Respublikada bitta shahar - Toshkent respublikaga bo'ysunuv-
chi yagona shahardir. Shuning uchun ham u n in g maqomi viloyat-
larga tenglashtirilgan.
Respublikamizda, shuningdek Q oraqalpog'iston Respublikasi-
da viloyatga bo'ysunuvchi shaharlar tu rk u m ig a,
qoida tariqasida,
aholisi kamida o'ttiz ming bo'lgan, m u ayyan m a ’muriy ahamiyat
kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va m adaniy m ark a zlar deb hisob
langan shaharlar kiritilishi mumkin.
Ya'ni, shahar viloyat buysunuvidagi sh a h a r bo'lishi uchun, u
m a ’lum miqdorda aholiga ega bo'lishi kerak; u muhim m a ’muriy
ahamiyat kasb etishi kerak; madaniyat o'chog'i bo'lishi, iqtisodiy
rivojlanish istiqboli bo'lishi zarur.
Shaharlarni viloyat bo'ysunuvidagi sh ah arlar tu rk u m iga kiri-
tish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat
hokim larining iltimosno-
masiga asosan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ah k am a sin in g
taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan am alga oshiriladi.
Qoraqolpog'iston Respublikasida shaharlarni respublika bo'y
sunuvidagi shaharlar turkum iga kiritish, ularni qayta tuzish Q ora
qalpog'iston Respublikasi hukum atining taklifiga muvofiq Jo'qorg'i
Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman bo'ysunuvidagi shaharlar turk u m ig a, qoida tariqasida,
kamida yetti ming aholisi bo'lgan, sanoat korxonalari va rivoj-
langan infrastrukturasi
mavjud shaharlar, aholi punktlari kiritilishi
mumkin. Shahar yoki aholi punktini shunday tu rk u m g a kiritish
uchun u ma’lum miqdorda aholiga ega bo'lishi, iqtisodi normal
rivojlangan bo'lishi va tegishli rivojlanishni ta ’minlaydigan dara
jada infrasrukturasiga ega bo'lishi kerak.
Shahar, shaharcha, aholi puktlarini tu m a n bo'ysunuvidagi
shaharlar turkum iga kiritish, ularni qayta
tuzish tegishli viloyat
hokimlarning iltimosnomasiga asosan O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar M ahkam asining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan
amalga oshiriladi. Bu masala Qoraqalpog'istonda tegishli tum an
hokimining iltimosnomasiga asosan Q oraqalpog'iston Respublikasi
hukum atining taklifiga muvofiq Jo'qorg'i Kenges tomonidan am al
ga oshiriladi.
266
www.ziyouz.com kutubxonasi
Karnida ikki m ing aholisi bo'lgan, sanoat korxonalari,
quri-
lishlar, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqi-
nida joylashgan aholi punktlari shaharchalar turkum iga kiritilishi
mumkin. Bu masala tegishli tum an hokimlarining iltimosnomasi-
ga asosan Q oraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq
deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan hal qilinadi.
O 'zbekiston Respublikasi m a’muriy-hududiy tuzilishini belgi-
lashga qaratilgan munosabatlarda m a’muriy-hududiy birliklar va
aholi
punktlarig a nom berish, nomini o'zgartirish tartiblari ham
mazkur qonun bilan tartibga solinadi.
Q o n u ng a binoan, viloyatlar, tumanlar, shaharlarga nom be
rish va u la rn in g nomini o'zgartirish tegishli viloyat hokimlarining
iltimosnomasiga asosan Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqolpog'iston Respublikasida tum anlar va shaharlarga
nom berish va ularning nomini o'zgartirish
tegishli tuman, sha-
har hokim larining iltimosnomasiga asosan Jo'qorg'i Kenges tomo
nidan am alga oshiriladi.
Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish
va u larn in g nomini o'zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlari
ning iltimosnomasiga ko'ra xalq deputatlari viloyat Kengashi tomo
nidan, Qoraqolpog'istonda - Jo'qorg'i Kenges tomonidan amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: