Январь ойи


Alohida e’tibor qaratiladi



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə3/16
tarix23.09.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#64014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Katta g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Alohida e’tibor qaratiladi: suv va qumning
xususiyatlarini bilish, ehtiyot choralarini
ko’rish, olov bilan o’ynamaslik.
San’at markazi
O‘zbekiston bayrog’ini chizish
Maqsad: bolalar O‘zbekiston ramzlari haqidagi
bilimga ega bo’lib, bayroqning har bir rangi
qanday ma’noni anglatishini bilishi va mustaqil chizishi, O‘zbekiston respublikasi bayrog’ini boshqa davlatlarning bayroqlaridan farqlay olishlari lozim.
Kerakli jihoz va materiallar: turli
davlatlarning bayroqlari tasvirlangan suratlar, xo’jalik mollari va rag’batlantirish uchun «Ofarin» medallari.
Faoliyatning borishi:
1. Mavzu asosida suratlarni kuzatish.
2. Kerakli jihozlarni tanlab olish.
3. Bayroqni chizish.
4. Rasmlar yordamida ko’rgazma tashkil
qilish.
5. Do’stlari chizgan suratlarni taxlil
qilish va rag’batlantirish.
Qo‘shimcha: mavzu asosida she’r yod olish. Pazllar
orqali bayroqni yig’ish o’yinini o’ynash.
Alohida e’tibor qaratiladi: bolaning badiiy-
estetik didining shakllanishiga, tasviriy
faoliyatning turlarini ajrata olishiga va o’z
fikrini rasmlar orqali ifodalashiga e’tibor
qaratiladi.
Qurish, konstruktsiyalash va matematika
markazi
Maktab quramiz
Maqsad: bolalar binoning qurilish va joylashish shaklini aniqlab, balandligini o’lchashlari, geometrik shakllar nomini aniqlashi va maktab inshootini mustaqil qurishlari lozim.
Kerakli jihoz va materiallar: katta qurilish
materiallari, g’ishtlar va stol ustida o’ynaladigan qurilish jihozlari.
Faoliyatning borishi:
1. Binoni qurish rejasini tuzish.
2. Qurilish uchun kerakli jihozlarni
tanlash.
3. Qurish va yasash.
4. Tayyor binoning atroflariga Qo‘shimcha
jihozlar joylashtirish.
Qo‘shimcha: maktab haqida sher yod olish, maktab
o’qituvchisini taklif etish.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin