390
1913- yilda so‘nmas elektromagnit tebranishlar generatorining
kashf qilinishi radioaloqaning rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. Bu
generator yuqori sifatli radioaloqa — nutq va musiqani elektromag-
nit to‘lqinlar yordamida uzatish imkoniyatini yaratdi.
Radiotelefon aloqa. Radiotelefon aloqa ham shunga o‘xshash prin-
si pda ishlaydi. Òovush to‘lqinlarining
bosimi natijasida mikrofon
membranasi tebranma harakatga keladi va tovush tebranishlari shaklidagi
elektr tebranishlari vujudga keladi. Ammo bu to‘lqinlarni uzoq masofaga
uzatishning iloji yo‘q. Chunki tovush chastotasidagi tebranishlar juda
kuchsiz tebranishlar bo‘lib, bunday
chastotadagi elektromagnit
tebranishlar tarqalmaydi. Shuning uchun ham ular tarqatishdan ol-
din modulatsiyalanadi.
Sinov savollari
1. A. S. Popovning g‘oyasi nimadan iborat bo‘lgan? 2. U o‘zining birin-
chi radiopriyomnigini qachon yasagan va namoyish qilgan? 3. A.S. Popov
elektromagnit to‘lqinlarni sezuvchi asbob sifatida nimadan foydalangan?
4. Kogerrerdan nima maqsadda foydalanilgan? 5. Birinchi radiopriyomnik-
ning ish prinsipini tushuntirib bering. 6. Kogerrer qanday tuzilishga ega?
7. Kogerrerga elektromagnit to‘lqinlar kelganda qanday jarayon ro‘y beradi?
8. Kogerrer so‘zi qanday ma’noni anglatadi? 9. Popov
tajribalarida uning
qarshiligi qancha kamaygan? 10. Radiopriyomnikning sezgirligini oshirish
uchun Popov qanday ish tutgan? 11. Birinchi radioaloqa qancha masofada
o‘rnatilgan? 12. Keyingilari-chi? 13. Hozirgi radiopriyomniklar Popov
radiopriyomnigiga nimasi bilan o‘xshaydi, nima farqlari bor? 14. Radio-
aloqaning ish prinsipi? 15. Radiotelefon aloqa nima?
Dostları ilə paylaş: