Yassaviya tariqoti Yassaviylik



Yüklə 58,82 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü58,82 Kb.
#207490
1   2   3   4   5   6
dinshunoslik

Yassaviya targʻibotchisi
“Nasoyim ul-muhabbat...” aslida Mavlono Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns va hazarot il-quds” tazkirasining oʻzbekchaga tarjimasi. Biroq Navoiy uning ayrim joylarini qisqartirgan, shuningdek, yassaviya avliyolari va hind shayxlari haqidagi yangi-yangi maʼlumotlarni kiritgan. Shuningdek, piri va ustozi Abdurahmon Jomiy haqida bir qism qoʻshgan. Bu haqda asarning kirish qismida jumladan, shunday deb yozadi: “...Hazrat Shayx Fariduddin Attor quddisa sirruhu bitgan “Tazkirat ul-avliyo”din baʼzi kibor mashoyixkim, “Nafahot ul-uns...”gʻa doxil boʻlmabdur erdi, har qaysini munosib mahalda doxil qildim va hind mashoyixi sharhi ham oz mazkur erdi, mumkin bor tilab, topib hazrat qutb ul-avliyo Shayx Farid Shakarganj qaddasa arvohahumdin soʻnggi mashoyixgacha ilhoq qildim va turk mashoyixi zikri ham ozroq erdi, oni dogʻi hazrat shayx ul-mashoyix Xoja Ahmad Yassaviy rahimahullohudin bu zamongʻacha, ulcha mumkin bor tilab, topib, zikrlarin va baʼzi holotu soʻzlarin oʻz mahalida darj qildim”.
“Nasoyim ul-muhabbat...”ning jami 17 faslida Xoja Ahmad Yassaviy haqida maʼlumot keltiriladi. Ayrimlarini yuqorida eslatdik.
Tazkirada 448-raqam bilan kelgan Qusam Shayxning “turk mashoyixidin”, “Xoja Ahmad Yassaviy xonadonidin” ekani aytiladi. “Turk mashoyixi” deganda, Navoiy yassaviya shayxlarini koʻzda tutgan.
Yassaviya va naqshbandiya sintezi
Tazkiraning Xoja Bahouddin Naqshband haqidagi faslida bu zoti sharif Buxorodan Nasaf (Qarshi)ga borib, Qusam shayxdan tarbiya olgani ham yoziladi. Yassaviya va naqshbandiya bir manbadan kelib chiqqani, ikkala tariqat asoschisining piri ham Xoja Yusuf Hamadoniy ekanini bilar edik. Oradan ikki asr oʻtib, Qusam shayx bilan Xoja Bahouddin Naqshband pir-muridligi misolida bu ikki tariqat yana birlashdi. Shu tariqa oʻzaro sintez hodisasi yuz berdi.
Risolada 481-raqam bilan kelgan Shayx Roziuddin Ali Lolo Gʻaznaviy haqida bir qiziq voqea bayon etiladi. Bu shayx tushida koʻradiki, bir ulugʻ zot koʻkka narvon qoʻyib, muridlarini osmonga yetkazayotgan ekan. Uning ham qoʻlidan tutib, yuqoriga olib chiqibdi. Bu tushini otasiga aytib beribdi. Otasi oʻsha pirning nomini soʻrabdi. Oʻgʻli uning oti Najmiddin Kubro ekanini aytibdi. Shunda otasi: “Sening tarbiyang kaliti shu zotning qoʻlida, uni qidirib, topishing kerak”, debdi.
Shayx Ali Lolo Turkistonda Xoja Ahmad Yassaviy xonaqohida xilvatda oʻlturgan edi. Ittifoqo birov Xorazmdan kelib qoldi. Xoja Ahmad Yassaviy undan: “Xorazmda hozirgi paytda tasavvuf yoʻliga kirganlarga peshvolik qiladigan biror kishi bormi?” deb soʻradi. Shunda u Shayx Najmiddin Kubro degan bir yigit xalqni tariqatga chaqira boshlaganini aytdi. Buni ichkarida turib eshitgan Shayx Ali Lolo xilvat xonasidan otilib chiqdi. Qish boʻlishiga qaramasdan, oʻsha zahoti Xorazm sari safarga otlandi. Najmiddin Kubro huzuriga shoshildi. Kelib, sulukka mashgʻul boʻldi. Keyin Najmiddin Kubroning muridi boʻlmish Shayx Majdiddin Bagʻdodiydan ham tasavvufiy taʼlim olish baxtiga musharraf boʻldi.
Bu tafsilotlar orqali biz Markaziy Osiyoda paydo boʻlib, butun musulmon olamiga keng yoyilgan kubraviya, yassaviya va naqshbandiya tariqatlarining oʻzaro chambarchas bogʻliqligidan xabar topamiz.
Turkiston ahlining qiblayi duosi”
“Nasoyim ul-muhabbat...”da Xoja Ahmad Yassaviy 611-shayx sifatida keladi. Bu faslda quyidagicha maʼlumotlar keltiriladi: “Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomoti oliy va mashhur, karomoti mutavoliy va nomahsur ermish. Muridu asʼhobi gʻoyatsiz va shohu gadoning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish. Imom Yusuf Hamadoniy quddisa sirruhuning asʼhobidindur. Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy quddisa sirruhu bila suhbat tutubdur va Xoja Abdulloh Barraqiy va Xoja Hasan Andoqiy qaddamallohu rahmatika bila hamki, Imom Yusuf Hamadoniy rahimahullohu taolo muridlaridurlar. Imom qaysi biyik marotibgʻa yetibdurlar, musohib boʻlubdur va roʻzgor mashoyixidin koʻp buzurgvorlar aning tarbiyatin topibdurlar va Shayx Roziuddin Ali Lolo quddisa sirruhu shayxi buzurgvor Shayx Najmuddin Kubro rahimahullohu xizmatigʻa yetardin burun Xoja Ahmad Yassaviy qaddasallohu ruhahu xizmatida boʻlub erdi va aning xonaqohida aning irshodi bila suluk qilibdur va aning mozori Turkistonda, Yassi degan yerdaki, aning mavlid va manshaidur, voqeʼ boʻlubdur va Turkiston ahlining qiblayi duosidur”.
Bu yerda Navoiy “Yassi” deganda, faqat hozirgi Yassi shahrini emas, umuman, shu viloyatni koʻzda tutgan. Chunki bu yer Yassaviyning tugʻilgan yurti sifatida tilga olinadi. Taxallusi ham Yassaviy ekanligi bejiz emas.
Mazkur tazkirada yassaviya tariqati shayxlari haqida gap ketganda, tarjimon-muallif ularning Xoja Ahmad Yassaviyga aloqasini qayd etib oʻtishdan erinmaydi.
Shuni qoʻshimcha qilishimiz kerakki, Yassining nomi keyinchalik “Turkiston” boʻlib ketishiga sabab ham aynan Xoja Ahmad Yassaviy. Navoiy Xoja Ahmad Yassaviy dafn etilgan bu muqaddas makonni bekorga: “Turkiston ahlining qiblayi duosidur”, deya tilga olgani yoʻq.

Yüklə 58,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin