193
1. Tezlik olish
vaqtidagi ishonchsizlik, itarilish joyiga aniq
tushmaslik yoki g‘ovga itarilish oldidan so‘nggi qadamni uzaytirish
va oyoqni OMO‘ proekstiyasidan ancha oldinga tovon bilan qo‘yish.
Natijada tezlikning pasayishi hamda g‘ovga past holatdan sakrash
yuz beradi. Bu nuqsonni bartaraf etish uchun yugurib kelishni
belgi qo‘yilgan yo‘lkachada to‘rt, olti,
sakkiz qadamdan bajarish,
qo‘rqmaslik va qat’iyatni rivojlantirish kerak.
2. Siltanuvchi oyoq sonini g‘ovga ko‘tarishda gavdani vaqtidan
avvalroq oldinga egish ko‘pincha ayrim mushak guruhlarining (orqa,
sonning old sirti, qorin-bel sohasi mushaklari) kuchi yetarli emasligi
tufayli yuzaga keladi. Tegishli mushak
guruhlarini mustahkamlovchi
mashqlar bajarilganidan keyin xato barham topadi.
3. G‘ovga sakrashda siltanuvchi oyoqni tizza bo‘g‘imida vaqtidan
ilgari rostlash: g‘ovga yakuniy tezlanishning yo‘qligi va itarilish
burchagining katta bo‘lishi 1, 2-mashqlarni bajarish orqali yo‘qotiladi
(3-topshiriq).
4. G‘ovga sakrash vaqtida oyoqlar orasidagi
burchakning yetarli
kattalikda emasligi egiluvchanlik bo‘lmagani tufayli yuz beradi.
5. Itariluvchi oyoqni g‘ov ustidan oshirib o‘tkazishda xatolar yuz
beradi, ular siltanuvchi oyoq tizzasining haddan ortiq ko‘tarilishi yoki
yetarlicha ko‘tarilmasligida ifodalanadi. Natijada g‘ov oyoq uchi yoki
tizza bilan urib yuboriladi va yugurish ritmi buziladi. Xatoni bartaraf
etish uchun g‘ov yonida turib qo‘llar bilan tayangan holda, bir oz
egilgan vaziyatda itariluvchi oyoqni olib o‘tish mashqlari bajariladi.
6. Itariluvchi oyoqni g‘ovdan tushish vaqtida keragidan avvalroq
o‘ziga tortish hamda gavdani rostlash xato hisoblanib,
buni bartaraf
etish uchun sportchi g‘ovdan 30-40 sm uzoqlikda, uning yonida
itariluvchi oyoqda turib, siltanuvchi oyoq sonini g‘ov
plankasi sathida
ko‘taradi, bu paytda boldir pastga erkin tushib turadi, siltanuvchi oyoq
rostlanib, g‘ov ortiga tushirilgach, itariluvchi oyoq tezgina to‘siq
ustidan oshirib o‘tkaziladi. Mashq joyida turib ham, harakatda ham
bajariladi.
4-vazifa.
Past start va startdan tezlik olish hamda g‘ovlarni oshib
o‘tish texnikasini o‘rgatish.