1. “Geosferalar” tushunchasining mazmuni. 2. Geosferalar - geografik qobiqning kompomemtlari. 3. Geografik qobiq doirasidagi geosferalarning tavsifi. Asosiy tayanch termin va tushunchalar: sfera, qobiq, geosferalar, ularning o`zaro ta’siri,
Yerning qobiqli (konsentrik) tuzilishi juda qadimda aniqlangan. Empirik umumlashma ko`rinishida bu fakt antik fanda ma’lum bo`lgan (Anaksimandr, Parmenid, Anaksagor, Demokrit, Platon, Aristotel va b.). Yerning qattiq Yer (“terrasfera”), suyuq va havo qobiqlari (hidrosfera va atmosfera), shuningdek olovli sferasi(hozirgi ionosfera) alohida geosferalar sifarida qadimdan ajratilib kelinadi. Keyinchalik R.Dekart, G.Leybnits, J.Byuffon, A.Humboldt, E.Zuss va boshqalarning konsepsiyalarida Yerning qobiqli tuzilishi yaqqolroq ifodalangan. E.Zyuss Yerning qobiqli tuzilishi klassik nazariyasining asoschisi bo`ldi. V.I.Vernadskiy esa Yerning atributiv komponentlari sifatidagi geoqobiqlar va geosferalarning taksanomiiaysi, strukturasi, tuzilishi va o`zaro ta’sri to`g`risidagi hozirgi ta’limotning nazariyotchisi bo`ldi.
XVIII asrda A.Klero (1743) qattiq Yerning shaklini hisoblashda turli zichlikka ega bo`lgan konsentrik qatlamlarning ehtimolligini hisobga olgan; atmosfera faol tadqiq qilingan (O.Syusser, E.Darvin, J. Gey-Lyussak va b.) va uning quyi, nisbatan zich qatlami ajratilgan; T.Klare de Flerye Dunyo okeani to`grisidagi tasavvurni yagona geoqobiq to`g`risidagi tasavvur sifatida umumlashtirdi; suv va havo qobiqlari kosmik va Yer moddalari tabaqalashuvining yakuni bo`ldi; keyinchalik organizmlar sferasi va, nihoyat, insoniyat sferasi shakllantirildi.
Ingliz fizigi va vrachi U.Hilbert (1600) Yerning magnit maydonini kashf etdi. U Yerning zich magnit yadrosini va yuza po`stni ajratgan edi. R.Dekartning (1644) uyurma kosmogoniyasi Yerning qobiqli tuzilmasini ketma-ket paydo bolganligini faraz qilish imkonini berdi. Shu asosda Yerda “olovli” (plazmali) yadro, uning zich qobig`i, ichki “metall”qobiq, bo`laklangan yuza qobiq, suv va havo qobiqlari ajratiladi.
Geografiyada geogfera muammoslari masalasi B.Vareniusning “yer – suv shari_ tushunchasidan boshlanadi va kompleks kosmosshunoslik (Humboldt, 1808-yidan boshlab) va regional Yer bilimi (K.Ritter, 1804-yidan boshlab) tutashuvida rasmiylashdi. Birinchi yonalishda geografik zonallik to`g`risida, “jonli” qobiq tog`risida, tuproq qoplami yoki “pediosfera” (pedosfera) to`g`risida (V.V.Dokuchayev maktabi, 1870-yillardan boshlab) g`oyalar rivojlandi. Ikkinchi yo`nalishda esa insoniyat faoliyatining geografik sferasiga doir (A.Gyui, 1861; J.Marsh, 1864; E.Reklyu 1868-yildan boshlab; F.F.Ratsel 1882-yildan boshlab; A.I.Voyeykov, 1894) tasavvurlar shakllandi; 1902-yilda D.I.Anuchin “antroposfera” terminini taklif qildi.E.Zyuss (1875 yildan boshlab) geografiya va geologiya fanlarida kuchaygan bo`linishga geosferalarning sintetik konsepsiyasini qarshi qo`ydi. “Geosfera” termini qo`shilgan qattiq Yer terminiga E.Zyuss kosepsiyasida og`ir ichki “barisfera”(tarkibiga ko`ra temir-nikelli Yer yadrosi yoki nife) va undan yuqorida joylashgan tosh qobig`i – “litosfera” ajratilgan. Litosferada ikkita qatlam: barisfera va po`st orasida kimyoviy tarkibiga ko`ra kremniyli-magniyli qatlam (sima) hamda uzuq va xilma-xil yengil Yer qobig`i (sal, keyinchalik sial deb qayta nomlangan) ajratilgan.Po`sning yuqori qismida cho`kindi qatlami yoki stratisfera ajratiladi. E.Zyussning geosferalar taksonomiyasi Yer to`grisidagi fanlarning rivojlanishiga asos bo`ldi.
Ingliz okeanografi J.Merrey 1910-yilda “Okeanlar” asarida atmosfera, hidrosfera, biosfera, litosfera, tektosfera va sentrosferani ajratadi va ularni geosferalar deb ataydi. Keyinroq litosferaosti qayishqoq qatlamni – tektonosferani va biosfera doirasida aql-zakovat sferasini – psixosferani ajratadi. Klassik fan yakunida Yer uchun terrasfera, hidrosfera, atmosfera va tashqi elektr qatlami moddiy agregat geoferalari ajratilgan. Terrasferada Yer yadrosi, oraliq qayishqoq qobiq, qattiq po`st kichik (ikkinchi qator) geoferalar sifatida qaraladi.
Yuza geosferalari uchun gorizontal xilma-xillik xos. Litosfera, hidrosfera va atmosfera tutashuvida pedosfera, biosfera, antroposfera va hatto psixosfera ajratilgan. Geosferalar murakkab o`zaro ta’sirda va qisman o`zaro o`zgarishda bo`ladi, ajralishadi va qo`shilishadi.
XX asrda geosferalar to`g`risidagi ta’limot “noklassik” ta’limot deyiladi. Bu ta’limotning yangi ilmiy inqilob davridagi rivojlanishi ko`p jihatdan geofizika va geokimyoning yutulari bilan bog`liq. XX asrning birinchi yarmida E.Vixertning (1897)”ikki qatlamli modeli (Yer po`sto va qobig`I (mantiya) “uch qatlamli model (Yer yadrosi, quyi va yuqori mantiya)” bilan almashdi (V.Klussman, 1915). 1909-yilda A.Moxorovichich Yer po`stining quyiquyi seysmik chegarasini (Moxo yuzasi) aniqladi. 1927-yilda V.Konrad seysmologik po`stni (J.Harlend iborasi) “granit” va “bazalt” (G.Jeffris terminologiyasi bo`yicha, 1926) qatlamlariga ajratdi. Bu qatlamlarni ajratib turadigan chegara Konrad yuzasi deb nom oldi. Ayni paytda yuqori mantiyada qayishqoq qobiq sifatida talqin qilinadigan seysmik to`lqin o`tkazgichning(J.Barrelga ko`ra “astenosfera”, 1914) mavjudligi to`g`risidagitasavvur asoslandi va biroz keyinroq B.Gutinberg (1926-yidan boshlab) mufassal asoslandi.
Radioning kashf etilishi 1902-yilda ionosferani belgilashga imkon berdi (A.Kenneli, O.Xevisayd) va 1920-yildan bu sferaning tuzilishi va tarkivi aniqlana boshlandi (M.V.Shuleykin, S.Chepmen). Balandlik zondlash natijasida atmosferaning termobarik bo`linishi aniqlandi va shu asosda atmosfera troposfera va stratosferaga ajratildi (L.Teyseran de Bor, 1906); 1920-yildan boshlab ulardan yuqorida joylashgan mezosfera ajratiladi.(V.I.Vitkevich, G.Dobson)
Yer – yaxlit, bir butun jism, ya’ni sayyoradir. Yer sayyorasi moddalarning zichligining taqsimlanishiga mos holda yarusli tuzilishga ega va yaruslarni hosil qiladi. Yerning konsentrik, uzluksiz yoki uzuqli yaruslari geosferalar deb ataladi.Geosferalar – bir butun sistema sifatidagi Yerning asosiy komponentlari va elemenlaridir. Ular konsentrik jismlar bo`lib, qisman qobiqli strukturani (geoqobiqni yoki sferani) hosil qiladi. Geosferalar doirasida geofizikaviy, geokimyoviy, geologik, geografik va biologik ob’yektlar birgalikda va alohida o`zaro ta’sirda bo`ladi.
Geosferalar geografik qobiqning strukturaviy qismlari, ulardagi nisbatan bir xil tabiiy moddalar hosilalarining yig`indisi esa komponentlari deyiladi. Odatda bosh komponentlar (tog` jinslari, havo, suv, o`simliklar, hayvonlar) yasama komponentlar (tuproq, muz, muzloq gruntlar) ajratiladi. Komponentlar, shuningdek, moddalarning uyushuv darajasi, kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalariga ko`ra ham farqlanadi. Geografik qobiqda moddalar uyushuvining uch darajasi: jonsiz, jonli va biojonsiz (jonli va jonsiz moddalar birikmasi) mavjud. Moddalarning biojonsiz uyushuv darajasiga tuproq, tabiiy suvlar va butun gografik qobiq kiradi.
Geosferalar bir-biridan kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizikaviy xossalariga ko`ra farq qiladi. Geosferalar Yer bag`irlarining qizigan sharoitlarida gravitatsiya mayydoni ta’siri ostida sodir bo`ladigan moddalarining tabaqalashuvi (differensiatsiyasi) natijasida vujudga kelgan. Odatda alohida geosfera sifatida Yer yadrosi, Yer mantiyasi, Yer po`sti, hidrosfera, atmosfera, magnitosfera, biosfera ajratiladi (4-rasm). Geosferalardan to`rttasi to`liq yoki qisman geografik qobiq tarkibiga kiradi va geografik qobiqning asosiy gosferalarini hosil qiladi. Litosfera, atmosfera va hidrosfera uzluksiz qobiqlarni hosil qiladi. Jonli organizmlarning yig`indisi sifatida tushuniladigan biosfera mustaqil fazoni bahd etmaydi va yuqorida nomlari qayd qilingan geosferalarga kiradi. Bu geosferalar doirasida tobe (ikkinchi darajali) geosferalar ajratiladi.Tobe geosferalar muzliklarni, doimiy muzloqlarni, qor qoplamini, suv havzalarining muz qoplamlarini o`z ichiga oladigan, payvasta (uzluksiz) bo`lmagan kriosfera (sovuq sfera)ni hamda quruqlikda pedosfera (tuproqlar sferasi)ni o`z ichiga oladi.
Shamol va uning geologik ishi
Reja:
Deflyatsiya (lot. "deflyatsio" - puflash, sochish);
Korroziya (lat. “korrazio” - egovlash, silliqlash, sidirish);