XIX bob. Qoraqalpog'iston Respublikasi
]-§. Qoraqalpog' iston Respublikasining huquqiy maqomi
O 'zb ek iston n in g haqiqiy su v eren itetig a ega bo'lishi, musta-
qillikka erishishi O 'zbekistan va Q o raqalpog'iston Respublikalari
m unosabatida ham o'z aksini topdi. U lar o 'rtasid agi
munosabat-
ning asoslari qabul qilingan hujjatlarda belgilab olindi.
Bu masalaga 1990-yil iyun oyida qabul qilingan "O 'zbekiston
Respublikasining suvereniteti to'g'risidagi D eklaratsiya” , 1990-yil
14-dekabrda qabul qilingan “Q oraqalpog'iston davlat suvereni
teti to'g'risidagi D eklaratsiya”larda alohida e ’tibor berildi va
O'zbekiston hamda Q oraqalpog'istonning am aldagi Konstitutsi-
yalarida Q oraqalpog'istonning
huquqiy maqomi, har ikkala res
publika o'rtasidagi m unosabat asoslari m u s ta h k a m la b qo'yildi.
K onstitutsiyaning 70-moddasida: “S u veren Q oraqalpog'iston
Respublikasi O'zbekiston Respublikasining tarkibiga kiradi. Q ora
qalpog'iston Respublikasining suvereniteti O 'z b ek isto n R espub
likasi tomonidan muhofaza etiladi” , - deb m u s ta h k a m la n g a n .
K onstitutsiyaning bu moddasi:
- Qoraqalpog'istonni suveren respublika ekanligini belgilay-
di va e ’tirof etadi;
- u O'zbekiston tarkibiga kirganini ko'rsatadi; Q oraqalpog'is
tonning suvereniteti O'zbekiston tom onidan muhofaza qilinishini
belgilaydi. Shu holat bilan O 'z bekiston o'ziga katta m a s ’uliyatni
oladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining huquqiy maqomi, suve-
renitetga egaligini tasdiqlovchi norm alar ham O 'z b ekisto n va
Qoraqalpog'iston Konstitutsiyalarida m u s ta h k am lan g an . Bular:
- Qoraqalpog'iston Respublikasining o'z K onstitutsiyasiga
egaligi. Chunki, Konstitutsiya har qanday d avlatning suverenligi-
ni ko'rsatuvchi asosiy shart (K onstitutsiyaning 71-moddasi);
- Qoraqalpog'iston Respublikasi o'z Konstitutsiyasini o'z
ixtiyori bilan xalq xohish-irodasiga mos ravishda hech kimning
aralashuvisiz Oliy hokimiyat organida qabul qilgan;
268
www.ziyouz.com kutubxonasi
Q o raq alp o g iston Respublikasi o'z
hududiga va chesrarasi-
ga ega;
- Q o raq alp o g 'isto n Respublikasining hududi va chegaralari
uning roziligisiz о zgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpog'iston
Respublikasi o'z m a ’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil
hal qiladi (K o n stitu tsiy an in g 73-moddasi);
- Q oraqalpog'iston Respublikasi o'zining Oliy hokimiyat or-
ganlariga ega va ularni tashkil qilish o'z Konstitutsiyasiga m u
vofiq am alga oshiriladi.
Q o raq alp o g'isto n n in g suverenligini belgilovchi en g muhim
qoida Q o raqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi
tarkibidan Q oraqalpog'iston Respublikasi xalqining umum iy refe
rendum! asosida ajralib chiqish huquqiga egaligidir (Konstitutsi
yaning 74-moddasi).
Q o raqalpog'iston Respublikasining
ajralib chiqish huquqi
mavjudligi xalq o'z taqdirini o'zi hal qilish imkoniyatiga egaligini
ko'rsatadi.
Q o raqalpog'iston Respublikasining 1993-yil 9-aprelda qabul
qilingan K onstitutsiyasining 1-moddasida, Qoraqalpog'iston Res
publikasi O 'zb ek isto n tarkibidagi suveren demokratik Respub
lika ekanligi ko'rsatilib, O'zbekiston va Qoraqalpog'istonning
o'zaro m u nosabatlari asoslari, Qoraqalpog'istonning O'zbekiston
tarkibidan ajralib chiqish huquqini saqlab qolganligi mustahkam-
lab qo'yilgan. Qoraqalpoq tili o'zbek tili bilan birga davlat tili
sifatida belgilangan.
Q oraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasini ko'radigan
bo'lsak, u O'z-bekiston Konstitutsiyasiga mos kelishi bilan bir
ga ayrim masalalarni
mustaqil hal qilgan, bu esa respublikaning
mustaqil huquqlari mavjudligini bildiradi.
Jum ladan:
- Respublikaning qonun chiqaruvchi organi Jo'qorg'i Kenges
deb, qoraqalpoq tilida talqin qilinishi;
- Konstitutsiyasining 3-moddasida davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarining tizimini mustaqil belgilash ko'rsatilgan
shu asosda, Qoraqalpog'iston Respublikasida eng yuqori lavo-
zim — Q oraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg i
Kengesi Raisi deb
belgilangan va u Jo'qorg'i Kenges tomonidan, uning deputatlari
269
www.ziyouz.com kutubxonasi
orasidan yashirin ovoz berish yo'li bilan J o 'q o rg 'i Kenges vakolati
muddatiga saylanishi belgilangan;
- Qoraqalpog'istonning oliy ijro organi sifatida Qoraqalpo
g'iston Respublikasining Vazirlar Kengashi belgilangan va Vazirlar
Kengashi Jo'qorg'i Kenges tomonidan tuzilishi tartibi o'rnatilgan;
- Qoraqalpog'iston Respublikasi
sud hokimiyati tizimida
Konstitutsiyaviy sud bo'lishi nazarda tu tilm a g a n va konstitu
tsiyaviy nazoratni am alga oshiruvchi K onstitutsiyaviy nazorat
qo'mitasi tashkil qilingan;
- Q oraqalpog'iston R espublikasining P rokurori va uning
o'rinbosarlari O 'z bekiston Bosh prokurori bilan kelishilgan holda
Qoraqalpog'iston Jo'qorg'i Kengesi tom onidan lavozimiga tayin-
lanashi va vazifasidan ozod qilinishi tartibi o 'rn atilg an .
Bulardan
tashqari, Oliy Majlis S enati R aisining bitta o'rinbo-
sari, albatta, Q oraqalpog'iston vakili bo'lishi kerakligi, O 'zbekiston
Respublikasi Vazirlar M ahkam asi tarkibiga Q oraqalpog'iston
Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi lavozimi bo'yicha kirishi
Q oraqalpog'iston huquqiy maqomini k o 'rsatu vch i holatdir. Bular
orqali Qoraqalpog'iston O 'zbekiston hayotida ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: