Yer po`stidagi tektonik harakatlar


Tog` jinslari deformatsiyasi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/37
tarix26.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#161597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Mavzular geografiya

Tog` jinslari deformatsiyasi
Tog‘ jinslari tektonik kuchlar ta’sirida turli deformatsiyaga uchraydi. Tog‘ jinslariga chetdan ta’sir qiluvchi kuchlar tashqi kuchlardir. Deformatsiya turlari tog‘ jinslariga ta’sir qiluvchi shu tashqi kuchlar kattaligi va yo‘nalishi, deformatsiyalanish sharoiti hamda tog‘ jinslarining fizik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Tog‘ jinslarining deformatsiyasi deganda ularning tashqi kuchlar ta’sirida o‘z shakli va hajmini o‘zgartirish xususiyatiga aytiladi. Tog‘ jinslarining deformatsiyasida ularning ichki fizik xususiyatlari: mustahkamligi, elastikligi, plastikligi va mo‘rtligi kabi xossalari asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Cho‘zuvchi kuch ta’sirida rezina tasma va plastilin parchasi cho‘ziladi, qog‘oz varag‘i
esa yirtiladi.
Tog‘ jinslarining mustahkamligi deb tashqi kuchlar ta’siriga ko‘rsata oladigan qarshilik qobiliyatiga aytiladi. Tog‘ jinslarining elastikligi tashqi kuchlar ta’sirida o‘z shakli va hajmini o‘zgartirishi va bu kuchlar ta’siri to‘xtagandan so‘ng birlamchi holatiga qaytish xususiyatiga ega bo‘lishini ifodalaydi. Tog‘ jinslarining plastikligi tashqi kuchlar ta’sirida shakli va hajmining qaytmas o‘zgarishi bilan belgilanadi.
Tog‘ jinslarining mo‘rtligi deb tashqi kuchlar ta’sirida yax- litligi buzilib, parcha-lanish xususiyatiga aytiladi. Deformatsiya turlari. Tog‘ jinslarining deformatsiyasi hosil bo‘lishi bosqichlari ketma-ketligi bo‘yicha elastik, plastik va mo‘rt deformatsiyalarga bo‘linadi . Ular tog‘ jinslarining elastikligi, plastikligi va mo‘rtligi xususiyatlaridan kelib chiqadi.

Elastik deformatsiya tashqi kuchlar ta’sirida tog‘ jinslari shakli va hajmining o‘zgarishi va shu kuchlar ta’siri to‘xtagandan keyin birlamchi holatiga qaytishidan iborat bo‘ladi. Bunday deformatsiya tashqi kuchlar


kattaligi elastiklik chegarasidan oshmaganda sodir bo‘ladi. Agar tog‘ jinslariga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlar kattaligi elastiklik chegarasidan ortiq bo‘lib, bunda ularning yahlitligi buzilmasa, tashqi kuchlar ta’siri to‘xtagandan keyin hajmiy va shakily o‘zgarishlar birlamchi holatiga qaytmasa, qoldiq deformatsiya hosil bo‘ladi va u plastik deformatsiya deb yuritiladi.

Bu deformatsiya kristalli jinslardagi minerallar kristall panjaralari qatlamlarining bir biriga nisbatan qaytmas siljishi bilan bog‘liq. Tashqi kuchlar ta’siri to‘xtagandan keyin ular yangi muvozanat sharoitida hosil bo‘lgan vaziyatini saqlab qoladi. Qoldiq deformatsiya tog‘ jinslari yaxlitligining buzilishi (darzliklar hosil bo‘lishi, parchalanish) orqali sodir bo‘lsa mo‘rt deformatsiya rivojlanadi. Deformatsiya turlarini ko‘rgazmali tasavvur etish uchun rezina tasma, plastilin parchasi va bir varaq qog‘oz olamiz . Ushbu jismlarga bir xil cho‘zuvchi kuchi ta’sir etayotgan bo‘lsin. Bunda rezina tasma va plastilin parchasi cho‘ziladi, ammo qog‘oz varag‘i yirtilib ketadi. Demak qog‘oz varag‘i uchun mo‘rt deformatsiya xosdir. Cho‘zuvchi kuch ta’siri to‘xtagandan so‘ng plastilin parchasi keyingi cho‘zilgan holdagi shaklini saqlab qoladi. Bu esa plastik deformatsiya uchun yaqqol misoldir.Cho‘zuvchi kuch ta’siri to‘xtagandan so‘ng rezina tasmasi o‘zining dastlabki shakliga qaytadi.Tog‘ jinslariga faqat cho‘zuvchi tektonik kuchlar emas, balki siquvchi va burovchi xarakterdagi tektonik kuchlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Bularning natijasida murakkab tuzilishdagi turli tektonik strukturalar vujudga keladi. Ularni o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin