boMadi. Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi da- 
rajalari mavjud. Sotuvchi o ‘z tovari narxining imkon qadar 
yuqori boMishidan manfaatdor, chunki bunday narx uning 
foydasi hajmini oshiradi. Biroq erkin raqobat sharoitida narxni 
boshqalardan yuqori darajada belgilashga intilish mazkur sotu- 
vchining bozordan siqib chiqarilishiga olib kelishi mumkin. 
Sotuvchi narxining eng past darajasi shu tovarni ishlab chiqar­
ish uchun ketgan xarajatlarni qoplashi kerak. Xaridor tovarni 
eng past narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqo- 
batli bozor sharoitida uning ham tovar sotib ololmay qolish 
xavfi mavjud boMadi. Xaridor narxining yuqori darajasi esa, 
Marshall ta ’biricha, so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga teng 
boMishi kerak.
Sotuvchi va xaridor o'rtasidagi qulay narxga erishish bora- 
sidagi kurash har ikki narxning mosligi ta’minlangunga, ya'ni 
bozor narxi paydo boMgunga qadar davom etadi. Shunday 
qilib, sotuvchining narxi tomonidan ishlab chiqarish xarajat- 
lari, xaridor narxi tomonidan esa, so‘nggi qo'shilgan miqdor 
nafliligi maydonga tushib, ularning nisbati asosida bozor narxi 
paydo boMadi. Bu holatni Marshall shunday ifodalaydi: «ishlab 
chiqarish xarajatlari» prinsipi hamda «so‘nggi qo'shilgan na­
flilik» prinsipi, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy qon-
292
www.ziyouz.com kutubxonasi


unining tarkibiy qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychin- 
ing bitta kesuvchi tomoniga qiyoslash mumkin
».1
Shu o ‘rinda, biz tomondan IV bobda bildirilgan fikr- 
mulohazalami yana bir bor esga olish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Ya’ni mukammal raqobatli bozor sharoitida 
narxning 
shakllanishida 
talab 
va 
taklifning 
ta ’sirida, 
A.Marshall ta ’kidlaganidek, so'nggi qo'shilgan naflilik va ish­
lab chiqarish xarajatlari emas, balki ijtimoiy-zaruriy naflilik va 
ijtimoiy-zaruriy mehnat sarflari yotadi.
Talab va taklifning muvozanati mukammal raqobat bozori- 
dagi narxning shakllanishiga muvofiq keladi (4-chizma).
Chizmadan ko'rinadiki, faqat narxning P
e
darajasidagi ta­
lab miqdoriga ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif miqdori 
muvofiq keladi. Narxning bu darajadan har qanday pasayishi 
talabning taklifdan oshib ketishini, narxning bu darajadan har 
qanday yuqori bo'lishi esa, taklifning talabdan oshib ketishini 
keltirib chiqaradi.
Narxning Рд darajasidagi holat uzoq vaqt mavjud bo'la 
olmaydi. Chunki tovarlarning sotilmay, to'planib qolishi bilan 
sotuvchilar o'rtasidagi raqobat kuchayib, ular o'z tovarlarini 
tezroq sotish maqsadida narxni tushira boshlaydilar.
1 A .M arshall. Prinsipi ekonom icheskoy nauki. V 3 t. М.: 1993. T .III. S. 282.
293
www.ziyouz.com kutubxonasi


Narxning Рв darajasidagi holat ham barqaror turmaydi. 
Chunki bu holatda talab taklifdan oshib ketib, tovarlar 
taqchilligi boshlanadi. Taqchil tovarga ega boMish uchun bir- 
biri bilan raqobatga kirishgan xaridorlar uning narxini oshirn 
boshlaydilar.
Bozordagi yagona muvozanatlashgan, nisbatan uzoq vaqt 
barqaror amal qiluvchi narx sifatida talab hajmi taklif hajmiga 
muvofiq kelgan holdagi narx P^ maydonga tushadi. Raqobat- 
lashuv asosida paydo boMgan muvozanat doimo talab va taklif 
egri chiziqlarining kesishuv nuqtasida joylashadi. Muvozanat 
narxi har doim ham darhol, bir zumda tarkib topmaydi. Unga 
erishishda toki talab va taklif muvozanatga kelgunga qadar 
narx atrofidagi tebranishlarni o‘z ichiga oluvchi maMum davr- 
lar lozim boMishi mumkin.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin