Январь ойи



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə2/16
tarix23.09.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#64014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Katta g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Resurslar, ilovalar

Erkin faoliyat

Qurish-yasash va matematika

Qurilish
materiallaridan shahar
quramiz

Maktab,
bolalar
bog’chasini
quramiz

Yo’l va ko’priklar
quramiz (Uzun va
qisqa, keng va tor)

Qurilish
materiallari, lego
konstruktor, turli
kattalikdagi
g’ishtlar.

Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish

Mehmonda

Muzeyga
tashrif



Hayvonot
bog’iga
sayr

Niqoblar, yo’l
belgilari va
jihozlar.

Nutq va til

Vatan
mavzusidagi
surat
asosida
suhbat

O‘zbekistonning
qadimiy shaharlari
(Samarqand, Buxoro)
AKT

Toshkent - poytaxt
arxitekturasi (AKT)

Mavzu asosida
suratlar, AKT
materiallari.

Fan va tabiat

Suv va qumning
xususiyatlari

Quvnoq sharlar

Loy, qum, tosh, suv,
maxsus idishcha,
sharlar.

San’at markazi

Rasm:
O‘zbekiston
bayrog’ini
chizamiz

Rasm: «Mustaqillik
bayrami»
(ijodiy surat)

Applikatsiya:
Davlat gerbi

Oq va rangli
qog’ozlar, tabiat
materiallari.

Umumiy guruh bo’lib ishlash















SENTABR. BIRINCHI HAFTA «MENING JONAJON O‘ZBEKISTONIM»
Qurish, konstruktsiyalash va matematika
markazi
«Qurilish materiallaridan shahar kuramiz»
Maqsad: bolalar qurilish materiallari va turli kattalikdagi gishtlardan mustaqil uylar kura oladi.
Kerakli jihozlar va materiallar: kubiklar,
geometrik shakllar, dekorativ o’simliklar, shahar ko’rinishi taevirlangai suratlar.
Faoliyatnish borishi:
1. «Mening shahrim» mavzusidagi
suratlarni kuzatish.
2. Shahar qurilishi rejasini tuzish.
3. Mustaqil qurish ishlarini amalga
oshirish.
4. Do’sti bilan suhbatga kirishish.
5. Do’stining ishlarini tahlil etish va
rag’batlantirish.
Qo‘shimcha: tarbiyachi qurilish ishlarini bezatishda mayda Qo‘shimcha o’yinchoq, mashina va
gullardan foydalanishni taklif etadi.
Alohida e’tibor qaratiladi: jamoada ishlash,
shahar ko’rinishini tasavvur qilish malakasining shakllanishi.
Syujetli roll i o’yinlar va sahialashtirish
markazi
«Mehmonda...»
Maqsad: bolalar o’zaro munosabat va muomala
malakalarni shakllantiradi, mehmonga borish
odobini o’rganadi, mehmonlar orasida so’zlashish
madaniyatini va o’z lug’atlariga «mezbon» so’zini
kiritishadi.
Kerakli jihozlar va materiallar: mavzuga mos
barcha o’yinchoqlar, uy jihozlari, qo’g’irchoqlar,
Idishlar, oshxona anjomlari.
Faoliyatnish borishi:
1. O’yin borishini rejalashtirish.
2. Rollarni o’zaro taqsimlash.
3. Mehmonga borish.
4. Mezbon tomonidan mehmonni kutib olish.
5. Dasturxon bezatish.
6. Mehmonlar orasida o’zaro suhbat.
7. Turli taomlar tortish.
8. Biror bir o’yin o’ynash yoki kitob tomosha qilish.
9. Mehmonni kuzatish.
10. Uyni tartibga keltirish.
Qo‘shimcha: qo’shni guruhga mehmonga chiqish.
Alohida e’tibor qaratiladi: mehmonda o’zini
tutishi, «sehrli so’zlar»dan (iltimos, rahmat,
kechirasiz) foydalana olishi, o’z fikrini ifoda
etishiga ahamiyat beriladi.
Til va nutq markazi
«Ona Vatan» mavzusidagi surat asosida
suhbat
Maqsad: bolalar o’zlari yashab turgan Vatani,
shahri, ko’chasi, mahallasi haqida ma’lumotga
ega bo’lishi va ularni nomlashi, do’sti bilan hech
qanday to’siqlarsiz muloqotga kirisha olishi,
nutqini rivojlantirib, rasmlarni bir-biridan
farqlab, syujetni tahlil qila olishi, o’z fikrini bayon etib, ko’rganlarini xotirasida saqlashi va ularni ifodalab berishi lozim.
Kerakli jihozlar va materiallar: mavzu
asosida suratlar.
Faoliyatning borishi:
1. Rasmlarni tomosha qilish.
2. Rasmlarga qarab ularni bir-biridan
farqlash.
3. Rasmdagi voqea-hodisani ongida tahlil
qilish.
4. Bolalarning o’zaro suhbati.
5. «Ona Vatan» mavzusida egallagan
bilimlarini mustahkamlash.
6. Bolalarning fikrlarini tinglash va
tahlil qilish.
Qo‘shimcha: vatan to’g’risida she’r yod olish.
Alohida e’tibor qaratiladi: rasmlarning tahlil qilinishiga va hikoyada voqea-hodisalarning ketma-ketligini to’g’ri tuzilganligiga.
Fan va tabiat markazi
Suv va kum xususiyatlari bilan tanishish
Maqsad: bolalar suv va qum nima ekanligini
bilishi, nam qumning xususiyatlari va undan
qanday foydalanishni o’rganishlari kerak. Suv
bilan tajriba o’tkazib, suv xususiyatlarini
bilishi,suvning suyuq, quyuq, yumshoq va qattiq
jihatlarini ajrata olishi lozim.
Kerakli jihozlar va materiallar: suv, qum,
sham va gugurt, mavzu asosida rasmlar. Yong’inni
barataraf etish uchun suv va qum tasvirlangan
suratlar.
Faoliyatning borishi:
1. Namunalar orqali mavzu haqida tushuncha
hosil qilish.
2. Yong’in paytida suv va qumdan foydalanish to’g’risida tushunchaga ega bo’lish.
3. Suvni qo’l bilan ushlab bo’lmasligi, uni
suyuq ekanligini aniqlash.
4. Ushlab ko’rish orqali qumning qo’l
bilan ushlash mumkin ekanligi va u quruq, nam
ekanligini his qilish.
5. Suvga oz miqdorda qum solish
6. Qumning cho’kib ketishini va nima uchun
cho’kib ketganligini tahlil qilish.
7. O’z fikrlarini bayon etish.
Qo‘shimcha: tarbiyachi bilan birgalikda shamni
yondirish va uni suv hamda qum yordamida o’chirish
mumkinligini tajribada sinab ko’rish.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin